Mavzu 3 Marketing va menejment Maxamadaliyeva E`zoza Rustamxodjayevna Dars rejasi: Tashkilotlar tushunchasi va ularning tasnifi
Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga javob berishi kerak:
— hech bo‘lmaganda, o‘zini ushbu guruhning a’zosi deb hisoblaydigan ikkita shaxsning mavjud bo‘lishi;
— hech bo‘lmaganda, guruhning barcha a’zolari o‘zlari uchun umumiy deb qabul qilgan bir maqsadning mavjud bo‘lishi;
— maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a’zolarining mavjud bolishi.
Tashkilotning yashash davri Birinchi bosqich — tashkilotning tashkil etilishi, uni vujudga kelishi. Bunda asosiy vazifalar — bozorga chiqish, yanada rivojlanish uchun ko'proq foyda olishdir. - Birinchi bosqich — tashkilotning tashkil etilishi, uni vujudga kelishi. Bunda asosiy vazifalar — bozorga chiqish, yanada rivojlanish uchun ko'proq foyda olishdir.
- Ikkinchi bosqich — tashkilotning o‘sishi. Bu bosqichning asosiy maqsadi — qisqa muddatli foyda va jadal o‘sish.
- Uchinchi bosqich — tashkilotning balog‘ati. Bunda asosiy maqsad barcha yo‘nalishlar bo‘yicha samaradorlikning oshishidan iborat bo‘ladi. Eng muhim vazifa — korxonaning obro‘sini oshirish.
- To‘rtinchi bosqich — tanazzul, tashkilotning eskirishi. Raqobat va bozorning qisqarishi natijasida tashkilot o‘z mahsulotiga talabning kamayishiga duch keladi
Shakllantirish alomatlari - rasmiy tashkilotlar, ular aniq qo‘yilgan maqsad, shakllantirilgan qoidalar, tuzilma va aloqaga egalar; bu guruhga Biznesning barcha tashkilotlari, davlat va xalqaro institut va idoralar kiradi. Ushbu o‘rganishning predmeti asosan rasmiy xo‘jalik tashkilotlari yuridik shaxslardan iboratdir;
- norasmiy tashkilotlar, ular aniq ma’lum maqsadlar, qoidalar va tuzilmalarsiz faoliyat yuritadilar; ularga oila, do‘stlik, odamlar o‘rtasidagi norasmiy munosabatlarning barcha institutlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |