O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Raqobatbardoshlilik ko’rsatkichlari
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbordoshliligi
- ЯИМ = ΣМР + ΣХР 22 Raqobatbardoshlilik darajasi quyidagi besh muhim omilga tayanadi
- Qishloq xo’jaligi rivoji;
- Xizmat ko’rsatish sektori rivoji
- Hududlarni investitsiya faolligi
- Inson kapitali;
2.3. Raqobatbardoshlilik ko’rsatkichlari
Milliy iqtisodiyotning raqabatbordoshlilik darajasi uning tabiiy resurslar salohiyati, mehnat resurslarining soni va sifati (malaka darajasi) ishlab chiqarishning texnik-texnologik modernizatsiyalashganlik darajasi, iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining takomillashganligi, davlatning iqtisodiy rivojlanish hamda islohotlar strategiyasi qay darajada ilmiy asoslanganligi va o’zgarishlar jarayonlarini hisobga olganligiga hamda boshqa bir qancha omillarga bog’liq. Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbordoshliligi – mamlakatning o’rta va uzoq muddatga iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlab turish qobiliyatidir. Iqtisodiyotning to’lovga qodir talabga mos keluvchi, iqtisodiy o’sish va turmush sifatini oshirishni ta’minlaydigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarda sotish qobiliyatiga aytiladi. ЯИМ = ΣМР +ΣХР 22 Raqobatbardoshlilik darajasi quyidagi besh muhim omilga tayanadi: 1. Sanoat rivojlanganligi; Sanoat mahsulotlarini aholi jon boshiga to’g’ri kelishi, sanoat mahsulotlari ulushi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan eksport miqdori, umumiy xajmi. Ushbu ko’rsatkichlar Toshkent shahri, Navoiy, Toshkent, Andijon, Qashqadaryo viloyatlari bo’yicha hududlarga nisbatan ancha yuqoridir. 2. Qishloq xo’jaligi rivoji; Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari, 1 ga qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerga to’g’ri keladigan suv miqdori, (ming m.kub), qishloq xo’jalik yerlari maydoni (ming ga), fermerlar soni (10 ming kishiga). 3. Xizmat ko’rsatish sektori rivoji; Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan pullik xizmatlar, hududning pullik xizmatlari ulushi, pullik xizmatlarning umumiy xajmi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan savdo aylanmasi, hududning umumiy savdo aylanmasi ulushi. 4. Hududlarni investitsiya faolligi; Umumiy investitsiya hajmida hududning investitsiya ulushi, asosiy kapitalidagi investitsiya ulushi (mlrd so’m) xorijiy investitsiya (mln so’m), asosiy fondlar harakati (mlrd so’m), nodavlat sektordagi qurilish ishlari (mlrd so’m) 5. Inson kapitali; Oliy o’quv yurtlarida o’qiydigan talabalar soni (10 ming kishi), OO’Yularda tayyorlanadigan mutahassislar soni ( 10 ming kishi), ilmiy hodimlar (10 ming kishi), shahar aholisining zichligi (1000 kishi kv.km) Bu o’z navbatida bir qancha ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi: Ichki va tashqi bozordagi raqobatbordoshlilik o’zaro jiddiy farq qilishi mumkin. Bu bozorlarda ichki va tashqi muhitni tashkil etuvchi omillarning turlicha ekanligi, ya’ni to’lovga qodir talab hajmi, ichki va tashqi bozordagi narxlar o’rtasidagi farq, olib borilayotgan tashqi savdo siyosati hakazolar bilan belgilanadi. O’zbekiston o’z mustaqilligining dastlabki yillarida, bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’lini tanlab, uni izchil amalga oshirishi natijasida, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligidagi boshqa ko’plab mamlakatlardan farqli ravishda, ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining keskin pasayib, davlatning ichki va tashqi qarzlari haddan ziyod oshib ketishiga yo’l qo’yilmaslikka erishdi. Qulay ishchan muhit yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarining natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2005 yildan e’tiboran yiliga 7 – 9 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o’sish sur’atlarini namoyish qila boshladi. SHu o’rinda mamlakatimiz Prezidenti “O’zbekiston oxirgi yetti yil davomida dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida o’rtacha 8 – 8,5 foiz iqtisodiy o’sishga erishayotgani mamlakatimiz salohiyati barqaror rivojlanib borayotganining yaqqol dalilidir” 5 , - deb ta’kidlagan edilar. 1-jadval 5 Президент И. Каримовнинг Ўзбекистон мустақиллигининг йигирма бир йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги табрик сўзи. Халқ сўзи, 2012 йил 1 сентябр. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling