Tashkilotdagi o'zgarishlarni amalga oshirish strategiyasi, ularning turlari
Download 100 Kb.
|
1 2
Bog'liqTashkilotdagi o\'zgarishlarni amalga oshirish strategiyasi, ularn
1. Xavf-xatar. Har bir qabul qilingan qaror uchun xavf-xatar darajasi qanday?
2. Oldingi strategiyalar va uni qo`llashda qo`lga kiritilgan natijalar. Bu firmada yangi ilmiy ishlanmalar ishlab chiqishni rag’batlantiradi. 3. Vaqt omili. Ko`pgina yaxshi omillarning amalga oshmaganligining sababi, uni amalga oshirish uchun to`g’ri kelmagan vaqtni taklif etilishidir. Strategiyani ishlab chiqish uch yo`l bilan amalga oshiriladi: yuqoridan pastga; pastdan yuqoriga; maslaxatchi firmalar yordamida. Birinchi holda strategik reja, kompaniya rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi va boshqarishning barcha quyi bo`g’inlariga etkaziladi. “Pastdan yuqoriga” holatida har bir bo`lim (marketing xizmati, moliya bo`limi, ishlab chiqarish bo`linmalari, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlari bo`linmalari) o`z kasbi doirasida strategik rejani tuzish bo`yicha o`zining tavsiyalarini ishlab chiqadi. Keyin bu tavsiyalarni firma rahbariyati o`rganadi, umumlashtiradi va nihoyat oxirgi qarorni qabul qiladi hamda jamoa yig’ilishida tasdiqlaydi. Bu albatta tegishli muammo bo`yicha bo`linmalarda to`plangan tajribalardan foydalanish, strategiyani ishlab chiqishda barcha jamoa a`zolarining ishtirok etishini ta`minlash imkonini beradi. Firma strategiyani ishlab chiqishda, xizmat ko`rsatuvchi guruhlar yoki firmalar xizmatidan ham foydalanishi mumkin. Firmaning raqobatbardosh ilmiy-texnika siyosatining shakllanishidagi asosiy omil shundan iborat bo`lmog’i lozimki, rivojlanishga, yangi texnikani o`zlashtirishga mablag’ raqobatchilarga nisbatan oldinroq sarflanishi lozim. Bunga amal qilish, bozorda mustahkam o`rinni egallash va real samara olish kafolatini beradi. SHuning uchun ilmiy-texnika taraqqiyotini strategik rejalashtirish, tegishli texnika avlodini uning barcha hayotiy davri jarayonida rivojlanishini prognoz qilish va o`rganish lozim bo`ladi. SHuningdek, tavsiya qilinayotgan texnika avlodi qaysi davrda o`zining maksimum rivojiga erishishini va bu bosqichda kirib keladigan raqobatbardosh yangi texnikani, uni qachon o`zlashtirish maqsadga muvofiqligini va nihoyat qachon ishlab chiqarish, tushkunlikka uchrash davrini bilish kerak. Alohida olingan texnikaning to`la hayotiy davri (dastlabki ilmiy ishlab chiqarish printsipi harakatidan ishlab chiqarishdan chiqib ketish davrigacha) bozor iqtisodi sharoitida, odatda ko`pgina firmalarning har xil yo`nalishdagi harakati asosida shakllanadi. Download 100 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling