O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Diversifikatsiyaning iqtisodiyotdagi o’rni


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

4.4. Diversifikatsiyaning iqtisodiyotdagi o’rni
Diversifikatsiya tushunchasi milliy iqtisodiyotimizda 90 yillardan keyin qo’llanila
boshlandi. Bu so’z, lotin tilidan olingan bo’lib, diversus – turli, har xil, va facere bajaraman
degan turli-tumanlashtirish, o’zgartirish ma’nosini anglatadi. U ishlab chiqariladigan tovar va
mahsulotlar nomenklaturasini kengayishiga, ishlab chiqarishning yangi yo’llarini o’zlashtirish
hisobidan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy samara va inqirozni oldini olish
bo’lib bu ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash deyiladi.
Buyuk frantsuz olimi va faylasufi Rene Dekard (1596-1650) shunday degan edi: “Mavjud
muammolarni tarkiblarga va qismlarga bo’lish va uni hal qilish” degan ma’noda izohlab
iqtisodiyotda qullay boshlagan.
Amerikalik iqtisodchi Fredrix S fikricha, “diversifikatsiya bu – 1 dan ortiq aktivga ega
bo’lish” degan ta’rifni beradi.
Mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, diversifikatsiya so’zining mohiyati
ko’pgina mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinadi, ya’ni har bir sohani tahlil qilganda
diversifikatsiyaning shu sohaga taaluqli tomonini ko’rib o’tishga harakat qilinadi. Ba’zi olimlar
diversifikatsiyani baza topish maqsadidagi firmalarning asosiy faoliyatidan tashqari ish olib
borish sohasidagi marketing faoliyatining strategiyasi sifatida qarashadi.
Masalan, U. Kaporliskiy va A. Filinalarning fikricha “Diversifikatsiya firmaning asosiy
faoliyatidan tashqari yangi faoliyat turini o’zlashtirish borasida olib boradigan ya’ni marketing
strategiyasidir.
Diversifikatsiyaning maqsadi – bozor kon’yukturasi o’zgarishini o’z vaqtida anglay
olish va korxonaning iqtisodiy faoliyatini barqarorlashtirishdan iborat.
Ushbu ta’rifga asosan: konьyuktura o’zgarishi yangi texnika va texnologiya, fan yutuqlarini joriy
qilish jarayonlarini inobatga olgan holda faoliyat ko’rsatishi lozimligi ta’kidlanadi.
Diversifikatsiya – ishlab chiqariladigan yoki import va eksport qilinadigan tovarlar
assortimentini ko’paytirish, turlarini o’zgartirish, shuningdek ishlab chiqarish va savdo-sotiq
samaradorligini oshirish, har qanday bankrotliklarning oldini olish maqsadida ishlab
chiqarishning yangi sohalarini o’zlashtirishdir. Diversifikatsiya nafaqat bir turdagi mahsulot
ishlab chiqarishga yoki yagona xo’jalik faoliyatiga bog’liqlikning oldini olish uchun, balki
an’anaviy bozorlardagi ulushini oshirish, yangi bozorlarni egallash, kapital oqimi uchun yangi
sohalarni izlab topish va boshqa maqsadlarda ham amalga oshiriladi.
Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda diversifikatsiya jarayonini yangi bozorlarga chiqish
maqsadida korxonaning asosiy faoliyatidan tashqari marketing strategiyasi sifatida talqin
etadilar. Ammo bunday ta’rifga to’la qo’shilib bo’lmaydi. CHunki tashqi savdo, ya’ni eksport va
import ham asosiy ishlab chiqarishning natijasi hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarishni
modernizatsiya va rekonstruktsiya qilmasdan, uning xarakterini o’zgartirmasdan turib, tashqi
aloqalarda sezilarli natijalarga erishib bo’lmaydi. Eksport tarkibini diversifikatsiyalash
zaruratining nafaqat tashqi, balki ichki imkoniyat va omillarga ham bevosita bog’liqdir. Masalan,
O’zbekistonda eksportning muhim komponentlaridan hisoblanadigan bir qator rangli metallar
tiklanmaydigan resurslar qatoriga kiradi. Mamlakatimizda ularning zahiralaridan foydalanishni
keskin oshirish, kelgusida bu tabiiy resurslar kamayib ketishi bilan bog’liq nohush holatlarni
keltirib chiqarishi mumkin.
Yana bir misol. O’zbekiston eksportida paxta tolasi katta ulushni egallab keladi. Uning
hozirgi ulushi uncha katta bo’lmasa-da, kelgusida ham saqlanib qoladi, albatta. Lekin paxta
tolasi eksporti ob-havo sharoitiga, xalqaro bozorlarda xom-ashyo narxlarining tebranib turishiga
bog’liq. Bu esa, o’z navbatida, uni eksport qilishdan keladigan daromadlarning beqarorligiga
olib keladi. Bundan tashqari, paxta xom-ashyosini ishlab chiqarish yer va suv resurslariga
bevosita bog’liqligi tufayli, uni ishlab chiqarishni ko’paytirib borish imkoniyatlari cheklangan.
Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi, yo’l va boshqa infrtuzilmaning, uy-joy qurilishining
kengayishi ham paxta ekini maydonlarining qisqarib borishiga olib keladi. SHunday qilib bir xil
turdagi mahsulotni katta miqdorda eksport qilish, iqtisodiy jihatdan noqulay bo’lib, mamlkat


43
iqtisodiyotining bir xil turdagi mahsulot eksportiga bog’lanib qolishiga olib keladi. Uni
kamaytirib borish esa, dastlab ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bularning barchasi
diversifikatsiya jarayoniga rejali va uzluksiz yondashish zarurligini taqozo etadi.
O’zbekiston iqtisodiyotida 2011–2015 yillardagi eng muhim vazifa – makroiqtisodiy
barqarorlik va izchil yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlash, uning sifat
ko’rsatkichlarini iqtisodiyot tarmoqlarini yanada diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarishni
modernizatsiya etish, texnik va texnologik yangilash, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan
mahsulot va xizmatlarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatdoshligini oshirish hisobiga
yaxshilashdan iborat.
Yalpi ichki mahsulotning yiliga 8 foizdan ortiq bo’lgan darajadagi barqaror o’sish
sur’atlarini ta’minlash, umuman 2011 – 2015 yillar davomida uning hajmi 1,5 barobar,
xarid qobiliyati pariteti bo’yicha esa 1,6 barobar hisobidagi o’sishga erishish ko’zda tutilmoqda.
Bunda iqtisodiy o’sish barqarorligi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning mutanosibligi, past
inflyatsiya ko’rsatkichlari va milliy valyuta kursining barqarorligi orqali ta’minlanadi.
Kelgusi yillarda ichki talabning oshib borishiga muhim ahamiyat beriladi. CHunki jahon
iqtisodiyoti va mahsulotlar bozorlaridagi beqarorlik sharoitida bunday yondashuv iqtisodiyotni
izchil rivojlantirishning barqarorlashtiruvchi va rag’batlantiruvchi omili sifatida muhim o’rin
tutadi.
Raqobatdoshlikka erishish, dunyo bozorlariga chiqish uchun eng avvalo iqtisodisodiyotni
izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish,
yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal
rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish, texnik
yangilash orqali amalga oshirilishi mumkin. 2012-2016 yillarda qiymati 6 mlrd. 200 mln. dollar
bo’lgan 270 dan ortiq investitsiya loyihasini,ya’ni ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha ishlar amalga oshiriladi. Jumladan,Surg’il koni
bazasida Ustyurt gaz-kimyo kompleksi, Dehqonobod kaliyli o’g’itlar,Qo’ng’irot soda zavodining
ikkinchi navbati sintetik suyuq yoqilg’i ishlab chiqaradigan zavodini qurish boshlanadi.
SHuningdek, Tollimarjon IES da 2 ta bug’-gaz qurilmasi, Angren IESda yangi energoblok
qurish, avtomobilь shinalari, transporter tasmasi ishlab chiqariladi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar va uni yanada diversifikatsiya qilish sanoatning
yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2010 yildagi 24%dan 2015 yilda 28 % ga, qurilishda –
6,4%dan 7,6%ga oshirish imkonini beradi. Natijada 2011 – 2015 yillarda qishloq xo’jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,3 barobar ortgani holda, uning yalpi ichki mahsulotdagi
ulushi 17,5% dan 13,5 %ga tushadi.
Mamlakatimiz va uning barcha mintaqalarida o’ta qulay ishchan muhitni yaratish,
tabdirkorlikka yanada ko’proq erkinliklar berish, asossiz turli byurokratik to’siqlarni barham
toptirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal
sur’atlarda, birinchi navbatda ishlab chiqarish va yuqori texnologiyali tarmoqlarda rivojlantirishni,
mazkur sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2010 yildagi 52,5%dan 2015 yilda
rivojlangan mamlakatlardagi kabi, 60%dan yuqori bo’lishini ta’minlaydi
16
.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling