I bob. 30-40-yillardagi zamonaviy koreys she’riyati 6
Download 49.45 Kb.
|
I bob. 30-40-yillardagi zamonaviy koreys she’riyati 6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining predmeti
Kurs ishining maqsadi. 30-40-yillardagi zamonaviy koreys adabiyotida yuz bergan o’zgarishlarni aniqlash, yaratilgan asarlarning mazmun-mohiyati bilan tanishib chiqish.
Kurs ishining vazifasi. Ushbu kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat: 30-40-yillardagi zamonaviy koreys adabiyoti haqida tushunchaga ega bo’lish. 30-40-yillardagi zamonaviy koreys adabiyotida ijod qilgan shoir va yozuvchilarning ishlarini o’rganish. Zamonaviy koreys adabiyotida yaratilgan asarlarni to’g’ridan to’g’ri o’zbek tiliga tarjima qilish. Zamonaviy koreys adabiyotida yaratilgan asarlarni tahlil qilish. Kurs ishining predmeti. 30-40-yillardagi zamonaviy koreys nasri (prozasi) va she’riyati (poeziyasi). Kurs ishining obyekti. 30-40-yillardagi zamonaviy koreys adabiyotida yaratilgan asarlar, ularning tarjimasi va tahlili. I BOB. 30-40-YILLARDAGI ZAMONAVIY KOREYS POEZIYASI (SHE’RIYATI) HAQIDA 30-yillar zamonaviy koreys she’riyati va unda ijod qilgan shoirlar Zamonaviy koreys adabiyotining rivojlanish bosqichida XX asrning 10-yillaridan boshlab bir qator shoir va yozuvchilar o’zlarining yangi janr va yo’nalishlarda yozilgan asarlari bilan adabiyot maydoniga kirib keldilar. Zamonaviy koreys she’riyatining asoschisi Chxve Namson bo’lib uning “Dengizdan bolalarga” (“해에게서 소년에게”) she’ri koreys adabiyotida “erkin she’r” janrini boshlab berdi. Keyinchalik yana boshqa adabiy oqim va yo’nalishlar yuzaga keldi va bu jarayonda ham o’z davrining mashhur shoir va yozuvchilari yetishib chiqib o’zlarining asarlarini xalq ommasiga havola etganlar. 30 yillarga kelib koreys adabiyoti rivojlanib, g‘arb adabiyotiga tenglashib oldi. Koreyada modernizm she’riyati va nasri paydo bo‘ldi. Ammo koreys adabiyotiga “modernistik” (zamonaviy) atamasini berishdan oldin mustamlaka davrida badiiy tafakkurning sharqiy obrazini g‘arbiy obrazga qarama-qarshi qo‘yish adabiy taraqqiyotda alohida o‘rin egallaganini eslatish lozim. KAAP (Koreya proletar yozuvchilar assotsiatsiyasi, 1925-yilda Koreyada kommunistik partiya tuzilganda paydo bo’lgan. Uning asosiy vakillari “Yangi yo’nalish maktabi” nomli maktabning yetakchilari bo’lgan Pak Yonxi, Kim Kidjin, Li Ikson, Kim Bokchin va boshqalar edi.) vakillari faoliyatiga ko‘ra 30-yillarda Koreys yarimorolida g‘arbiylik obrazi ustun edi. Lekin proletar yozuvchi va shoirlar asarlarining g‘oyaviy mazmuniga katta ahamiyat berib, bu vaziyat Xitoy bilan urush arafasida bo‘lgan Koreyaga bosim o‘tkazayotgan yaponlarga yoqmadi. Koreys adabiyotidagi cheklovlar natijasida “san’at uchun san’at” g‘oyasi inqirozga yuz tutdi. “San’at uchun san’at” g‘oyasi tarafdorlari tomonidan 1930-yili “She’riyat” (“Shimunhak”) nomli adabiy jurnalga asos solindi. Jurnalda lirik she’rlarini nashr ettiruvchi shoirlar “Sof she’riyat tarafdorlari guruhi” (“Sunsushipha”)ni tashkil etishdi. Yevropa va amerikalik modernistlar she’riyatiga qiziqqan guruh a’zolari tilni she’riy ifodalash vositasi deb hisoblashdi. Chon Jiyon (1903-?) va Kim Yonnan (1903-1950) kabi shoirlar 20-yillar sentimental (hissiy) she’riyatiga berilishmadi, asarlarini his-hayajon va kechinmalar bilan to‘ldirishmadi. Quyida Chon Jiyonning “Dengiz” she’rini ko’ramiz: Dengiz parchlanar Bo’laklarga, Sirpanchiqdir Kaltakesak to’dasi kabi, Hech birini Tutib bo’lmas dumidan. Oq tirnoqdan tirnalgan marjonlardan ham Qizg’ish va qayg’uli. O’z kuchi bilan Tekislar, suvga qaytar. Yuvilgan qo’llarin tortar Dengiz chetidan. Chayqalib to’kiladi, Sayr qiladi, Haydaydi, to’ldiradi! Yer shari, nilufar gul singari, yopiladi… Berkinadi… Bu she’rni tahlil qiladigan bo’lsak, bunda Chon Jiyonning o’ziga xos ijodini ko’rishimiz mumkin. U mazkur she’rida “dengiz parchalanar bo’laklarga” degan bandida dengizning qirg’oqqa kelib urilganda o’nlab bo’laklarga bo’linib ketishini tushunish mumkin. “kaltakesaklar to’dasi kabi sirpanchiq” degan bandida shuni ko’rish mumkinki, haqiqatdan ham, suv silliq, uni tutib bo’lmaydi. Xuddi kaltakesakni ham tutmoqchi bo’lganda uning silliqligi qochib qolishiga yordam beradigandek, dengiz suvini ham shunday qiyoslamoqda. She’rda dengiz qirg’oqqa kelib urilib yana qaytib ketish holati xuddi uning qirg’oqni panjasi bilan tirnab ketishiga o’xshaydi. Buning natijasida esa uning ko’rinishi marjon qoyalaridan ham g’amgin va ma’yus ko’rinadi. Bu she’rda dengiz timsolida davlatning o’ziga xos siyosati gavdalangan. Xalq katta kuch, u birlashsa uni to’xtatib bo’lmaydi. Davlat yuritayotgan siyosatdan charchagan xalqning qalbi azob-uqubatlardan, charchagan, qiynalmoqda. Shuning uchun ham bu she’rda Chon Jiyon dengizning nilufar guli kabi yopilib berkinib olish tasvirini xalqga qiyoslagan bo’lsa ajab emas. 1935-yili KAAP yaponlar tomonidan vayron qilingach, koreys she’riyatida modernistik an’analar yetakchi o‘rinni egalladi. G‘arbiy san’at yo‘nalishi sifatida modernizm XX asr boshida paydo bo‘lgan barcha avangard oqimlarni: simvolizm, futurizm, ekpressionalizm, syurrealizm va boshqalarni o‘z ichiga olgan. Zamonaviy psixologik nazariyalarga asoslangan modernizm uchun romantik va realistik adabiy an’analarni rad etish, yozuvchi va o‘quvchi orasidagi bog‘liqlikning buzilishi xususiyati xos edi. Mualliflar goh bir vaqtda sodir bo‘layotgan voqealarni, goh aynan bir voqeaga turli tomonlardan qarash imkonini berib, o‘quvchilar asarni o‘zlari qismlardan yig‘ishlariga to‘g‘ri keldi. Modernistlar syujetlar o‘rniga boshqa asarlardan olingan qismlar, shu jumladan xorijiy tillardagi ibora, iqtiboslar va allyuziya (xayolot)lardan iborat obrazlar turkumini taqdim etishardi. Allyuziya sifatida boshqa asar tizimi yoki taqlidi bo‘lishi mumkin edi. Umumiy g‘oyaviy asos mavjudligiga qaramay, turli modernistik oqimlar orasida aniq chegaralar mavjud edi. Xususan, Koreyada modernizm rivojiga imajizm va syurrealizm katta ta’sir ko‘rsatdi. Imajistlar qisqacha lirik she’rlarni afzal ko‘rib, yagona yorqin kayfiyatli obrazlar yaratar edilar. Yevropa va Amerikada ushbu oqim aynan Sharq she’riyati, xususan, yapon she’riyati- “xayku” ta’sirida shakllandi. Koreyada aynan shu tamoyilda uch qatorli “sidjo”lar yozilgandi. “Sidjo”da ramziy obrazlar turkumi an’analar bilan cheklangan edi. Imajizm ta’sirida koreys modernistik she’riyati aqliy rivojlanish tomonga og‘di, unga murakkab turli xil ko‘rish va eshitish obrazlari xos bo‘lib, oqimning yorqin vakili Kim Kirim edi. Quyida Kim Kirim qalamiga mansub bo’lgan “Dengiz va kapalak” she’rini ko’rib chiqamiz. Oq kapalak qo’rqmas dengizdan, Bilmas, uning tubsizligini. Dengiz sathin ekin maydoni bilib, Kelar sekin pasayib. Nozik qanotchalarin tekkizib to’lqinga. Malikalardek ohista kelar sohilga. Mart oyida dengiz gullamas Ma’yus kapalak nozik belin yosh oyda muzlatdi. Kim Kirimning yuqoridagi she’rini tahlil qiladigan bo’lsak, unda yangi o’xshatishlar, timsollarni ko’rishimiz mumkin. “Dengiz va kapalak” she’rida kapalak o’zining bir kunlik hayoti davomida dunyo go’zalligidan bahra olmoqchi bo’lib ulkan dengizni yirik ekin maydoni kabi tasavvur qilib u yerga qo’nmoqchi bo’ladi. Ammo qanotini to’lqinda ho’llab olib uchishi qiyinlashganda keyin sohilga talpinadi. Mazkur she’rda dengiz, ekin maydoni kabi tushunchalarda butun dunyo tasvirlangan bo’lsa, kapalak timsolida xalqning hayoti gavdalantirilgan. Kapalak kabi koreys xalqi ham yapon bosqinidan keyin o’zining erkinligini yo’qotib dunyodan uzilib qoldi. Ma’lum muddat yopiq mamlakatga aylantirildi. Shu sababdan ham koreys xalqi xuddi kapalak singari tashqi o’zgarishlardan bexabar bo’lib qoldi. Real va noreal holatlar orasidagi farqni yo‘qotish maqsadida syurrealistlar tushlar manbai va energiyasi, gallyusinatsiya va hirsiy xohishlarni o‘rganishdi. Ular Freydning ongsizlik nazariyasiga asoslanib avtomatik tarzda yozish va obrazlarning erkin ko‘rinishi bilan tajriba o‘tkazishdi. Koreyada ham Yevropadagi kabi syurrealistik rassomchilik she’riyatdan ko‘ra mashhurroq bo‘lga bo‘lsada, syurrealistik an’analar ko‘proq Li San ijodida ko‘rinadi. Masalan, Li Sanning “Gullayotgan daraxt”, “Ko‘zgu”, “Qush parvozi” kabi she’rlari misolida yuqoridagi an’analarni ko’rishimiz mumkin. 30-yillarning ikkinchi yarmida modernistik she’riyat ana’naviylik bilan raqobatlasha boshladi. Adiblar So Jonju va O Janxvanlarning harakati natijasida “Hayot guruhi” shakllanib “Shoirlar qishlog‘i” guruhi bilan hamkorlikda faoliyat olib bordi. Ona tili imkoniyatlari bilan qiziqqan modernistlardan farqli ravishda “Hayot guruhi” shoirlari insoniyatni o‘rganishga urinib, hayotni tana va ruh o‘rtasidagi o‘zaro kurash va ta’sir deb hisoblashgan. Hanuzgacha Koreyada mashhur shoir hisoblangan So Jonju “Shoirlar qishlog‘i” jurnalida uchta she’rini, jumladan, “Qoq tush”ni chop ettirdi. Mustamlaka davrida milliy madaniyatni saqlab qolishda Pek Sok va Li Yonak o‘z hissalarini qo‘shishdi. Ular o‘z xotiralari va tajribalariga tayanib an’naviy qadriyatlar, avvalo, oilaviy an’analarni saqlab qolgan kichik qishloqlardagi insonlar hayoti haqida yozishgan. Har ikki shoir ijodida klassik xitoy she’riyatini eslatuvchi lirika farqlanadi, unda inson tabiiy hissiyotlarini ifodalovchi sifatida aks etadi. Ularning she’riyatida dialektizmlar, ba’zida xalq qo‘shiqlariga xos takrorlanishlar uchraydi. Download 49.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling