O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 216.89 Kb.
bet1/5
Sana01.11.2021
Hajmi216.89 Kb.
#170027
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Maxkamov mustaqil ish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV”



fakulteti

IQTISODIYOT” kafedrasi



MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Iqtisodiy o‘sishning turlari, omillari va amal qilishi

Bajardi: Maxkamov Saidafzal Saidkamol-o’g’li

,cm


Rahbar: N.N.Nabiyeva
FARG`ONA – 2020

Kirish

Iqtisodiy o‘sish prognozlari, ularning dinamikasi milliy iqtisodiyotning rivojlanishini, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni tasvirlash uchun keng qo‘llaniladi. Aholi, birinchi navbatda, iqtisodiy o‘sish dinamikasini, turmush darajasi dinamikasini hisobga olgan holda mamlakatning eng yuqori iqtisodiy va siyosiy organlari faoliyatini baholaydi. Iqtisodiy o‘sish, uning sur’ati, sifati va boshqa ko‘rsatkichlari nafaqat milliy iqtisodiyotning imkoniyatlariga, balki tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy omillarga ham bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek:”Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari haqida gapirganda …uning mezonlariga eng avvalo, sifat korsatkichlariga koproq e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.Bunday osishlar uning izchil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi,xalqimizning hayot darjasini yuksaltirishga ,bir so'z bilan aytganda ,amaliy hayotimizni yaxshilashga olib kelishi lozim”1

O‘tgan 2019-yilda yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga 1 741 dollarni tashkil etdi va 2018-yilga nisbatan 13,6 % ga o‘sdi (2018-yilda 1 533 dollar). 2017-yilda milliy valyuta ikki marta qadrsizlanishiga qaramasdan, 2019-yilda yalpi ichki mahsulot dollar hisobida deyarli devalvatsiya davri ko‘rsatkichidan oldingi ko‘rsatkichga qaytdi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki: dollar qiymatida 2017-yil yalpi ichki mahsulot 59,1 milliard dollarni, 2019-yilda 58,3 milliard dollarni yoki 99 % ni tashkil etgan. Markaziy Bankning xabar berishicha O‘zbekistonda 2019-yil davomida inflyatsiya dinamikasi turli yo‘nalishda o‘zgargan. Birinchi yarim yillikda inflyatsiya dinamikasi pastlab, yillik 13-13,5 % darajasida mustahkamlangan, ikkinchi yarim yillikda esa bu ko‘rsatkich o‘sgan.2 2019-yil uchun prognoz ko‘rsatkichlari 13,5 -15,5 % darajasida belgilangan va yil yakuniga ko‘ra uning ko‘rsatkichi 15,2 %ni tashkil etgan.

Mustaqil ishining maqsadi - milliy iqtisodiyot rivojlanishi va uning oldida turgan muammolarni tahlil qilish asosida iqtisodiy o‘sishni taʼminlash va takomillashtirish muammolarini hal qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi va hal etildi:


  • Iqtisodiy o‘sishning nazariy asoslarini o‘rganish;

  • Iqtisodiy o‘sishning turlarini o‘rganish va uning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni tahlil qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish;



Download 216.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling