Tarix va falsafa
Eftalitlar davlatining tashkil topishi va chegaralari
Download 130 Kb.
|
Boboraxmatova Dilshoda
Eftalitlar davlatining tashkil topishi va chegaralari
Eftalitlar sosoniylar bilan birga kurash jaraenida Markaziy osiyoning janubiga siljiy boshlashgan. Ular 467-470 yoki 480 yillarda So’g’dni bosib olishadi va keyin sharkiy turkistonga karab siljishadi 479 yilda turfan, 490-97 yilda Urumchi, 497 va 507 yillar oraligida kara-shara, xotan va kashgar eftalitlar davlati tarkibiga kirgan va 6 asrning boshlarida butun sharkiy turkiston eftalitlar kul ostida birlashtirilgan edi. Eftalitlar davlati xududlari xakida Xitoy solnomalari va Arab, Fors tarixchilari asarlarida ma``lumotlar uchraydi. Ularga tayangan xolda Eftalitlar davlatiga Markaziy osiyoning katta kismi, Sharkiy turkiston, Gandxara va 5 asrning 2-chi yarmida shimoliy Xindistonning boshka bir kancha viloyatlari xam kirgan. Bu davlatlar uz xududiga ku-ra, Kushonlar davlatidan xam katta edi. 7 asrda Oltoy xududlarida davlat tuzilmalari tash-kil topaboshlaydi. Bu davlat birlashmalaridan biri Turk xokonligi bulib, Markaziy osiyo tarixida muxim urin tutadi. Bu davlatning asoschisi Bumin avval tele kabilalarini birlashtirib, sungra jujanlarga kattik zarba beradi. Ularni inkirozga uchratib, muguliston va Oltoy xududla-rida davlat tuzadi. Shu yili ya``ni 551 yilda Bumin Yabgu unvonini oladi va shu davrdan boshlab Turk xokonligi rasmiy e``tirof etiladi. Davlat xududlarining kengayi-shi Buminning vorisi Muxan(553-572y) davriga tugri keladi Istilochilik yurishlarining garbiy yunalishiga Muxanning ukasi Istemi boshchilik kildi. Albatta Turk-larning janubga siljishida Eftalitlar bilan tukna-shuvlar kelib chikishi anik edi. Turklar va Eftalitlar urtasidagi dastlabki tuknashuvlar 6 asrning 50 yillariga tugri keladi. Ular dastlab Markaziy osiyoning shimoliy kismida tuknash-gan edilar. Turklar Eron bilan Eftalitlarga karshi it-tifok tuzadi va ikki tomonlama kurshovda kolgan Efta-litlar turklarga yaxshi karshilik kursata olmaydi va Bu-xoro yakinidagi xal kiluvchi jangda engilishadi. Katta Kultegin bitiktoshida "ular (Muxan va Istemi) Temir-kapigiga uz xalkini eyishdi" degan ezuvlar bor. Temir kapig ya``ni temir darvoza Boysun togidagi Sugd va Toxa-riston oraligidagi utish joyi edi. Demak, turklar janubda mana shu xududlargacha etib kelgan. Turk xokonligining sharkdan garbgacha bulgan chegarasi esa, Koreyadan Kora dengiz buylarigacha chuzilgan edi. Lekin bu davlat u darajada mustaxkam bulmay balki, urug-kabilachilik sababli xam 603 yilda ichki nizolar tufayli davlat ikkiga -garbiy va sharkiy turk xokonligiga bulinib ketadi. Turk xokonligi davrida ulkaning savdo-sotik konchilik, xunarsandchilik, dexkonchilik ka-bi soxalarida tarakkiet tuxtamagan. Tashki savdoda turklar va Eron urtasidagi buyuk ipak yulidagi rakobat tufayli uzgarishlar yuz berdi. Bu vaktda savdo yulining janubiy tarmogidan kura shimoliy tarmogi ancha tarakkiy kildi. Turk xokonligining asosiy savdo xamkorlari Xitoy, Xindiston, Vizzantiya kabi davlatlar bulib, bu davlatlar bilan olib borilgan savdo alokalarida asosan sugdlik savdogarlar katta urin tutgan. Shark va garb munosabatlarida usha asrlarda eng muxim omillardan biri bu-ipak bilan savdo kilish bulgani uchun xom asheni ishlab chikarishda asosiy urinni egalla-gan. Xitoyni jilovlash va bu bilan xalkaro iktisodiy alokalarga kat``iy ta``sir utkazish siesati xam nazarda tutilgani anik. Ana shu talablardagi vazifa amalga oshi-rilib bulingandan keyingina (masalan Xitoyliklarga yiliga yuz ming parcha ipak mikdorida ulpon solinishi) navbatdagi maksad - Eftaliylar sulolasi faoliyatiga chek kuyishga kirishiladi Bunda Eron omilidan ustalik bilan foydalaniladi. Bu vaktda Eron xam Vizzantiya xam Eftaliylar bilan teskari edi. Shu sababdan xam sosoniylar va Ashinaniy-lar urtasida eftaliylarga karshi ittifokka erishish shunday oson xal buladiki, ish xatto Eronlik xukmdorlarning turkistonlik malikalardan biriga uylanishgacha borib, ashinaniylar endi Eron saroyida uz kishilariga ega bulib oladilar. Tez orada Eftaliylar xukmronligi xotimaga etadi va bu xakda ayti utildi. Endigi gal Ashinaniylar Vizzantiya bilan xarbiy it-tifok tuzib, Eronni sikuvga olib, xatto ular Eftaliy-larga tulab kelgan yillik ulponni bundan buen bizga tu-laysizlar qabilidagi shart xam kuyadilar. Shart-sharoit etilganda, xokonlikning Krimda Vizzantiya bilan yuzma-yuz kelgan vaqtlari ham bo’lgan. Albatta Ashinaliylarning Xitoy, Eron, Vizzantiya bilan munosabatlarda uz xukmla-rini utkazib, xarbiy ustunliklarga erishgan vaktlarda saltanat siesiy-geografik jixatdan yuksalgan. Shu bilan birga Erondan xam Xitoydan xam maglubiyatga uchrab, tushgunlikka tushib qolgan paytlar ham bo’lgan. VI asrning oxiri VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida yangi siesiy va ijtimoiy-iktisodiy uzgarishlar sodir bulib, markazlashgan davlat birlashmasi vujudga keldi. Bu jaraenda shu davrda Muxammad paygambar to-monidan asos solingan islom dini birlashtiruvchi vazi-fani bajaradi. Muxammad paygambar vafotidan sung,ya``ni 632yildan sung,uning urniga davlatni xalifalar boshkaradi va bu davlat tarixga arab xalifaligi nomi bilan kiradi. Arab xalifaligi istilochilik yurishlarini olib boradi va tez orada yakin va urta sharkning boy viloyatlarini bosib oladi. Shu bilan birga arablar Sosoniylar xududlariga xam yurishlar kilib, 651 yilda Marvgacha etib keladi. va bu erda sosoniylarning sunggi xukmdori Yezdigard III ul-dirilib, bu sulola xukmronligiga chek kuyiladi. Mazkur xududda markazi marv bulgan Xuroson noibligi tashkil topadi va keyinchalik bu markaz arablarning Markaziy osiyoni istilo kilish maksadlaridagi yurishlariga bevosita boshchilik kiladi. Arablar Amudaryoning shimolidagi yerlarni Movaroun-nahr ya``ni daryo ortidagi yerlar deb atashadi Download 130 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling