Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi


Download 232.29 Kb.
bet16/19
Sana18.06.2023
Hajmi232.29 Kb.
#1591052
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Tashkiliy tuzilmalarning zamonaviy turlari

Tadbirkorlik tashkiloti. U o'sishga qaratilgan va ko'proq nazorat qilinadigan resurslarga qaraganda, mavjud imkoniyatlarni mo'ljallaydi. Bu ko'pincha qisqa muddatli, epizodik va bosqichma bosqich asoslarda amalga oshiriladi. Resurslar ustidan nazorat odatda vositali xarakterga ega (ijara, qarz va h.k.). Tashkilotning faoliyati samaradorlik asosida baholanadi. Tadbirkorlik tuzilmalari an'anaviy tashkilotlardagi muvofiqlashtirishga emas, balki shaxsiy tashabbusiga asoslanadi. Bir joyga moslangan rivojlanish ko'p yo'nalishlar bo'yicha rivojlanish bilan almashtiriladi. Tadbirkorlikda shaxsiy omilkorlik tashkiliy omilkorlikdan muhim roqdir. Odamlar, guruhlar va ularning malakasi asosiy tashkiliy omillar bo'ladilar.
Tashkilotning boshqarish tuzilmasi darajalarning kam soni, egiluvchanligi va tarmoqli qurilishi bilan ta'riflanadi. U to'ntarilgan piramidadan iborat bo'lib, asosida korxo na rahbariyati turadi. Bunda rahbariyat nafaqat o'zining o'rnini, balki asosiy vazifalarini ham almashtiradi. Tashkilot rahbariyatining asosiy vazifasi an'anaviy nazoratning o'rniga biznes qiluvchi xodimlar harakatlarini har tomonlama ko'llab quvvatlashdan iborat bo'ladi. Tashkilotning pastdan keyingi darajasi o'z ichiga uchta asosiy bloklarni oladi. Ulardan asosiysi - bu tashkilotning resurslari (odamlar, pullar, vaqt, texnologiya, axborotlar, g'oyalar va h.k.), ularning vazifasi - biznes qiluvchi xodimlarni resurslar bilan ta'minlashdir. Ikkinchi blok - bu biznes uchun bozorlarni belgilovchi va ularni rivojlantirishni biznes bilan shug'ullanuvchilarga topshiruvchi bo'linmadir. Uchinchi bl ok maslahatchilardan, aniqrogi o'zlarining biznesni qilish tajribalari va fahm-farosatlari bilan yordam beruvchi biznes-murabbiylardan tashkil topadi. To'ntarilgan piramidaning cho'q qsida ma'lum bozorga varatilgan biznes bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik boshlan g'ich tashkilotlari joylashgan. Bu xodimlarning biznes turlari bo'yicha birlashtirilgan kichikroq guruhlaridir. Statusi bo'yicha ular foyda markazlari yoki hatto mustaqil firmalar yoki kompaniyalar bo'lishlari mumkin.
Tashkilotni bunday qurilishi uning "yuzini iste'molchi tomoniga qaratadi", unga yaqinlashtiradi, uning talablaridaga o'zgarishlarga epchillik bilan javob qaytarishga imkon beradi. Bunda huquqlar va majmuriyatlarni bevosita biznes bilan shug'ullanuvchilarga iloji boricha ko'proq topshirish bilan amalga oshiriladi. Odamlarda motivatsiya va ular ishlarining samaradorligi oshadi.

Download 232.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling