O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

milliy mahsulot ko’rsatkichi hisoblanadi. Bu mahsulotni ishlab chiqarish esa - milliy
boylikning hajmi va strukturasiga, undan yaxshi foydalanilishiga bog’liqdir. SHunday ekan,
iqtisodiy potentsial yuksalgan sari jamiyat tobora boyib boradi.
Iqtisodiy potentsial jamiyat a’zolarining ehtiyojini qondirish uchun ishlatiladi. Agar
ehtiyojlar to’laroq qondirilsa, iqtisodiy potentsial samarali ishlatilgan bo’ladi. Iqtisodiy
potentsialning to’rt xil unsuri (elementi) mavjud.
1. Mehnat potentsiali
2. Ilm-ma’rifat potentsiali
3. Texnika-texnologiya potentsiali
4. Tabiiy potentsial


30
Mehnat potentsiali — jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqara
olish qobiliyatiga ega bo’lgan kishilardir. Mehnat potentsialining miqdoriy o’lchami ishga
yaroqli kishilar soni bo’lib, uning o’sib borishi aholining ko’payishidan kelib chiqadi. Sifat
jihatidan mehnat potentsiali mazkur aholining bilim saviyasi, kasbiy malakasi va tajribasini
bildiradi. Mehnat potentsiali ishlab chiqarish orqali Milliy boylikni oshirishga o’z hissasini
qo’shadi.
Inson resurslari – bular kishilar, ular faqat moddiy ne’matlar yaratib qolmay, shu bilan
birga ularni iste’mol ham qiladilar. Kishilar moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan bir xil
bo’la olmaydi. Bunga ularning jinsi, yoshi, sog’ligi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi va boshqa
ijtimoiy, ruhiy-fiziologik sifatlari sabab bo’ladi, shuning uchun bir kishi ikkinchisiga
o’xshamaydi.
Hozirgi vaqtda respublika aholisi 2012 yil 29,6 mln kishini tashkil qilgan,ulardan mehnatga
qobiliyatli aholi soni 17,2 mlndan ortiqroqdir.
Mehnat resurslari tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholigina emas, shu bilan birga hozirgi
paytda ishlamayotgan va ish qidirmayotgan mehnatga qobiliyatli shaxslar, shu jumladan ishlab
chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlar aholi ham kiritiladi. Mehnat resurslari
iqtisodiyotda mehnat bilan band bo’lgan, band bo’lmasa ham mehnat qilishlari mumkin bo’lgan
kishilarni qamrab oladi. Boshqacha aytganda, mehnat resurslari mehnat qilish imkoniyatiga ega
haqiqiy va potentsial xodimlardir.
Mehnat resurslari shakllanishini o’rganishda ularni yosh guruhlari bo’yicha ko’rib
chiqishimiz ham maqsadga muvofiqdir. Kishilarni guruhlarga ajratishda ularning yoshi
chegaralarini aniqlash asosiy muammo hisoblanadi Bu masalani hal etishda huquqiy asoslangan
va amalda mavjudlarini ajratish muhim rolь o’ynaydi. Bunda inson organizmining nafaqat
biologik xususiyatlari, balki mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, aholining turmush
darajasi, umumiy, o’rta maxsus va oliy ta’lim tizimining holati, o’rtacha umr davomiyligi va
boshqalar ham hisobga olinadi. SHularga asoslangan holda ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan
aholini yoshiga ko’ra 6 guruhga bo’lish mumkin
8
:

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling