Tashkilotda ehtimoliy xavflarni boshqarish Reja
Risk boshqarish buyicha milliy meyoriy huquqiy xujjatlar
Download 0.9 Mb.
|
4-mustaqil (копия)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank risklarini boshqarishning samarali tarkibi quyidagi asosiy elementlarni o‘z ichiga oladi
Risk boshqarish buyicha milliy meyoriy huquqiy xujjatlar
Reja: 1.Riskning milliy tashkilotlardagi muhim rollari 2.Riskka oid normativ-huquqiy hujjatlar Xavflarni boshqarishning asosiy qoidalari: - siz o'z kapitalingiz imkoni boricha ko'proq tavakkal qila olmaysiz; - xavfning oqibatlari haqida o'ylash kerak; - siz ozingiz uchun ko'p tavakkal qila olmaysiz; - hech qanday shubha bo'lmaganda, ijobiy qaror qabul qilinadi; - agar shubhangiz bo'lsa, salbiy qarorlar qabul qilinadi; - har doim bitta yechim bor deb o'ylamaslik kerak. Balki boshqalar ham bordir. Yuqorida aytilganlarga asoslanib, shuni aytish mumkinki, zamonaviy biznes nuqtai nazaridan, xavf-bu potentsial manbalar yo'qolishi yoki daromad olmaslik ehtimoli. xavflarni boshqarish strategiyasini boshqarish Banklarda risklarni boshqarish tizimiga qo‘yiladigan minimal talablar tasdiqlanadi Banklarda risklarni boshqarish tizimiga qo‘yiladigan minimal talablar tasdiqlanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarida risklarni boshqarish tizimiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi. Qayd etilishicha, banklar risklarni bir tranzaksiya bir qator risklarga duch kelishi mumkin bo‘lganligi uchungina emas, balki bir turdagi risk boshqa turdagi risklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lganligi uchun ham bir biridan ajratmagan holda birgalikda ko‘rib chiqishi va baholashi kerak. Turli risklarning o‘zaro ta'siri riskning oshishiga (yoki pasayishiga) olib kelishi mumkinligi sababli, risklarni boshqarish jarayoni risklarning o‘zaro ta'sirini barcha faoliyat turlarida hisobga olishi kerak. Tijorat banklari risklarning har qanday turida konsentratsiya o‘sishining ahamiyatli yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlari qayd etilganda Markaziy bankka darhol xabar berishlari lozim. Bank risklarini boshqarishning samarali tarkibi quyidagi asosiy elementlarni o‘z ichiga oladi: bankning risklarni qabul qilish va boshqarishda ishtirok etadigan organ va shaxslarining, shu jumladan, kuzatuv kengashi, risklarni boshqarish qo‘mitasi, bank boshqaruvi va risklarni boshqarish tarkibining bank risklarini boshqarishdagi roli (funksiyalari), vakolatlari va majburiyatlarini (mas'uliyatlari) aniq belgilab beradigan risklarni boshqaruvchi tashkiliy tuzilmani; risklarni boshqarish madaniyati, axloq kodeksi hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishni; risk appetiti va uning natijasida paydo bo‘ladigan risk limitlarini; riskni boshqarish tizimini – risklarni aniqlash, o‘lchash, hisobotlarni tayyorlash, monitoring va nazorat qilishni o‘z ichiga oluvchi risklarni boshqarishning aniq ifodalangan me'yoriy hujjatlari, metodlari, instrumentlari va jarayonlari; yangi mahsulotlarni joriy qilish siyosatini; riskni informatsion boshqarish tizimini. Bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, operatsiyalarining xarakteri, murakkabligi va hajmini, risk profilini hisobga olgan holda, quyidagi prinsiplarga javob beruvchi risklarni boshqarishning samarali tizimini yaratishi kerak: samaradorlik - bankning barcha muhim faoliyat turlarining hamma tashkiliy darajalarida (masalan, tranzaksiyalar va bank portfeli darajasida) va uning barcha tarkibiy tuzilmalarida mavjud bo‘lgan yoki potensial muhim risklar miqdorini har tomonlama obektiv va ishonchli baholashni, shuningdek, risklarni boshqarishning choralarining to‘liqligini risklarning o‘zaro ta'siri va moliyaviy resurslar, xodimlar, risklarni boshqarishning informatsion tizimidan optimal foydalangan holda ta'minlash; fursatlilik - barcha risk turlarini aniqlash, o‘lchash, monitoring va nazorat qilish, hisobotini yuritish hamda yumshatishni o‘z vaqtida ta'minlash; uzluksizlik – bank uchrayotgan (uchrashi mumkin bo‘lgan) joriy, yangi va potensial risklarni doimiy va maxsus baholashni ushbu risklarni yumshatish, ular bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlar (zarar)ni kamaytirish maqsadida riskni boshqarishning fursatli va adekvat boshqaruv qarorlarni qabul qilishni ta'minlovchi tizimini yaratish; tarkiblash – riskni boshqarish bo‘yicha vazifalar, majburiyatlar, javobgarlik va vakolatlarning bankning barcha tarkibiy tuzilmalari va xodimlari o‘rtasida aniq taqsimlanishi. Shuning bilan, bir shaxs/ tuzilma bir vaqtning o‘zida ham bank operatsiyalarini ham nazorat funksiyalarini bajaradigan vaziyatdan qochish; mustaqillik – nazorat funksiyalarining, shuningdek, riskni boshqarish va qonunchilik muvofiqligini nazorat qilish (komplayens nazorat) tuzilmalari o‘z fuksiyalarini xolis bajarishiga tahdid soluvchi sharoitlardan erkinlik. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling