Allohning bergan ne’matlarini unutma!
Download 12.12 Kb.
|
Zulfizar Hasanova
- Bu sahifa navigatsiya:
- G’am tashvishlarni unut, harakatga tush!
- Tuproqqa qarama, bulutdan ibrat ol!
- Duo ibodatlarning mag’izidir!
- Go’zallikni ko’ra olish ham bir baxtdir!
Allohning bergan ne’matlarini unutma!Sen ne’matlar quchog’ida tongni qarshi olar ekansan, minglab ayollar ne-ne musibatlar bilan uyg’onganini unutma. Sen to’q bo’lsang-da, ammo minglab ayollar och ekani, sen hur va ozod bo’lsangda qancha ayollar asir ekanini unutma.O’zing yolg’iz qolganingda yoningda qancha noz-ne’mat, quvontiruvchi va baxtli qiluvchi narsalar, go’zallik , bola-chaqa, uy-joy, nur, havo, suv, oziq-ovqat va davo borligi haqida o’ylab ko’rgin. Bularning barchasiga shukr qilib, quvongin va ahvolingdan nolima!G’am tashvishlarni unut, harakatga tush!Biror muammoning yechimi uchun qo’lingdan kelgan barcha narsani qilgach, boshqa biror sevimli mashg’ulot, deylik o’qish yoki ishlash bilan mashg’ul bo’lgin-da, u muammoni endi unutgin. Chunki bu andisha va xovotirning o’rnini bosadi. Alloh taolo bir kishining vujudida ikkita qalb yaratmagan. Faraz qilaylik: bir bolakay betob bo’lib qoldi. Bunday paytda onasi yoki otasi kerakli muolajalarani qildirib, so’ng vaqtini uni mashg’ul qiladigan va fayda beradigan ishlarga sarf qiladi. Inson musibatga duch kelganida uning yaxshi tomonini topishga harakat qilishi lozim. Ularning yomon jihatidan kuchliroq va ko’piroq ekanligi esa aniq. Ibnul Jabziy bu xususida shunday deydi: “Boshiga musibat tushgan kishi undan kattaroq musibat haqida o’ylasin, shunda bu musibat hech nima bo’lmay qoladi. Uning savobini tasavvur qilsin, bundan ham kattaroq musibat tushishi mumkinligini o’ylasin, shunda bu musibat foyda keltirishini ko’radi. Uning sur’at ila yo’qolganini ko’rsin. Agar og’ir mushkullar bo’lmaganda edi, huzur-halovatli soatlar kutilmagan bo’lar edi”.Tuproqqa qarama, bulutdan ibrat ol!Agar ostidan olov yoqilmaganda edi, xushbo’y taratuvchi cho’pning muattar hidi bilinmasdi. Har doim yuksak maqsadlar sari intilib yasha. Sening ulg’ayishingni istayman va kutaman. Ezgu maqsading sari harakat qil, intil, adashishdan, qoqilishdan va tubanlashishdan saqlan. Shuni bilki, hayot daqiqalardan va soniyalardan iboratdir. Chumoli kabi mehnatkash, g’ayratli va sabrli bo’l. Tavba qil. Gunoh qilib qo’ygan paytingda yana tavba qil. Quronni yodla. Yodingdan chiqarib qo’ysang, ikkinchi marta, uchinchi marta… o’ninchi marotaba yodla. Muhimi, muovaffaqiyatsizlikdan cho’chima, ruhingni tushurma. Chunki tarix to’xtab qolmaydi, aql shami so’nmaydi. Umr bir bino kabidir. Uni ham ta’mirlash, qaytadan qurish, suvab, bo’yab yanada go’zallashtirish mumkin. Muvaffaqiyatsizlik xarobalardan yiroq bo’l. Kasallik, falokat, musibat va g’am-qayg’ularni hayolingdan chiqarib tashla. Zero Alloh taolo shunday marhamat qiladi: Ma’nolar tarjimasi: “Va agar mo’min bo’lsangiz, Allohga tavakkul qilingiz!” Ma’siyat va gunohlarni tark etish katta jasoratdir, ularda davom o’tish esa qaysarlik va zalolatdir.Duo ibodatlarning mag’izidir!Musibatlar seni qayg’uga solmasin. Ular kuchayganida, farog’ating kelishini kut. So’raganning qo’lini qaytarmasligi va duo qilganining duosini ijobat etishi Alloh taoloning ulug’vorligidandir. Inson unga ihtiyojmat ekani, huzurida qo’l ochishi va unga sig’inishi evaziga Alloh unga javoban duosini ijobat qiladi. Hatto Alloh taolo keng karami tufayli qiyinchilikka tushib, unga yolvorgan, huzurida duoga qo’l ochga, lutfiga ishongan va marhamatidan umidvor g’ayrimuslmonlarning tilagini ham ijobat etadi. Ularning duolarini ham dargohida qabul qiladi. Balki imon keltirar, deb karmi tufayli ularning musibatlarini bartaraf etadi.Go’zallikni ko’ra olish ham bir baxtdir!Qish uning eshigini yopganida va muzliklar to’rt tomoning o’rab olganida, bahor kelishini kut va toza havo kirishi uchun derazalaringni ochgin. Uzoqlarga nazar solsang, qo’shiq hirgoyi qilayotgan kishini ko’rasan. Sen uchun yangi hayot, yangi umr idrok va yangi qalb barpo etish uchun nurlarini daraxt ustiga tashlab ketgan quyoshni ko’rasan. Chiroyli daraxt topish uchun cho’llarni qidirma, cho’llarda yolg’izlikdan boshqa narsa topolmaysan. Soyasi bilan seni o’rab olgan, mevalari bilan seni hursand qilgan, xonishlari bilan seni mahliyo qilgan minglab daraxtlarga qara. Kechagi kuning va yo’qotgan narsalaring hisobini boshqatdan ko’rib chiqishga urunma. Umr yaproqlari to’kilgach, boshqa hech qachon ortga qaytmaydi. Bahor kelishi bilan yangi yaproqlar chiqa boshlaydi. Sen yerga tushgan yaproqlarni ko’yib tur, samoni qoplagan yaproqlarga qara. Tushgan yaproqlar endi zaminning bir bo’lagiga aylangan. Kechagi kun yo’qoladi, endi oldingda bugun bor. Bugun esa yaproqlarni yig’ib olganingda ertangi kuning bo’ladi. Kechagi kuning uchun qayg’urma. Chunki u aslo ortga qaytmaydi. Buning uchun ham qayg’urma, u ham ketadi. Seni xayrli bir tongda chiqadigan quyoshni o’yla. Allohga ishon hammasi yaxshi bo’ladi va hech qachon Allohdan umidingni uzma!Download 12.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling