I bob. 30-40-yillardagi zamonaviy koreys she’riyati 6
-yillar zamonaviy koreys she’riyati va unda ijod qilgan shoirlar
Download 49.45 Kb.
|
I bob. 30-40-yillardagi zamonaviy koreys she’riyati 6
40-yillar zamonaviy koreys she’riyati va unda ijod qilgan shoirlar
40-yillarning ikkinchi yarmida Koreya tarixiy voqealarga boy bo‘ldi. 1945-yil 15-avgustda Koreya Yaponiya mustamlakasidan ozod bo‘ldi, lekin mustaqillikka erishilganiga qaramasdan koreys xalqi bo’linib ketish xavfi ostida turar edi. AQSH va sobiq SSR davlatlari egallagan hududlarini alohida davlatga aylantirishga urinishardi, amalda esa ikkiga bo‘lingan davlat o‘z rivojlanish yo‘lini tanlash huquqiga ega emas edi. 1948-yili koreys yarim oroli ikkiga bo‘linib, janubga Amerikada tayyorgarlik ko‘rgan Li Sin Man, shimolga sovet hukumati boshchilik qildi. Yaponiya mustamlakasi davrida Koreya uchun mustaqillikka erishish dolzarb bo‘lsa, bu davrga kelib millatning bo‘linishi xavfi paydo bo‘ldi. Mustaqillikka erishilgach ziyolilarning asosiy maqsadi milliy koreys adabiyotini uyg‘otish edi, lekin siyosiy ahvol tasirida o‘sha davr adabiy jamoalarida siyosiy parokandalik mavjud edi. O‘ng va so‘l kuchlarning ziddiyati Koreyada adabiy jarayonlar rivojiga to‘sqinlik qildi. Erkinlikdan so‘ng yozuvchilarning ikkita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Birinchi yig‘ilish 1945-yil 19-avgustda, ikkinchisi o‘sha yilning dekabrida o‘tkazilib, muhokama jarayonida g‘oyaviy jihatdan adiblarning ikki guruhga bo‘lingani ma’lum bo‘ldi. O‘ng va so‘l adabiy tashkilotlar o‘rtasida vaqt o‘tib dushmanlik alomatlari paydo bo‘la boshladi. Yozuvchilar o‘rtasidagi g‘oyaviy ziddiyat “Yosh adiblar uyushmasi” va “Koreys adiblari guruhi” adabiy uyushmalari faoliyatida o‘z aksini topdi. “Yosh adiblar uyushmasi” a’zolari, jumladan Kim Donni milliy adabiyot “sof” adabiyot bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. “Koreys adiblari guruhi” vakillari esa milliy adabiyot tiklanishi g‘oyasini proletar ko‘rinishda tiklash tarafdori edilar. Shoir Im Xva so‘llar g‘oyasini “Adabiy harakat g‘oyaviy birligi va milliy adabiyot konsepsiyasi” nomli maqolasida ochib berdi. Uning fikricha, zamonaviy milliy adabiyot sinfiy g‘oyaga asoslanishi lozim bo‘lib, ishchi sinf mafkurasi – xalq mafkurasi, xalq mafkurasi esa millat mafkurasiga aylanishi lozimligin ta’kidlagan. Unga javoban Kim Donni o‘zining “Sof adabiyotning milliy adabiyotdagi ahamiyati” maqolasida shaxsan adabiy jarayonning bir qismi bo‘lgan milliy adabiyot g‘arbning insonparvarlik an’analariga asoslanishi kerakligini ta’kidlagan. 1945-yil avgust oyidan 1948-yil avgustigacha g‘oyaviy muammo va tanlov zaruriyatiga bag‘ishlangan ko‘plab asarlar yaratildi. Kim Donni ham shu mavzuda “Pochta oti” (masal janrida yozilgan) nomli asarini yozdi. Mustamlakachilikdan aziyat chekkan xalq uchun shimol yoki janubni tanlash imkoniyati shunchalik ma’qul bo‘ldiki, o‘ng va so‘l yozuvchilari bu mavzuga yana va yana murojaat qilishdi. O‘sha yillari ko‘plab adabiyotshunoslar o‘zlarining g‘oyaviy e’tiqodlariga ko‘ra shimol yoki janubga ko‘chib o‘tishdi. Koreys yarimorolida ikki davlatning vujudga kelishi asnosida o‘ng oqim tarafdorlari janubga, so‘l oqimdagilar esa shimolga intilishdi. G‘oyaviy tamoyilga asosan millat bo‘linishi yagona milliy adabiyotning parchalanishiga (“pundan munxak”-bo‘lingan millat adabiyoti) olib keldi. Shimolda sobiq ittifoq tomonidan olib borilgan g‘oyaviy siyosat ta’sirida yozuvchilarning aksariyati sotsialistik realizm uslubini tanlashdi. KXDR tashkil topishi bilanoq “Koreys proletar yozuvchilar uyushmasi” tuzildi, 1946-yil martda esa “Adabiyot va san’at xodimlari uyushmasi” tashkiloti tashkil etildi. Mamlakatda hukmron bo‘lgan ko‘tarinki kayfiyatdan ilhomlangan adiblar yangi, sotsialistik davlat qurishda faol ishtirok etishdi. KXDR tuzilishining ilk yillarida yozilgan ikkinchi jahon urushida qahramonlik ko‘rsatgan sovet askarlariga bag‘ishlangan ko‘plab asarlar ommaning partiya g‘oyasini amalga oshirishda eng muhim vositalardan biri edi. Asarlarda “yangi hayot”, “yangi vaqt” so‘zlari tez-tez uchrab turardi, bu esa og‘riqli o‘tmishdan voz kechish va sotsialistik mafkura ruhidagi yorqin kelajakka ishonchni anglatardi.1 Sotsializm mafkura tarafdorlari bo‘lgan shimoliy koreyalik yozuvchilar ham butun xalq kabi ana’anaviy fikrlash da’vati tizimi ta’sirida edilar. Janubiy Koreyada esa adabiyotga g‘arbiy adabiy yutuqlarni olib kirish jarayoni davom etardi. Ozodlikdan so‘ng an’anaviy adabiyotga qarshi shoirlar ko‘payib, konservativ uslubni tanqid qilishgan modernistlar 1949-yili “Yangi shahar” nomli she’riy to‘plamni chop etishdi. To‘plam mualliflari qatorida Pak Inxvan va Kim Suyon kabi mashhur shoirlar bor edi. Ammo shunga qaramasdan, an’anaviy adabiyot muxlislari ham mavjud bo‘lib, ulardan eng mashhuri “Yashil bug‘u” tashkiloti edi. Tashkilot a’zolari qatoriga Cho Jixun, Pak Mogvol va Pak Tudjinlar kirgandi. 1946-yili guruh nomi bilan atalgan to‘plam chop etildi. Quyida Pak Tujinning “Quyosh” nomli she’riga nazar tashlaymiz: Uyg’on, quyosh! Uyg’on! Ko’rsat ochiq yuzingni! Ko’taril tog’dan, ko’taril – yutgin zulmatni, ko’taril – tonggacha yutgin zulmatni, ko’rsat o’zingni yorqin-yosh ochiq yuzingni. Yoqtirmayman oydin kechani, yoqtirmayman, yoqtirmayman oydin kechani ko’z yoshli vodiylarda, yoqtirmayman oydin kechani huvillagan hovlida… Quyosh, yorqin quyosh! Sevaman yashil tog’larni. Sevaman yashil tog’larni, momiq patlarni. Yashil tog’larda qo’rqinchli emas yolg’iz qolish. Yuguraman bug’u ortidan, yuguraman, yuguraman bug’u ortidan tongni qarshi olish uchun, - yetib olsam agar bug’uga, o’ynayman u bilan, yuguraman yo’lbars ortidan, yuguraman, - agar yetib olsam, o’ynayman yo’lbars bilan… Quyosh, yorqin quyosh! Uyg’on! Kutyapmiz seni, e-ge-gey! – chorlayman gullar, qushlar, hayvonlarni, chorlayman hammani yangi kundan rohatlanishga. Pak Tujinning “Quyosh” nomli she’rida xalqning qiyinchiliklariga, azob-uqubatlariga faqat quyosh chek qo’yishi mumkinligini nazarda tutgan bo’lishi mumkin. Chunki quyosh ko’tarilganda barcha yovuzliklar yashirinadi, zulmat chekinadi, kishini qalbiga yorug’lik kiradi. Koreys xalqi yapon bosqinidan keyin ancha tang ahvolga tushib qoldi. Ularning hayoti shu qadar qiyinlashdiki, shoir ularning hayotlarini zim-ziyo zulmatga qiyoslaydi. Xalq zulmatda yolg’iz qolishdan qo’rqadi. Ular yashil vodiylarni qayta ko’rishni, zulmat qa’ridan chiqib ketishni umid qiladilar. Shuning uchun ham shoir quyoshga chaqiriq bilan uning tezroq ko’tarilishini va xalq qalbini ravshanlashtirishini aytadi. Bunda quyosh misolida aslida xalqqa qilingan murojaat yotibdi. Xalqni yorqin kelajakka erishish uchun zulmatni yengishga, birlashib, bosqinchilarga qarshi kurashishga da’vat etish g’oyasi ham shakllangan. Download 49.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling