I bob. 30-40-yillardagi zamonaviy koreys she’riyati 6


Download 49.45 Kb.
bet5/8
Sana30.04.2023
Hajmi49.45 Kb.
#1402673
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
I bob. 30-40-yillardagi zamonaviy koreys she’riyati 6

Hammasi bir million besh yuz o’ttiz olti ming von. Ha, shuncha pul… Shunday xayollarda o’tirardi.
R”ning odatlari uning xayoliga foydasiz fantaziyalarni keltirardi. Oxirgi vaqtlarda uning hatto ish qidirishga bo’lgan ishtiyoqi ham kamaydi.
Bu bandda biz shuni ko’rishimiz mumkinki, o’sha davr koreys xalqining ahvoli haqiqatdan ham achinarli bo’lgan. Ishsizlik xalqning ahvolini ancha og’irlashtirgan. Qahramon Yaponiyada tahsil olib kelgan bo’lsa ham u o’z yurtida ish topa olmaydi, uning turmush tarzi bilan esa atrofidagilarning birortasi qiziqmaydi. Qahramon bir necha joylarga ish izlab boradi, ammo bo’sh ishchi o’rni mavjud bo’lmaydi. Bu narsa o’sha davr yapon hukumatining yuritgan xato siyosatining oqibati bo’lib, bu narsa oldindan aniq reja asosida tashkillashtirilmagan edi. Ya’ni ochilgan o’quv yurtlari bitirgan talabalarni ish bilan ta’minlashga qurbi yetmay qoldi. Natijada jamiyatda o’qigan bo’lsa ham o’z o’rnini topa olmay yurgan ishsizlar tabaqasining shakllanishiga olib keldi. Hatto qahramonning cho’ntagida uch vondan boshqa puli qolmay, oxir xayolida boyishni orzu qiladi, ish topa olmagach esa ishdan ham umidini uza boshlaydi.
Qahramon “R” o’zi o’qib turib hayotda o’z o’rnini topa olmagandan keyin o’g’lini ham o’qitish o’rniga biror ish bilan shug’ullanishini afzal biladi. O’g’lini NN nashriyotiga harf teruvchilikka ishga joylashtirishni o’ylaydi. “R” o’g’lini nashriyotga ishga olishini, mabodo oylik maoshga ish bo’lmasa, unda o’quvchilikka olishini so’raydi. Bu jarayonni biz “R” va nashriyotda teruvchilik bo’limi boshlig’i “A” bilan bo’lgan suhbatida ham ko’rishimiz mumkin.

  • U o’rta maktabni bitirganmi? – so’radi “A”.

  • Yo’q, - ochiqcha javob berdi “R”.

  • Yoshi nechada?

  • To’qqizda.

  • To’qqizda? – hayratlandi “A”.

  • Agar xohlasang ishni yoshlikdan o’rgana boshlash kerak.

  • Lekin bu juda yosh, kimning bolasi o’zi bu?

  • Meniki…

Shu tariqa ikki “A” asar qahramonidan nima sababdan bolasini o’qitish o’rniga ishlatmoqchi ekanligini so’raydi. “R” o’zining boshidan kechayotgan jarayonlarni aytib, o’g’liga boshqacha ta’lim berishini, uni kasb-hunarga o’rgatishini aytib o’tadi. Shundan keyin “A” ham bunga rozi bo’lib, “R”ning o’g’lini o’z o’gli kabi qabul qilib o’zi bilgan barcha narsani o’rgatishini aytadi. “R” esa minnatdor bo’lgancha nashriyotdan chiqib ketadi.
Shundan keyin “R”ning yangi, noodatiy hayoti boshlandi.
O’g’li Chxanson issiq pol ustida uxlardi. “R” nihoyatda yolg’iz o’g’li haqida o’ylab, uning vujudini qandaydir mehr tuyg’usi qamrab oldi.
Ertasiga tongda o’g’lini olib NN nashriyotiga bordi va Chxansonni “A” ga topshirdi. O’g’lidan ayrilgisi kelmay ko’chaga chiqdi va ko’zida yosh bilan shunday dedi:

  • Nihoyat mening hayotim o’z sotuvchisini topdi.

Chxve Mansikning “Sotuvga qo’yilgan hayot” asari shu tariqa yakun topadi. Zamon shu qadar og’ir, xalq hayoti qiyin bo’lganki, hatto o’z o’g’lini boqishga qurbi yetmagan ota uni ishga joylashtirishga harakat qiladi.
Asarda bu jarayonni otaning o’z o’g’lidan voz kechishi deb tushunish yaramaydi. Chunki birinchidan, zamon shuni talab qilgan bo’lsa, ikkinchidan, u o’g’lini kelajagi o’ziniki kabi xor bo’lmasligini, o’ziga o’xshab o’g’lining pulsiz daydib yurmasligini xohlagan bo’lishi ham mumkin. Unda ham otalik mehri bo’lgan. Ammo u o’g’lini nashriyotga joylashtirib orqasiga qaramasdan chiqib ketadi. Balki, Chxanson uchun nashriyot yaxshi boshpana bo’lar, balki, u shu yerda hunar o’rganib kelajakda o’z hayotini iziga solib olar. “R” ham balki shuni o’ylab shu qarorga kelgandir.
30-yillar koreys adabiyotshunoslarining aksariyati reallikdan yuz o‘girishdi. O‘z ijodini 20-yillarda boshlagan naturalist yozuvchilar ham asarlarida o‘rta asr yoki XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi voqealarni yoritib berishgan. Yosh yozuvchilar esa shaxsiy muammolari doirasidan chiqmay ruhiy tahlilga asosiy e’tiborini qaratishgan. 30-yillar koreys adabiyotining reallikdan qanchalik uzoqlashgani Li San asarlarida aks ettirilib, ruhiy tahlil tajriba bilan uyg‘unlashgani ko‘rinib turadi. Li San dastlabki asarlarini 1930-yil boshida nashr ettirib, 1934-yili “To‘qqizlar ittifoqi” a’zosiga aylandi. Koreys tanqidchilarining fikricha, uning milliy ang’analardan uzoqlashgan ijodi Koreyada modernizmning shakllanishida alohida o‘rin tutadi. Yozuvchi koreys adabiyotiga xos bo‘lmagan mavzular, shu jumladan insonlar o‘rtasidagi munosabatning noaniqligi, shaxsning ma’naviy yolg‘izligi, ruhiy tahlika kabilarni yoritgan. Yozuvchining nafaqat g‘oyaviy yo‘nalishi, balki asarlarining tili ham alohida ahamiyatga ega. O‘zining eng yaxshi hikoyalaridan biri “Qanotlar”da voqealar asosiy qahramonlar nutqi tomonidan o‘quvchilarga yetkaziladi. Personaj nutqida qahramon besamar o‘tgan umriga achinadi, xotini bilan risoladagidek yashamaganligini anglaydi. Mazkur asar psixologizm asosida yozilgan asar bo‘lib, qaxramon faqat o‘zining o‘y-xayollari bilan yashaydi.

Download 49.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling