O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Iqtisodiy o‘sish haqida tushuncha. Iqtisodiy o‘sishning nazariy asoslari
Download 216.89 Kb.
|
Maxkamov mustaqil ish
Iqtisodiy o‘sish haqida tushuncha. Iqtisodiy o‘sishning nazariy asoslari.
Iqtisodiy o'sish bevosita YaIMning mutlaq va jon boshiga ko‘payishida, shuningdek iqtisodiy resurslarning birlik qiymatida va sifat va tarkibning yaxshilanishida namoyon bo‘ladi. Yalpi ichki mahsulotning mutlaq hajmini ko‘paytirish yoki jon boshiga real YaIMni ko'paytirish orqali iqtisodiy o'sishni o‘lchash uning maqsadiga bog‘liq. Odatda, mamlakatning iqtisodiy o‘sishini uning yalpi ichki mahsulotini ko‘paytirish orqali o‘lchash uning iqtisodiy potentsialini baholash uchun ishlatiladi, aholi jon boshiga real YaIMning o‘sishi esa mamlakatda turmush darajasini taqqoslash uchun ishlatiladi. Respublikaning iqtisodiy o‘sish surʼatini tavsiflaydigan ushbu ko‘rsatkichlar (real YaIM va aholi jon boshiga real YaIMning o‘sishi) miqdoriy koʼrsatkichlar bo‘lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va shu sababdan farovonlikning haqiqiy o‘sishini tamomila tavsiflab berolmaydi. Ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning oʼsishi bo‘sh vaqtning sezilarli ortishini aks ettirmaydi hamda farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi. Uchinchidan, iqtisodiy oʼsishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va inson hayotiga salbiy taʼsirini hisobga olmaydi. Shunga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning barcha tavsifi yillik o‘sish surʼatlarining foizdagi o‘lchovida to‘liq o‘z ifodasini topadi: bu yerda: O‘S – iqtisodiy o‘sish surʼati, foizda; YaIMbazis davr – taqqoslanayotgan davr (yil) dagi real YaIM hajmi; YaIMjoriy davr – joriy davr (yil) dagi real YaIM hajmi. Download 216.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling