O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik va texnologik jihatdan
Lokalizatsiya bu – mamlakat hududida mahalliy xom ashyo asosida mahsulot ishlab chiqarishni
yo’lga qo’yish. Lokalizatsiya qo’yidagi jihatlari bilan ahamiyatlidir: Iqtisodiy jihatdan lokalizatsiya– mamlakat hududlarida ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, import o’rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliy byudjetga soliq tushumlarini ko’payish kabilarga imkoniyat yaratib beradi; Siyosiy jihatdan lokalizatsiya – davlat tadbirkorlar, xorijiy investorlarga turli xil imtiyozlarni berish asosida ishlab chiqilgan maxsus dastur miqyosida mahalliy resurslardan samarali foydalanilgan holda ichki talab mahsulotlarni ishlab chiqishni rag’batlantiradi. Texnik va texnologik jihatdan lokalizatsiya – iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mahalliy xom ashyoni ishlab chiqarishga jalb etish maqsadida yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish kasbiy malakani oshirish imkoniyatini beradi. Kasbiy jihatdan mamlakat hududlarida lokalizatsiya asosida yangi ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, mahalliy ishchi kuchini kasbiy mahoratini oshirish, ularni ilg’or texnologiyalar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish, koorporativ boshqaruv buyicha malaka oshirish imkoniyatini beradi 15 . O’zbekistonda lokalizatsiyalashtirishni tashkil etishda 2012 yil uchun dastur ishlab chiqilgan dastur bo’yicha 830 dan ortiq loyiha amalga oshirildi. Mahalliylashtirish dasturi asosida amalga oshirilgan texnik va texnologik yangilanishlar tufayli Jizzax viloyatidagi “Evroaziya Karpet”korxonasi ishga tushdi. Mahalliy xom ashyodan foydalanish darajasi 56,2% ga yetdi. Korxonada chetga sarflanayotgan valyutani tejash hisobiga mahsulot tannarxi 30% gacha kamaydi. Germaniya, Belьgiya davlatlaridan keltirilgan texnologiyalar yordamida ishlab chiqariladigan gilamlar raqobatbardoshliligi bilan ajralib turibdi. Ma’lumki, keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari davom etayotgan ayni paytda sifatli va arzon qurilish materiallariga bo’lgan talab oshib bormoqda. Prezidentimizning 2009 yil 19 iyunda qabul qilgan “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni ko’paytirishni rag’batlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga ko’ra Navoiy viloyati Xatirchi tumanida “Navoiyqishloqqurilishservis” MCHJ tomonidan g’isht zavodi ishga tushdi. Korxona zamonaviy texnologiya asosida yiliga 20 mln. dona pishiq g’isht ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonada 65 ish o’rni yaratildi.Ma’lum bo’lishicha hududdagi tuproq pishiq g’isht tayyorlash uchun yaroqsiz hisoblanadi, lekin zamonaviy texnologiya yordamida bu muammoni hal etish mumkin ekan. Tuproqdan namlik so’rib olinib, qattiq bosimda zichlanadi va o’ta mustahkam, pishiq g’isht tayyorlanadi. Davlatimiz rahbarining 2010 yil 23 martda qabul qilgan “2010 yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to’g’risida”gi qaroriga ko’ra “O’zkimyosanoat DAK tizimidagi “Maksam-CHirchiq”, “Jizzax plastmassa”,”Navoiyazot” ochiq aktsiyadorlik jamiyati korxonalarida magniy sulьfat, kaliy nitrat, kaliy o’g’iti, diametri 630 mm bo’lgan polietilen quvurlarni o’lchovchi uskunalar, mahalliylashtirish dasturi asosida esa 147,7 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda Dastur samaradorligini oshirish maqsadida turli xil imtiyozlar o’rnatilgan. Xususan, lokalizatsiyalashtirish doirasida loyihalarni amalga oshirayotgan korxonalar: - daromad solig’i; - yagona soliq to’lovi; - mulk solig’idan, shuningdek ishlab chiqarishni lokalizatsiyalashtirish maqsadida keltirilayotgan jihozlar, texnologiyalar boj to’lovlaridan ozod qilinadi. 15 Вазьянский А.М Локализация производство как одно из условий развитья социально – экономических систем. avazyans@rambler.ru |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling