O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

Milliy iqtisodiyoti mavjud bo’lgan barcha sohalar,
birlashmalar, korxona va tashkilotlarning yig’indisidir. Ular yagona iqtisodiy
tizimga, umumiy qonunlarga va rivojlanish maqsadlariga asoslangan holda
birlashgan.
Mazkur fanning predmeti alohida mamlakat miqyosidagi iqtisodiy
faoliyatni, iqtisodiy jarayonlarni uning tarmoqlarini, hududiy va funktsional
tarkibini qamrab oladi.
Milliy iqtisodiyot fanining predmeti quyidagi jarayonlarni o’rganadi:
1. Milliy iqtisodiyotni shakllanish  jarayonini o’rganadi;
2. Bozor iqtisodiyotini shakllanish jarayonini o’rganadi;
3. Mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish printsiplarini o’rganadi.
4. Mamlakat iqtisodiyotining isloh qilishni milliy o’zbek modelini mohiyatini
o’rganadi.


8
5. Iqtisodiyotning boshqarish shakllarini qayta qurish, yangi boshqaruv
tashkilotlari tizimini yaratish, davlat boshqaruvini tashkil qilishni
o’rganadi.
Milliy iqtisodiyot fani boshqa iqtisodiy fanlar bilan, hususan iqtisodiyot
nazariyasi, statistika, iqtisodiy geografiya, tarix, sotsiologiya, makroiqtisodiyot,
mikroiqtisodiyot, iqtisodiy ta’limotlar tarixi va boshqa fanlar bilan chambarchas
bog’liqdir.
Milliy iqtisodiyot iqtisodiy fanlarning tarkibiy qismi sifatida umumiy
qonunlar asosida rivojlanadi. U avvalo, iqtisodiyot nazariyasi bilan bog’liq.
Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi fani insonning, jamiyatning iqtisodiy faoliyati,
ya’ni moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish
jarayonlarini, shu bilan birga, iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar hamda ularni amal
qilish mexanizmini o’rganadi. U kishilik jamiyati paydo bo’lgandan buyon
rivojlanib takomillashib kelayapti.
Milliy iqtisodiyot kursi iqtisodiy rivojlanishni va takomillashishining bir,
maxsus davriga, ya’ni markazdan turib boshqariladigan iqtisodiyotni bozor
iqtisodiyotiga o’tish davriga to’g’ri keladi. Bu eski iqtisodiy tizimni tubdan isloh
qilish va yangi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini yaratish davrini
ifodalaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni takror ishlab chiqarish Milliy

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling