O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Modernizatsiyalash – davr talabi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Modernizatsiya ob’ektni yangilash, yaxshilash. takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat
- Modernizatsiya
4.2. Modernizatsiyalash – davr talabi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi – bu islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish 2009-2012 yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshi choralar dasturini bajarilishi va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir. Iqtisodiy islohotlarni ta’minlashga yo’naltirilgan bunday tadbirlar jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirishga qaratilgan inqirozga qarshi choralar dasturini samarali amalga oshirishni huquqiy ta’minlash dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O’zbekistonga iqtisodiyotning barqaror o’sish sur’atlarini saqlab qolish va aholining real daromadini oshirish imkonini berdi 10 . Eng avvalo, modernizatsiya atamasiga to’xtaladigan bo’lsak, odatda uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Jumladan, iqtisodiyotga oid ayrim lug’atlarda unga quyidagi mazmunda ta’rif beriladi: “Modernizatsiya ob’ektni yangilash, yaxshilash. takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan mashina asbob-uskunalar texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi” 11 . Fikrimizcha, bu modernizatsiya tor ma’nodagi yondashuv bo’lib, bugungi kunda uning keng ma’nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Modernizatsiya – an’anaviy jamiyatni ilg’or, industrial jihatdan taraqqiy etgan jamiyatga aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy tarixiy jarayondir. Modernizatsiyani keng ma’nodagi mazmunini tushunishda iqtisodchi olim R.Nureev uni neoklassik va keynscha talqinlarini 10 Мамлакатимизни модернизация қилиш ва кучли фуқаролик жамияти барпо этиш – устувор мақсадларимиздир. Президент И.А Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маърузаси. Халқ сўзи 2009. 11 Economic.doc.ru 37 farqlaydi. Jumladan, neoklassiklar tomonidan modernizatsiyaga xususiy mulkchilik va demokratiyani mustaxkamlash sifatida yondashilsa, Keynschilar tomonidan, eng avvalo, xo’jalikning asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi yangilanish jarayoni degan fikr ilgari surilgan. Inqirozga qarshi choralar dasturining mazmun mohiyati, asosiy yo’nalishlari korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni jadallashtirish, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar va diversifikatsiyalash jarayonlarini kengaytirishni o’zida aks ettiradi. “Qanchalik g’ayritabiiy tuyulmasin, - deb yozadi Prezidentimiz Islom Karimov – jahon iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni muntazam yangilab, modernizatsiya qilib borish zarurligini kun tartibiga yanada o’tkir qilib qo’ymoqda va buning uchun bor kuch – imkoniyatimiz va resurslarimizni safarbar etishni talab etmoqda” 12 . SHu maqsadda umumiy qiymati 24 milliard AQSH dollaridan ziyod 300 ta investitsiya loyihasi ustida ish boradi. Bunda yangi qurilgan 18,5 dollarni, modernizatsiyalash va rekonstruktsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash – 6 milliard dollarni tashkil etadi 13 . Mablag’lar, birinchi navbatda, yoqilg’i-energetika, kimyo, neftь va gazni qayta ishlash, metallurgiya, yengil sanoat va to’qimachilik, qurilish materiallari, mashinasozlik sanoatlari sohalariga yo’naltiriladi. “bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, - deb ta’kidlaydi Yurtboshimiz, - raqobatbardoshlika erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh qilish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin” 14 Modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangilash, uni zamonaviy talablar va me’yorlar, texnik shart-sharoitlar, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirishdan iborat bo’lib, u mikrodarajada amalga oshiriladi. CHunki, asosan mashinalar, asbob-uskunalar, texnologik jarayonlash modernizatsiyalashtiriladi. Ammo modernizatsiya mezo va makrodaraja ob’ekti bo’lib ham hisoblanadi (rasmga qaralsin). Bu jarayon xukumatning iqtisodiy siyosati, investitsiyalar va kapital qo’yilma hamda kreditlarni bir tekis va maqsadga muvofiq joylashtirilishi orqali tarmoqlar, shuningdek iqtisodiyot miqyosida boshqariladi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling