O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDOGOGIKA INSTITUTI
FILOLOGIYA FAKULTETI
“TARIX VA FALSAFA “ KAFEDRASI
2- BOSQICH 208-GURUH TALABASI
BOBORAXMATOVA DILSHODANING
TARIXIY GEOGRAFIYA VA TARIXIY OʻLKASHUNOSLIK
FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: O’RTA OSIYONING ILK O’RTA ASRLARDAGI TARIXIY GEOGRAFIYASI
Tayyorladi: Boboraxmatova D.
Tekshirdi: _________________
MUNDARIJA:
KIRISH
Bob O’rta Osiyoning ilk o’rta asrlardagi tarixiy geografiyasi
Ilk feodal davlatlarning paydo bulish shart-sharoitlari
Eftalitlar davlatining tashkil topishi va chegaralari
II- Turk xokonligining siyosiy-iqtisodiy va etnik demografik geografiyasi.
4. Arab xalifaligi davrida Movorounnahrning tarixiy gеografiyasi.
5.O’rta Osiyoning IX-XII asrlardagi davlatlari tarixiy geografiyasi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Har bir xalqning davlatchilik va madaniyati tarixini o‘rganish nafaqat ilmiy yoki nazariy, balki chuqur ma'naviy-ruhiy ahamiyatga ega bo‘lib, har birimizda o‘zimiz tug‘ilgan va yashayotgan ona zamin bilan mustahkam aloqadorlik hissini rivojlantiradi. Mustaqillik yillarida xalqimizning o‘z o‘tmishiga qiziqishi kuchaydi. O‘zligimizni anglash, tariximizni o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Chunki, xalqimizning madaniy-ma'rifiy an'analari va merosini o‘rganishda, milliy g‘oyaning shakllanishida tarix fanining ahamiyati beqiyosdir. Qadimgi va boy tariximizni o‘rganish, uni keng ommaga yetkazish har bir tarixchi oldida turgan dolzarb vazifadir. O‘zbekiston tarixini xolisona va haqqoniy o‘rganish masalasi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida alohida tahlilini topib, o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixidagi boy an'analarni tadqiq etish dolzarb muammo tarzida maxsus ta'kidlandi1 . Prezident belgilab bergan muhim vazifalar va tarixchi olimlar oldiga qo‘yilgan masalalar shundan iboratki, asl manbalarga tayangan holda Vatan tarixiga yangicha yondoshib, qadimgi davrdan to bizning zamonimizgacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni va voqealarni o‘rganishimiz zarur. Tarixchilarimiz zimmasiga o‘lkamiz tarixini xolisona va haqqoniy yoritish, unga adolat nuqtai nazaridan yondoshish va baho berish kabi ulkan vazifalar qo‘yildi. O‘zbekistonning qadimgi tarixi va madaniyati, qadimgi madaniy aloqalar mavzulariga katta e'tibor berilayotganligi ahamiyatga molikdir. O‘zbek xalqi davlatchiligi taraqqiyotida Somoniylar sulolasining hukmronligi katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |