I bob. 30-40-yillardagi zamonaviy koreys she’riyati 6
Download 49.45 Kb.
|
I bob. 30-40-yillardagi zamonaviy koreys she’riyati 6
MAVZU : MUNDARIJA KIRISH 3 I BOB. 30-40-YILLARDAGI ZAMONAVIY KOREYS SHE’RIYATI 6 1.1. 30-yillar zamonaviy koreys she’riyati 6 1.2. 40-yillar zamonaviy koreys she’riyati 10 II BOB. 30-40-YILLARDAGI ZAMONAVIY KOREYS NASRI 14 2.1. 30-yillar zamonaviy koreys nasri 14 2.2. 40-yillar zamonaviy koreys nasri 19 XULOSA 25 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 26 KIRISH O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgach, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi munosabatlar sathi tobora kengaymoqda. Bugungi kunda davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotidagi tub o’zgarishlarni amalga oshirish jarayonida fuqarolarning dunyoqarashida ham shunga monand islohotlar olib borish zarurligi ustuvor masalaga aylandi. Shu o’rinda birinchi Prezidentimiz I.Karimovning quyidagi so’zlari o’rinlidir: “…biz ma’naviyatimizni yuksaltirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga intilayotgan ekanmiz, hech qachon o’z qobig’imizga o’ralashib qolmasligimiz kerak. …boshqa sohalar qatori adabiyot sohasida ham aloqalarni kuchaytirishimiz zarur. Qaysi mamlakatda bizning adabiyotimiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimizga hurmat bilan qarashadi, xorijdan biz nimalarni o’rganishimiz mumkin va nimalarni taqdim etishimiz mumkin – bu masalalar xalqaro maydonda o’zligimizni namoyon etishda katta ahamiyatga ega ekanligini doimo yodda tutishimiz lozim. Men bu borada G’arb bilan Sharq mamlakatlari, jumladan Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya bilan Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt kabi arab davlatlari bilan aloqalarni kuchaytirishni tavsiya etgan bo’lardim”1. Yurtboshimizning xorijiy davlatlar, xususan Janubiy Koreya bilan adabiy aloqalarni mustahkamlash haqidagi o’rinli fikr-mulohazalari butun adabiy jamoatchilik, jumladan biz sharqshunoslarning ham zimmasiga ma’suliyatli vazifalarni yuklaydi. Zeroki, badiiy adabiyot borliqni badiiy bilish orqali bizning olam, odam va jamiyat haqidagi bilim va tasavvurlarimizni boyitadi. Badiiy adabiyot, ayni paytda, dunyoni o’zgartirish quroli hamdir. U o’quvchining hissiyoti, ongi-shuuriga kuchli ta’sir etib, kitobxonni o’sha asar bilan hamnafas qiladi, asardagi ijobiy qahramonlardan o’rnak olishga o’rgatsa, salbiy qahramonlari orqali ogohlikka chaqiradi. Shu sabab ham «Adabiyot — hayot darsligi», dеgan gap faqat chiroyli ta'rifgina emas, uning zamirida katta haqiqat yotadi. Zero, badiiy adabiyot, badiiy asarlar mutolaasi davomida o’quvchi inson qalbining tub-tublariga kirib boradi, uning turfa fе'l-atvori bilan tanishadi, insonlar orasidagi murakkab munosabatlarni kuzatib, ularning ruhiyat olamidagi o’zgarishlarni birdek his qiladi, o’zga insonlar tajribasi bilan o’rtoqlashadi, buning natijasi o’laroq u hayotga, insonlarga o’zgacharoq yondasha boshlaydi, chuqurroq tafakkur qiladi, fikrlash doirasi kеngayadi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda xorijiy tillarni o’qitish keng yo’lga qo’yildi. Sharq mamlakatlari adabiyoti va san’ati madaniyatini o’rganishga bo’lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Adabiyot, so’z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo’lib keladi, xususan, mustaqillik yillarida yurtimizda sharq adabiyotini rivojlantirish uni o’rganish bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, koreys adabiyotini o’rganish uchinchi til – rus tili orqali emas, balki koreys tilidan o’zbek tiliga tarjima qilish orqali o’rganish uchun barcha shart-sharoitlar yetarli. XX asrning 50-yillarining boshida sharqshunos talabalar koreysshunoslikning asoschisi A. A. Xolodovichdan koreys mumtoz adaboyotidan nimalarni o’qishi maslahat berishi so’ralganida, professor shunday javob bergan edi: “Afsuski, hozircha hech narsani. Koreys adabiyoti o’ziga xos qiziqarli, lekin undan hech narsa rus tiliga hali tarjima qilingani yo’q.” Oradan yarim asr o’tgandan keyin Xolodovichning shogirdlari tomonidan ko’plab o’rta asr koreys adabiyoti namunalari tarjima qilinib nashr etildi.1 Hozirgi kunda zamonaviy koreys adabiyotini o’rganish va asarlarini tarjima qilish bilan ham ko’pchilik koreys tili mutaxassislari shug’ullanmoqda. Bu borada yuqorida aytib o’tilganidek, bizning yosh koreys tili bo’yicha mutaxassislarimiz zamonaviy koreys adabiyoti namunalarini to’g’ridan to’g’ri o’zbek tiliga tarjima qilib, xalqqa taqdim etib kelmoqdalar. Dastlab, iqtisodiy aloqalar bizni Koreya bilan bog`lab turgan bo`lsa, bugungi kunga kelib ta`lim sohasida ham Koreya bilan hamkorlikda ancha ishlar qilinmoqda. Koreys tilini o`rganish bilan bir qatorda u davlatning madaniyati va adabiyotidan ham xabardor bo`lishimiz kerak. Zeroki, tilni o`rganishda uning madaniyat yoki adabiyotini chetlab o`tib bo`lmaydi. Koreya adabiyotini o’rganishda, avvalo millatning tarixi, madaniyatini chuqur o’rganib chiqib u haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lish lozim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 19-oktabrda bo’lib o’tgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining syezdida bu masalaga alohida e’tibor qaratdi. 2017-yil 12-yanvarda yurtboshimizning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi e’lon qilindi. Ayni paytda axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.1 Ushbu kurs ishida koreys adabiyotining XX asrning 30-40-yillaridagi holati, shu davrda xalq hayotida, adabiyotda sodir bo’lgan o’zgarishlar haqida bayon etiladi. Chunki, bizga ma’lumki, ma’lum bir mamlakatda yuz beradigan har qanday yaxshi-yomon voqea-hodisalar bevosita uning adabiyotida o’z aksini topadi. O’rganilayotgan davrda ham koreys xalqining hamon yapon zulmi ostida yashayotganligi va bu holatni o’sha davr shoirlari bo’lgan Li San, So Chonju, O Jaxvan kabi shoir va yozuvchilarning asarlarida ta’sirli qilib tasvirlanganligini ko’rib o’tamiz. Shuningdek, bu davrda dabiyotga yangi-yangi yo’nalishlar, oqimlar, janrlar kirib keldi. Ushbu yo’nalishda yaratilgan asarlar o’z davrining muammolarini o’zida ettirgandi. Download 49.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling