Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi Tashkilotning ichki va tashqi muhiti


Asosiy tashkiliy- huquqiy shakllar


Download 0.79 Mb.
bet19/44
Sana31.01.2024
Hajmi0.79 Mb.
#1832300
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Bog'liq
KURS ISHI

4.Asosiy tashkiliy- huquqiy shakllar

Hozirgi sharoitlarda tashkilot (xorij amaliyotida firma) bozordagi raqobot munosabatlarining asosiy harakat qiluvchi shaxsi bo'ladi.


Tijorat, ya'ni foyda olish uchun harakat qiluvchi tashkilotlar (korxonalar)ning tarixi tomirlari bilan an'anaviy jamiyatga borib taqaladi. Ularning u yoki bu shakllari amalda uzoq o'tmishning barcha buyuk siviliziatsiyalarida qayd etilganlar. Ko'proq savdogarchilik va (bir oz kamroq darajada) hunarmandchilik korxonalari keng tarqalganlar. Ulardan ba'zi birlari katta yutuqlarga erishganlar va nisbatan murakkab tashkiliy tuzilmaga ega bo'lganlar. Masalan, antik zamonning yirikroq ustaxonalari - ergasteriyalarda nazoratchilarning ko'p bosqichli ierarxiyasi nazorati ostida 300 gacha qullar ishlaganlar, mahsulot esa har xil shaharlardagi ba'zi bir xuddi shunday doimiy sotish tarmog'i orqali sotilgan.
Zamonaviy firmalarda kapitalistik davrgacha bo'lgan tijorat korxonalari, qoidaga ko'ra, quyidagalar bilan farqlanadilar:

  • majburiy mehnatdan foydalanish;

  • faoliyatning an'anaviy xarakteri (o'n yillar damomida o'zgarmaydigan texno logiya, bir xildagi mahsulot, bir marta va butunlay qabul qilingan tuzilma);

  • iqtisotdyotagi o'sha vaqtda ustivor bo'lgan xo'jalik yuritishning novator, o'zini o'zi ta'minlovchi (yoki notural) turiga nisbatan ikkinchi darajali roli.

Birinchi kapitalistik firmalar kichik, yakka shaxsli egalik yoki o'rtoqlik kabi tashkil qilinganlar (firmalarning keyingi turi sheriklik yoki paylardagi jamiyat deb ham ataladi). Egasi (yoki egalari) firma faoliyati uchun zarur bo'lgan barcha sarmoyani kiritgan va kompaniyani shaxsan boshqargan.
Egasi (yoki egalarning tor guruhi)ni firmaning muvaffiqiyatidan manfaatdor ligi va amalda rasmiyatchilik va byurokratizmni yo'qligida (barcha narsani xo'jayin ning o'zi hal qiladi) yakka shaxsli kompaniyalar va o'rtoqliklar kichik firmani tashki lotlarning ideal turi qilganlar. Hozirgi vaqtga qadar rivojlangan kapitalistik mamlakatlar firmalarining umumiy sonidan 4.3 qismiga yaqini xuddi shu asosda harakat qiladilar.
Jahon amaliyotida firmalarni quyidagi alomatlar bo'yicha tasniflash qabul qilingan:

  • xo'jalik fao liyatining turi va xarakt eri (sanoat, transport, sug'urta, savdo, injiniring,sayyohlik va boshqalar);

    • huquqiy holati (yakka shaxsli tashkilot va tadbirkorlar birlashmasi);

  • mulkchilikning xarakteri (xususiy, davlat, yarim davlat va kooperativ);

  • faoliyat sohasi;

  • o'lchami.

Firmalarni har xil alomatlar bilan tasniflash aniq firmani o'rganish natijasida tashkiliy-huquqiy shakli, uning iste'mol bozoridagi holati, firma ichidagi munosabatlar, faoliyatning xarakteri va ko'lamlari haqida to'liq tassavvur olish imkoniyatini beradi.
O'zbekiston Respublikasidagi tashkilotlarni barqaror va samarali faoliyat yuritishlari uchun hammadan avval ularni boshqarish tizimining huquqiy ta'minla nishi yaratilgan. Gap shundaki, har bir tashkilot yuqoriroq darajadagi tizim-mintaqa, soha, mamlakat, qo'shma tashkilot esa - jahon hamjamiyatning tuzilmasi bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi hozir bozor munosabatlarini shakllanishi bosqichi dadir. Ushbu jarayonni huquqiy ta'minla-shining ko'pgina yo'nalishilari hozir yangi langandirlar. Bu eng muhim yo'nalish -tashkilotlar faoliyatini huquqiy tartibga solishga ham tegishlidir. U hammadan avval O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining me' yorlariga muvofiq amalga oshiriladi, u korxonalar va tashkilotlar-yuridik shaxslarning qo'yidagi tashkiliy-huquqiy shakllarini belgilaydi :

  • xo'jalik o'rtoqliklari va jamiyatlari;

  • ishlab chiqarish kooperativlari;

  • davlat unitar korxonalari;

  • notijorat tashkilotlar.

O'z navbatida xo'jalik o'rtoqliklari va jamiyatlari quyidagi tashkiliy -huquqiy shakllarga ega bo'lishlari mumkin:

  • to'lik o'rtoqlik;

  • ishonchdagi o'rtoqlik;

  • ma' suliyati cheklangan jamiyat;

  • ko'shimcha javobgarlikka ega jamiyat;

  • ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati;

  • yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati;

  • sho'ba va bog'liq jamiyatlar.

Hammadan avval "yuridik shaxs" tushunchasini ko'rib chiqamiz.
Mulkchiligida, xo'jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida ajratilgan mulkiga ega va o'zining majburiyatlari bo'yicha shu mulk bilan javob beruvchi tashkilot yuridik shaxs deb ataladi. U o'z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquklarni xarid qilish va amalga oshirishi, majburiyatlarga ega bo'lishi, sudda da'vogar va javobgar bo'lishi mumkin. Yuridik shaxslar shaxsiy balansga yoki smetaga ega bo'lishlari kerak.
O'z faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni ko'zlovchi tashkilotlar (tijorat tashkilotlari ) yoki bunday maqsad sifatida foyda olishni ko'zlamaydigan va olingan foydani ishtirokchilari ichida taqsimlamaydigan tashkilotlar (notijorat tashkilotlar) yuridik shaxslar bo'lishlari mumkin.
Tijorat tashkilotlari bo'lgan yuridik shaxslar xo'jalik o'rtoqliklari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, davlat unitar korxonalari shaklida tashkil qilinishlari mumkin.
Notijorat tashkilotlari bo'lgan yuridik shaxslar iste'molchilar kooperativlar, muassasalar mulk egalari tomonidan moliyalashtirilgan ijtimoiy yoki diniy tashkilotlar (birlashmalar, hayriya jamg'armalari shaklida, hamda qonun tomonidan ko'zda tutilgan boshqa shakllarda tashkil qilinishlari mumkin. Notijorat tashkilotlari tadbirkorlik faoliyatini faqat o'zlari tashkil qilinishlari maqsadlariga erishishga xizmat qiluvchi va ushbu maqsadlarga mos keluvchi miqdorda amalga oshirishlari mumkin.
Yuridik shaxs adliya idoralarida yuridik shaxslarini ro'yxatga olish haqidagi qonunda ma'lum tartibda davlat ro'yxatidan o'tishlari kerak. U yo nizom, yoki ta'sis shartnomasi va nizom, yoki faqat ta'sis shartnomasi asosida harakat qiladi. Qonunda ko'zda tutilgan hollarda tijorat tashkiloti bo'lmagan yuridik shaxs ushbu turdagi tashkilotlar haqidagi umumiy qoidalarga asosan harakat qilish mumkin.
Yuridik shaxsning ta'sis shartnomasi uning ta'sischilar (ishtirokchilar) tomonidan tuziladi, nizom esa tasdiqlanadi. Ushbu kodeksga muvofiq bitta ta'sischi tomonidan tashkil qilingan yuridik shaxs ushbu ta'sischi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida harakat qiladi.
Yuridik shaxsning ta'sis hujjatlarida yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi, yuridik shaxs faoliyatini boshqarish tartibi belgilab beriladi, hamda tegishli turdagi yuridik shaxslar uchun qonun tomonidan ko'zda tutilgan boshqa ma'lumotlar bo'ladi. Notijorat tashkilotlari va unitar korxonalarning, qonunda ko'zda tutilgan hollarda boshqa tijorat korxonalarining ham ta'sis hujjatlarida yuridik shaxs faoliyatining predmeti va maqsadlari belgilab berishlari kerak. Tijorat tashkiloti faoliyatining predmeti va ma'lum maqsadlari qonun bo'yicha majburiy bo'lmagan hollarda ham ta'sis hujjatlarida ko'zda tutilgan bo'lishlari mumkin.
Ta'sis shartnomasida ta'sischilar yuridik shaxsni tashkil qilish majburiyatini o'zlariga oladilar, uni tashkil qilish bo'yicha qo'shma faoliyatining tartibi, unga o'z mulklarini topshirish va uni faoliyatida ishtirok etish shartlarini belgilaydilar. Shartnoma tomonidan foyda va zararlarni ishtirokchilar o'rtasida taqsimlanishi, yuridik shaxs faoliyatini boshqarish, ta'sischilar (ishtirokchilar)ni uning tarkibidan chiqishi shartlari va tartibi belgilanadi.
Tashkilotlar aniq tashkiliy-huquqiy sherikliklarining ba'zi bir xususiyatlari, ularni tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi quydagilardan iboratdir.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling