Tarix va falsafa


Kurs ishining amaliy ahamiyati


Download 130 Kb.
bet3/11
Sana23.01.2023
Hajmi130 Kb.
#1110920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boboraxmatova Dilshoda

Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishining natijalari O‘rta ilk o’rta asrlari haqida bo‘lib, O’rta Osiyoning ilk o’rta asrlardagi tarixiy geografiyasi va davlati boshqaruvi tizimi haqidagi yangi ma'lumotlar o‘quvchilarga kengroq tushunchalar berishi, tadqiqot ishida umumlashtirilgan ma'lumotlardan ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlarida hamda milliy istiqlol g‘oyalariga sodiq komil insonni tarbiyalashda foydalanish mumkin.
Kurs ishining strukturaviy tuzulishi: Mazkur kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib har bir bob ikkitadan mavzuni o’z ichiga olgan.
I- Bob O’rta Osiyoning ilk o’rta asrlardagi tarixiy geografiyasi

    1. Ilk feodal davlatlarning paydo bulish shart-sharoitlari

O’rta Osiyo tarixining V-VII asrlarini o’z ichiga oluvchi ilk feodalizm davri bir qancha siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy, shuningdek etnik jarayonlarning o’zgarishlari bilan izohlanadi. Bu o’zgarishlar shu vaqtda Markaziy Osiyo hududlariga kirib kelgan ko’chmanchi qabilalar bilan bog’liqdir. Bu qabilalarning kirib kelishi, hukmronligi va kelib chiqishi haqida tarixiy manbalarda bir-biriga zid bo’lgan ma`lumotlar uchraydi. Yuejilar hukmdori Tsidalo jujanlar tazyiqi tufayli qarorgohini Xini bolo shahriga ko’chirilganligi haqida ma`lumotlar beradi. Unda yana "jasur yuejigi hukmdori Tsidolo o’z qo’shinlari bilan baland tog’dan o’tib shimoliy Hindistondagi Gand-xaradan shimoldagi 5ta davlatni bosib oldi" deb ma`lumot beradi. Bu solnomalardagi 427 yildagi voqealar bayon qilingan. Yapon olimi K.Yenoki kidariylar 412-437 yillar oralig’ida Tohariston va Gandxarani qo’l ostida birlashtirgan deb fikr bildiradi. Kidariylar haqida yana ma`lumotlarni qoldirgan tarixchilardan biri Prisk Paniyskiydir U 456 yilda Sosoniylarning xunn-kidariy kabilalari bilan olib borgan urushlari haqida ma`lumotlar beradi.
Xuddi shu tarixchi 464 yilda Sosoniylar shoxi Vizantiyadan xunn-kidariylarga qarshi urushda pul bilan yordam qilishini so’raganligini, bunda u sosoniylar xunn-kidariylarni engsa, bu ko’chmanchi qabilalar Vizantiya hududlariga tahdid solmasligini ta`kidlab o’tganligini yozadi. Bu yozma ma`lumotlardan tashqari numizmatik manbalar tahlil qilganda ham kidariylar ha-qida ma`lumotlar uchraydi. Braxma tilidagi bir qancha tangalar mavjud bo’lib, ularda kidara kushanama degan yozuvlar zarb qilingan. Ularni tahlil qilgan-da, Hindikushdan janubda 390-430 yillar oralig’ida zarb qilinganligi aniq bo’ladi. Shu narsa ma`lumki, Tsidolo va Kidara bir shaxs ismining ikki xilda atalishidir.2 Lekin Hindistonga kelgan kidariylar va Prisk Paniyskiy ma`lumotlaridagi sosoniylar urush olib borgan kidariylar o’rtasida qanday bog’liqlik borligi muammoli ma-saladir. Yana kidariylarning 477 yilda Gandxaradan Xitoyga elchilar jo’natganligi haqida dastlabki ma`lumotlar Ammian Martsellinda uchraydi. Uninng yozishicha, sosoniylar shoxi Shopur II 346-347 yillarda mamlakatining sharqiy chegaralarida "Xionit va yovsinlar" hujumini qaytargan I. Markvart yozuvida hatolik bor deb hi-soblab, keyingi atamani, ya`ni "yovsinlarni" "kusenlar"-kushonlar deb o’qishni taklif qildi. Agar bu faraz kabul kilinsa, xioniylar va kidariylar bir vaktda siesiy maydonga chikishgan buladi.
Ammian Martsellin xioniylar xakidagi ma`lumotlarni davom ettirib, Shopur keyinchalik "Xionitlar va gelak-lar" bilan sulx tuzib, ittifok tuzishga erishganini eza-di. 359 yilda xioniylar ittifokchilik shartnomasiga so-dik kolib, Shopur 11 kushinlari bilan birga Suriyaning Amid shaxrini bosib olishda katnashadi. Bu jangda xio-niylarga Grumbat ismli kishi boshchilik kilgan 60 yillar oxiri va 70 yillar urtalarida Shopur 11 ikki martta poytaxtni Balx shaxri bulgan "kushonlar" ustiga yurish kilganligi xakida Arman tarixchisi Favist Buzand ma``lumotlar beradi va bu xar ikki jangda xam sosoniy-lar engiladi Albatta bu erda "kushonlar" nomi bilan boshka bir etnik gurux kidariylar eki xioniylar gavda-langan bulishi mumkin.
Xush xioniylarning Markaziy osiyoga kirib kelishi va xukmronligi masalasiga kanday endashish kerak. Yaponiyalik olim K.Yanoki ya`ni bir farazni ilgari suradi. U shu vaktgacha Xitoy manbalarida xioniylar xakida ma``lu-motlar uchramaydi degan karashlarga karshi chikib, Xitoy solnomalaridagi "Xunnlarning" yurishlari xakida bir jumlani keltiradi. Unda "sude xukmdorini uldirib, uning erlarini bosib oldi" deb ezilgan. K Yanoki bu erda sude-sugd va xunnlar-xioniylarning uzidir degan xu-losaga kelgan.
Solnomalardagi bu vokealar 437 yilga tegishlidir. Agar biz bu fikrga kushilsak, xioniylar avval sugdni bosib olib, keyin shu xudud orkali Markaziy osiyo janubiga karab siljishgan.
6 asrga kelib, siesiy maydonga chikkan Eftaliylar sulolasi to 6 asrning 2-chi yarmiga kadar mintaka siesiy xaetiga etakchilik kiladilar Ularga oid kator ma``lumot-larni biz Xitoy, Xind, Fors, Arman, Suriya, Lotin man-balaridan topishimiz mumkin. Shuni kayd etib utish lo-zimki, ularning xammasida xam Eftaliylar atamasi uch-ramaydi. Sababi xar bir til va ezuvning uz xususiyatlari bulishida Xitoylik mualliflar Eftaliylarni turkiy tilli xalklar (tukyue) bilan boglik ravishda ta``riflab ularning yuechji e uygur kabilalariga tegishli ekanini xam aytib utadilar. Vizzantiyalik tarixchilar masalan, Prokopiy (6 asr), "Ular (ya``ni eftaliylar) xunnlardan-dir, tanalari esa, ok deb masalaga aniklik xam kiritib utadi, ya``ni eftaliylar tugridan-tugri Turkiy shajaraga boglanayapti3.
Eftaliylar Turkiston mintakasida yashab kelgan kadi-miy urug, sulolalardan bulib, 5 asrda tegishli sharoit tugilishi bilan siesiy xokimiyatni kulga kiritishga mu-vaffak bulganlir. Eftaliylar atamasi shu sulola asos-chisi Eftalan nomidan kelib chikkanini Vizzantiyalik Feofan xam ezgan. Shunday kilib, 5 asrning 2-chi chora-gidan boshlab mamlakatimiz umuman Turkiston siesiy xaetida Eftaliylar xonadoni xukmron urin tuta bosh-laydi. Bu yillar 4 asrdaek zaiflashish yuliga kirgan kushonlar saltanatining garbiy sarxatlari sosoniylar taxdidi ostida kogan davr edi4.
Eftaliylar davrida davlatimizning poytaxti kaerda bulgani xakida xam anik ma``lumotlar yuk. Ba``zilar Boykentni (Poykent) kursatsa, boshkalari Badaxshonda deb biladilar. Eftaliylar markazi xam avval Baktriyada sungra, sosoniylar xavfi uzil-kesil yukka chikkach, xamda saltanat chegaralari sharkiy turkiston xisobiga xam kengaygach, poytaxt Boykentga kuchirilgan bulsa, xech-gap emas.




    1. Download 130 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling