O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


-jadval.YaIMni aholi jon boshiga ishlab chiqarishning o


Download 216.89 Kb.
bet3/5
Sana01.11.2021
Hajmi216.89 Kb.
#170027
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maxkamov mustaqil ish

1.1-jadval.YaIMni aholi jon boshiga ishlab chiqarishning osishi

Korsatkichlar

2017

2018

2019

Nominal YaIM

trln. som

249.1

407.5

511.8

YaIMning osish sur’ati.%

5.3


5.1

5.5

YaIMning aholi jon boshiga osishi.%

3.6

3.3

13.6

Manba:Muallif tomonidan tayyorlandi.

    1. rasm. 2019-yilda YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mutloq o‘sish sur’atlari (o‘tgan 2018-yilga nisbatan % da)



2. Iqtisodiy o‘sishning turlari, omillari va uning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni.

Ma'lumki iqtisodiy o‘sish ikki turda amalga oshadi. Ijtimoiy mahsulotning o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.

Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki marta ko‘paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o‘rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‘yicha xuddi shunday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.

Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyosini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan yanada takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikalardan foydalanish, ishchi kuchi malakasini oshirish, shu bilan birga mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Intensiv yo‘l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o‘sishida, mahsulotlar sifatining oshishida o‘z aksini topadi.

Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holatda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan holda bo‘ladi. Shu sababdan ko‘proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari haqida so‘z yuritiladi.


Download 216.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling