O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
II BOB. MILLIY IQTISODIYoT TARAQQIYoTINI TAVSIFLOVCHI
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Milliy iqtisodiyotning faoliyatini ta’minlovchi omillar.
- Tashqi va ichki
II BOB. MILLIY IQTISODIYoT TARAQQIYoTINI TAVSIFLOVCHI
KO’RSATKICHLAR REJA: § 1. Milliy iqtisodiyotning faoliyatini ta’minlovchi omillar. § 2. Iqtisodiyotning shakllari va rivojlanishini belgilaydigan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi. § 3. Raqobatbardoshlilik ko’rsatkichlari 2.1. Milliy iqtisodiyotning faoliyatini ta’minlovchi omillar. Ma’lum bir davlatning iqtisodiy faoliyatini chegaralab uni jahon hamjamiyatidan ajratib olish mumkin emas. SHuning uchun ham milliy iqtisodiyot jahon iqtisodiy tizimini bir bo’lagi sifatida qaralishi lozim. Demak, milliy iqtisodiyotning xususiyatlari na faqat ichki, balki tashqi omillarga ham bog’liqdir. SHundan kelib chiqqan holda milliy iqtisodiyotga ta’sir etadigan omillar ikki guruhga bo’linadi: Tashqi va ichki. Ular bir-birlari bilan chambarchas bog’liqdir. 1-chizma Iktisodiyotga ta’sir ko’rsatuvchi tashqi omillar Jahon hamjamiyatini iqtisodiy omillariga, eng avvalo, u yoki bu davlatning milliy iqtisodiyotini ixtisoslik - yo’nalishini belgilaydigan xalqaro mehnat taqsimoti kiradi. XMT – ijtimoiy mehnat taqsimotining xududiy shaklidir. XMT – natijasida mehnat unumdorligi o’sishi, iqtisodiy rayonlar shakllanishi ro’y beradi. XMTda – ishtirok etish jahonning barcha davlatlari uchun qo’shimcha iqtisodiy samara berib, o’z ehtiyojlarini eng kam harajatlar bilan to’liqroq kondirish imkonini beradi. SHunday qilib, XMT – bu tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimidir. U alohida davlatlar o’rtasidagi ishlab chiqarish ixtisoslashuvga asoslanadi. Siyosiy omillar har xil shakllarda namoyon bo’lishi mumkin. Masalan u yoki bu mahsulot yetkazib berish yoki xizmat ko’rsatishni ta’qiqlab qo’yish; embargo e’lon qilish, u yoki bu savdo-siyosiy uyushmalariga qabul qilish yoki qilmaslik; diplomatik munosabatlarni o’rnatilishi yoki buzilishi; u yoki bu harbiy-siyosiy tashkilotlarga kirish, u yoki bu davlat bilan borayotgan urush holati va hokazo. Jahon hamjamiyatida namoyon bo’ladigan demografik omillar, eng avvalo, ishsizlikni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan ishchi kuchlarining migratsiyasini Ташқи омиллар Иктисодий Демографик Маданий Сиёсий 17 (bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi) bilan bog’liqdir. Bunday holat qaysi davlat uchun yaxshi ko’rsatkich bo’lishi mumkin, va uning aksi-qaysidir davlat uchun salbiy bo’lishi mumkin. Milliy iqtisodiyotga madaniy omillar ham kuchli ta’sir o’tkazishi mumkin. Masalan: umummadaniyati kuchli bo’lgan davlatlarni boshqa davlat madaniyatiga ta’siri (bosqinchiligi-ekspansiya) tufayli uning iqtisodini pasayishiga (foyda keltirib turgan madaniyat va san’at tarmoqlari daromadlarini pasayib ketishi tufayli) olib keladi. Milliy iqtisodiyotga ta’sir qiluvchi ichki omillar: Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling