Hujjat matnini tuzishda quyidagilarga amal qiling:
- hujjat jo‘natilayotgan (yozilayotgan) tashkilot nomini, mansabdor shaxs ismi, otasining ismi va familiyasini rasmiy nomlanishlariga to‘la muvofiq holda yozish;
- hujjat matniga aniq sarlavha qo‘yib, sarlavhani bosh harflar bilan yozish; masalan: Xizmat safari haqida;
- hujjat turiga muvofiq uning zaruriy qismlarini o‘rniga muvofiq joylashtirish, tartibi, harflar hajmini to‘g‘ri belgilash;
- gap qurilishida so‘zlar tartibiga qat’iy rioya qilish; matnda ko‘chma ma’noli so‘z va iboralarni, qochiriq yoki kinoyaga ishora qiluvchi birikmalarni, mavhum ma’noli so‘zlarni qo‘llamaslik;
- murakkab tuzilishdagi jumlalardan, ritorik va his-hayajon mazmunidagi gaplardan foydalanmaslik;
- norasmiy va asoslanmagan ma’lumot yoki dalillarni kiritmaslik;
- muayyan andozaga solingan, qoliplangan, soha termini sifatida qabul qilingan birikmalarni qo‘llash;
- qabul qilinmagan qisqartma va belgilarni qo‘llamaslik;
- so‘zlar va gaplarda imlo me’yorlariga amal qilish, tinish belgilarni o‘z o‘rniga to‘g‘ri qo‘yish, tuzatish yoki o‘chirishlarga yo‘l qo‘ymaslik;
- matnning yozilish sanasini, imzolovchi shaxs lavozimi va ismi-familiyasini aniq ko‘rsatish. Masalan: 2004-yilning 18-oktabri, «Hashar» shirkati raisi Said Olimov kabi.
Buyruq shakli
Vazirlik nomi
Muassasa nomi
SARLAVHASI
00.00.0 №________
joyi
BUYRUQ
Asoslovchi (kirish) qismi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
BUYURAMAN:
1. _______________________________________________________________
2. _______________________________________________________________
3. _______________________________________________________________
4. _______________________________________________________________
5. Buyruq ijrosini nazorat qilish ______________________________ zimmasiga
yuklatilsin. (lavozimi va familiyasi to‘liq yoziladi)
Rahbar: (imzo) I. O. Familiyasi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |