O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

modernizatsiya rivoji bilan chambarchas bog’liqdir.
SHuni e’tiborga olib 2012 yilda iqtisodiyotimizga 11 mlrd. 700 mln. AQSH dollari, jami
investitsiyalarning qariyb 74% ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilashga qaratildi
va 2012 yilning o’zidayoq 205 ta yirik investitsiya ob’ekti qurib bitkazildi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish ilg’or texnologiyaga asoslangan holda mahsulot ishlab
chiqarishni taqozo etadi. Ilmiy-texnikaviy faoliyatni bozorga o’tkazishning o’ziga xos
xususiyatlari bor. Davlat nazariy izlanishlarni doimo qo’llab-quvvatlab, moliyaviy tomondan
ta’min etib turadi.
Yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni keng ko’lamda amaliyotga
joriy qilish, bevosita xo’jalik shartnomalari asosida amalga oshiriladi va olingan natijalar
mahsulot sifatida qabul qilinadi. Fan va texnikani zamon talabiga mos tarzda rivojlantirish uchun
uning hozirgi va kelajakdagi o’rnini aniqlab bera oladigan ilmiy izlanishlarni olib borishni
kengaytirish zarur.


40
Fan samaradorligini oshirishdagi asosiy omil fan va texnika uchun bo’lgan
javobgarlikni oshirishdir. Ana shundagina fandagi ilmiy xulosalarni texnikaga mahsulot
sifatida o’tkazilishi va xaqiqiy bozor iqtisodiyoti ro’yobga chiqishi, institutlar o’zlariga xos
bo’lmagan joriy ishlardan xalos bo’lishlari mumkin.
Bozor iqtisodiyoti keng rivojlangan ba’zi mamlakatlarda ilmiy tajriba, konstruktsiya
ishlari institutlariga qilingan umumiy xarajatlarning 20% va undan ham ko’prog’ini davlat
moliyalashtiradi. Bizda ham davlat mablag’larini anchagina qismi modernizatsiyaga
sarflanayapti.
Modernizatsiya sohasida kreditlashtirish uzoq davr mobaynida faqat yangi fan-texnikani
joriy qilishga qaratilgan edi. Yangi mahsulotning yaratilishi turli bosqichlarda xarajatlar
tuzilmasini oqilona o’zgartirish, ilmiy tekshirish institutlariga kredit berishni to’g’ri yo’lga
qo’yish, shu bilan birga, jahon tajribalarining ijobiy tomonlarini ham amalda qo’llashni taqozo
qiladi.
Soliqlar tizimi va imtiyozli soliqlar ilmiy tajriba, konstruktorlik ishlari institutni
boshqarishning muhim vositalari hisoblanadi. Bir qancha rivojlangan mamlakatlarda ilmiy
tajriba, konstruktorlik ishlari institutlariga to’g’ri mutanosib xarajatlarning o’sib borishi bilan

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling