Tashkiliy hujjatlar turlari Tashkiliy hujjatlar haqida tushuncha
Download 0.77 Mb.
|
I.Yu. tashkiliy hujjatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ularning zaruriy qismlari quyidagicha
- 6) tashkilot rahbarining imzosi;
Guvohnoma
Guvohnoma bajaradigan vazifasiga qarab1. Muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini ko‘rsatadi. Masalan, har bir kishi ishga yoki o'qishga qabul qilinganida unga guvohnoma beriladi. bu guvohnoma o‘z egasining aynan shu yerda ishlashi yoki o'qishini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi bilan birga, unga shu muassasaning turli bo‘linmalarida erkin kirib-chiqish huquqini beradi.2. Muayyan shaxsning biron ishga (masalan, taftish o'tkazishga) oid vakolatini ko'rsatadi. Bunday guvohnomalar, odatda rahbar tomonidan beriladi. Guvohnomalarning bu turi yonda olib yurishga moslashtirilib, qattiq muqovali daftarcha shaklida tayyorlanadi.Ularning zaruriy qismlari quyidagicha1) hujjat nomi («Guvohnoma»)- bu so'z muqova ustiga yoziladi;2) guvohnoma beruvchi tashkilot nomi;3) guvohnoma egasining ismi-sharifi (to’liq yoziladi);4) lavozimi;5) guvohnomaning amal qiiish muddati (odatda har bir yil muddat ko'rsatiladi, so‘ng uning cho‘zilgani haqida beigi(muhr) qo‘yiladi;6) tashkilot rahbarining imzosi;7) shaxsiy imzo;8) guvohnoma egasining surati;9) tashkilot muhri (uning bir qismi surat ustiga bosilishi kerak);3. Xizmat safari guvohnomasi xodimga safar vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beruvchi hujjat. Guvohnoma maxsus blankada rasmiylashtriladi va xodim qo‘liga topshiriladi. Uning zaruriy qismlari yuqorida keltiriIgan tarkibiy qismda bir oz farq qiladi.Xizmat safari guvohnomasi moliyaviy hujjat bo’lgani uchun u to'g'ri rasmiylashtirilishi kerak. Unda barcha imzo va muhrlaming bo'lishi alohida ahamiyatga ega. Bundan tashqari turli malaka oshirish muassasalarida ta'lim olgan shaxslarga tegishli guvohnoma hisoblanadi. Bunday guvohnomalarda amal qilish muddati ko'rsatilmaydi. Guvohnomada berilgan sana va mansabdor shaxslar imzosigina bo'ladi.Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling