Tashkilot boshqaruv tizimini takommillashtirishning asosiy yo`llari
Download 5.07 Kb.
|
Tashkilot boshqaruv tizimini takommillashtirishning asosiy yo`llari prizentatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- E`tiboringiz uchun raxmat!!!
Tashkilot boshqaruv tizimini takommillashtirishning asosiy yo`llari@bekki_banker. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I. A. Karimov ta‘kidlaganidek ― "Bugungi kunning eng muhim vazifasi hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda, respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo‘g‘inlarini idora etishda, yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda ma‘suliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, iymoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir »1‖ degan so‘zlari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Korxonani to‘g‘ri boshqarishning eng muhum yo‘llaridan biri bu ma‘lum bir tarzda e‘tibor qaratilgan kadrlar siyosati tashkil etishidir. Korxonani kadrlar siyosatini shakllantirishda quyidagi jihatlar inobatga olingan: -Kadrlar siyosatining umumiy tamoyillarini ishlab chiqish, maqsadlar ustuvorligini aniqlash; -Tashkiliy-shtat siyosati-mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish, shtat va tuzilmalarni shakllantirish, tayinlash, zaxirani yaratish; -Informatsion siyosat - kadrlar informatsiyasi harakati tizimini yaratish va qo‘llab-quvvatlash; Moliyaviy siyosat-mablag‘larni taqsimlash tamoyillarini ifodalash, samarali mehnatni rag‘batlantirish tizimini ta‘minlash; -Personal rivojlanishi siyosati - rivojlanish dasturini ta‘minlash, xodimlarning kasbga yo‘nalganligi va moslashuvi, individual ko‘tarilishni rejalashtirish, kadrlarni shakllantirish, kasbiy tayyorgarlik va malakani oshirish; -Faoliyat natijalarini baholash-kadrlar siyosati va tashkilot strategiyasining mosligi tahlili, kadrlar ishidagi muammolarni aniqlash, kadrlar salohiyatini (baholash markazi va faoliyat samaradorligini baholashning boshqa usullari) baholash. Barchamizga ma‘lumki korxonani boshqarishda bir qancha samarali usullar mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiylaridan bir bu-rag‘batlantirish(motivatsiya)dir. Motivatsiya tushunchasi biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan motivlar, dalilar, isbotlar, bahonalar, vajlar yoki sabablar majmui ma‘nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan: Motivlashtirish-bu ruhiy omil bo‘lib, shaxs faolligining manbaasi, sababi, dalili va harxil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag‘batlantiruvchi kuchli vositadir.v Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish-bu kishilar faoliyatini ruhiy yo‘llar bilan maqsadga muvofiq yo‘naltirishdir. U mua‘yan ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo‘ladi. Inson tirik jon sifatida ovqat eyish, uxlash, dam olib o‘z kuchini tiklash, o‘zini issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy shaklda-kiyim-kechak, oziq-ovqat, turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi. Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga sotsial-ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo‘lish va sog‘lom hayot kechirib, uzoq umr ko‘rish kiradi. Aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo‘lmagan har xil xizmatlar ko‘rsatish orqali qondiriladi. Umuman: Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo‘zg‘atuvchi motivdir E`tiboringiz uchun raxmat!!!👋👋👋Download 5.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling