2-mavzu: Iktisodiy bazis tushunchalar. Reja Noyob ne’matlarni taksimlanishining bozor mexanizmi. Alternativ xarajatlar


Download 47.84 Kb.
bet1/3
Sana18.08.2023
Hajmi47.84 Kb.
#1667952
  1   2   3
Bog'liq
2- mavzu Документ Microsoft Word


2-MAVZU: Iktisodiy bazis tushunchalar.
Reja
1.Noyob ne’matlarni taksimlanishining bozor mexanizmi.
2.Alternativ xarajatlar
3.Bazis tushunchalar
1.Noyob ne’matlarni taksimlanishining bozor mexanizmi.
Xar kanday jamiyatda noyob ne’matlarni taksimlash mgammosi turadi. Ne’mat deganda, biz tovarlar, xizmatlar va resurslarni tushunamiz. Ne’matlar noyobligi deganda - iktisodiy sub’ektlardagi mavjud ne’matlar zaxirasining shu ne’matlarga extiyoj sezgan xaridorlarning talablarini etarli darajada kondira olmasligi tushuniladi. Ne’matlar noyobligi - bu biror tovar yoki resurs xajmining ma’lum vakt oraligida chegaralanganligidir. SHuning uchun xam ne’mat noyobligi, ne’matning fizik nuktai nazardan chegaralanganligidan fark kilib, u nisbiydir, ya’ni ne’matning xajmi xozirgi vaktda unga bulgan talabni kondirish uchun etarli emas.
Noyob ne’matlarni ikki turga bulish mumkin: ishlab chikarish resurslari va ular asosida ishlab chikariladigan iste’mol ne’matlar.
Ishlab chikarish resurslarini takror ishlab chikarilishi buyicha xam ikki turga bulish mumkin: takror ishlab chikariladigan ishlab chikarish resurslari (bunga kishlok xujalik maxsulotlaridan paxta, don va boshka maxsulotlarni misol sifatida keltirish mumkin, ular xar yili takror ishlab chikariladi. Xuddi shunday mexnat resurslari xam takror ishlab chikariladi), takror ishlab chikarilmaydigan, fizik nuktai nazardan chegaralangan ishlab chikarish resurslari (foydali kazilma boyliklarni misol sifatida karash mumkin: temir, kumir, oltin va xokazo).
Agar ne’mat noyob buladigan bulsa, u xolda cheklangan ne’matlarni kanday kilib iktisodiy sub’ektlar urtasida ratsional taksimlashni amalga oshirish mgammosi - bu markaziy iktisodiy mgammo xisoblanadi. Bu mgammoni echish uchun xar kanday jamiyat kuyidagi uchta iktisodiy savolga javob berishi kerak:
Nima ishlab chikarish kerak?
Kanday ishlab chikarish kerak?
Kimga ishlab chikarish kerak?
YUkoridagi savollardan ikkitasi, ya’ni nima ishlab chikarish kerak? va kanday ishlab chikarish kerak? degan savollar - resurslardan maxsulot ishlab chikarishda foydalaniladigan va ishlab chikariladigan maxsulot tarkibining juda kup alternativ variantlari mavjudligini takozo kiladi.
Ma’lumki, xar bir vakt oraligida jamiyatning ishlab chikarish imkoniyatlari chegaralangan. Bunday chegaralanganlik jamiyatdagi mavjud resurslarning chegaralanganligi xamda bu resurslarni foydali ne’matlarga aylantiradigan texnologiyaning xolati bilan, uning rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi.
Ishlab chikarish imkoniyatlarining chegaralanganligi, ishlab chikarish variantlaridan birini tanlab kolganlaridan voz kechishni takozo kiladi. Boshka variantlardan voz kechish natijasida, biz ulardan olinishi mumkin bulgan foydadan voz kechamiz, ya’ni bu foydalanilmagan imkoniyatlar bulib, alternativ xarajatlarni tashkil etadi.
2. Alternativ xarajatlar - resurslardan eng samarali foydalanishdan voz kechish natijasida yukotilgan imkoniyatlar bilan boglik xarajatlar. Alternativ xarajatlar - iktisodiy tanlov natijasida enu yaxshi alternativ variantdan olinadigan foydadan voz kechishni aks ettiruvchi xarajatlardir.
Alternativ xarajatlar yordamida noyob resurslardan foydalanish yunalishlari buyicha enu yaxshi (optimal) taksimlash masalasi, ya’ni mgayyan variant taksimlanishdan olinadigan foyda va xarajatlarni boshka variantlar buyicha olinadigan foyda va xarajatlar bilan solishtirish orkali echiladi (ya’ni alternativ xarajatlarni bir-biri bilan solishtirish orkali).
Masalan, Toshkentdan Samarkandga avtobusda borishni xoxlagan yulovchi biletni 30 minut turib, kassadan 100 sumga olishi mumkin, yoki 130 sumga navbatsiz xizmat kursatuvchi firma orkali olishi mumkin deylik. Agar yulovchining 30 minut vaktining alternativ xarajati 30 sumdan kam bulsa (u uzining 30 minut vaktini 30 sumdan kam baxolasa), u biletni navbatda turib sotib oladi, agar alternativ xarajati 30 sumdan yukori bulsa (u uzining 30 minut vaktini 30 sumdan yukori baxolasa), u xolda yulovchi biletni xizmat kursatuvchi firma orkali sotib oladi. Agarda yulovchi vaktining alternativ xarajati 30 sumga teng bulsa, u ikkala variantdan xoxlaganini tanlashi mumkin. Xakikatdan xam vaktini yukori baxolaydigan va yukori daromad oluvchilar kupincha navbat kutishni xoxlamaydilar.
YAna bitta misol. Masalan, zavod traktor va yuk avtomobili ishlab chikarishi mumkin. Zavod uzining barcha cheklangan resurslaridan tulik va samarali foydalangan xolda 5 ta tank yoki 10 ta traktor ishlab chikarish mumkin deylik, ya’ni, bitta tank ishlab chikarishga ketadigan xarajatlar yordamida ikkita traktor ishlab chikarish mumkin. Bu erda 5 ta tankning alternativ xarajati 10 ta traktorga, ya’ni bitta tankning alternativ xarajati ikkita traktorga teng buladi.
Bozor tizimida noyob ne’matlar mgammosi kuyidagi ikkita tamoyillar asosida echiladi:
- optimallashtirish tamoyili - xar bir faoliyatdan va resurslardan foydalanishdan maksimal foyda olish;
- alternativ xarajatlar tamoyili - noyob resurslardan foydalanish yunalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtirish orkali.
Iktisodiy sub’ektlar ratsional xarakat kilish tamoyiliga kura uz maksadlariga erishishi uchun xujalik faoliyatida faol katnashadilar, buning asosiy moxiyati shundan iboratki, iktisodiy sub’ektlar berilgan resurslardan foydalanishdan olinadigan natijalarni maksimallashtiradi yoki ma’lum natijalarni olish uchun xarajatlarni kamaytiradi.

Download 47.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling