Tashkilotlarining faoliyati boshqa xo’jalik yurituvchi


Yevropa ittifoqida sug’urta turlarini turkumlash


Download 41.07 Kb.
bet3/3
Sana20.12.2022
Hajmi41.07 Kb.
#1035428
1   2   3
Bog'liq
sug\'urta

Yevropa ittifoqida sug’urta turlarini turkumlash
Uzoq muddatli sug’urta Umumiy sug’urta
I Hayot va annuitetlar sug’urtasi

Baxtsiz hodisalardan sug’urta


II Bolalarni tug’ilish va nikohini sug’urtasi


II Kasallik hodisasini sug’urtasi
III
Bog’langan uzoq muddatli sug’urta III
Avtomobillarni sug’urtalash
IV
Sog’likni uzluksiz sug’urtalash
IV
Temir yo’l sostavini sug’urtasi
V
Tontinlar
V
Havo kemalarini sug’urtasi
VI
Kapitallarni qoplashni sug’urtalash
VI
Dengiz kemalarini sug’urtasi
VII Nafaqalarni sug’urtasi
VII
Yo’ldagi yuklarni sug’urtasi

VIII Yong’indan


va
stixiyali
hodisalardan sug’urta

IX
Mulkni


zarar
etkazishdan
sug’urtasi

X Avtotransport


vositalari
egalarining
uchinchi
shaxsga
zarar
keltirish
mas’uliyatini
sug’urtasi

XI
Havo kemalari egalarining 3-chi


shaxsga
zarar
etkazish
mas’uliyatini sug’urtasi

XII
Kema


egalarini
fuqarolik
javobgarligini sug’urtasi

XIII Umumiy javobgarlikni sug’urtasi


Komissiya faqat to’g’ridan-to’g’ri sug’urta operatsiyalarini amalga
oshiruvchi kompaniyalar faoliyatini nazorat qiladi. Frantsiyada chet el

1
Yevropa Ittifoqi davlatlari ma’lumotlari asosida tayyorlangan.


28
investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan kompaniyalar uchun Buyuk Britaniyaga nisbatan ham imtiyozli shart-sharoitlar yaratilgan. Komissiyada 100 dan ortiq xodim ishlaydi. Ushbu komissiya hududiy bo’linmalarga ega emas. Chunki, aytarli barcha sug’urta kompaniyalari Parijda faoliyat ko’rsatishadi. Sifat jihatidan sug’urtani nazorat qiluvchi Komissiya xodimlari tarkibini ikki toifaga ajratish mumkin.


Birinchi toifaga: umumiy funktsiyani bajaradigan va ish haqi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi xodimlarining ish haqi darajasida bo’lgan xodimlar kiradi. Ikkinchi toifa - “komissar-nazoratchilar” deb ataladi va ularning ish haqi birinchi toifa xodimlariga nisbatan ancha yuqori hamda ularga o’z vazifalarini bajarishlari uchun katta vakolatlar berilgan. “Komissar-nazoratchilar” Frantsiyada 1888 yildan faoliyat ko’rsatishadi. Bu lavozimga nomzodlarni tanlab olish juda qat’iy. “Komissar-nazoratchilar”ning aksariyati Frantsiyadagi eng yirik texnik O’quv muassasasini tugatgan bo’lib, ular matematikani chuqur bilishadi. Har yili Komissiya bu lavozimga 1 tadan 4 tagacha mutaxassisni qabul qilishadi. Komissiya tarkibidagi “komissar-nazoratchilar”ning soni 46 kishi. “Komissar-nazoratchilar” 7 ta brigadaga bo’lingan bo’lib, ularning har biri 80- 100 ta sug’urta kompaniyalari faoliyatini nazorat qilishadi. Lekin, shunday bo’lishiga qaramasdan Komissiyada kadrlar qo’nimsizligi yuqori. Aksariyat xodimlar sug’urta kompaniyalarida ishlash uchun ketishadi. Birinchi toifa xodimlardan farqli o’laroq, ikkinchi toifa xodimlari - “komissar-nazoratchilar” o’zlari nazorat qilgan sug’urta tashkilotlarida 5 yil davomida ishlashga haqqi yo’q. Shu narsani aytish tabir joyizki, Frantsiyada meditsina sug’urtasi bo’yicha ishlarni maxsus davlat organi - Ijtimoiy sug’urtani nazorat qilish bo’yicha komissiya amalga oshiradi. Hozirgi paytda Frantsiyada sug’urta kompaniyalari faoliyatini yuqorida qayd etilgan komissiyalar bilan bir qatorda Iqtisodiyot va Moliya vazirligi ham amalga oshiradi. Vazirlikning asosiy vazifasi sug’urta shartnomalarini tahlil etish, faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish va hayotni sug’urta qilish bo’yicha tariflarni nazorat qilishdir. Bundan tashqari, vazirlik mamlakat ichkarisida chet el 29 kompaniyalarini faoliyat ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik masalasini ham hal qiladi. Vazirlikda 4 ta bo’lim mavjud bo’lib, ular yuqorida bayon etilgan vazifalarni bajarishadi.

Frantsiyada har yili byudjet mablag’lari hisobidan 2 mlrd. frank miqdorida hayotni sug’urta qilish bo’yicha zahiralarni indeksatsiya qilish bo’yicha fond tashkil etiladi. Ushbu mamlakatda sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun bir qator talablar qo’yilganki, bu talablar sug’urtalanuvchilarning manfaatini himoya qilishga qaratilgan. Ulardan eng asosiysi, sug’urta tashkiloti litsenziyalanayotganda u belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdoriga ega bo’lishi zarur. Aktsiyadorlik va hayotni hamda javobgarlikni sug’urta qilishga ixtisoslashgan kompaniyalari uchun boshlang’ich kapital 5,0 mln.frankka boshqa sug’urta turlarini amalga oshirishlari uchun 3,0 mln.frankga teng bo’lishi lozim.


Sug’urtani nazorat qilish bo’yicha komissiya litsenziya berilishi uchun taqdim etilgan hujjatlarni texnik ekspertizadan o’tkazadi, litsenziya berish yoki bermaslik masalasini Iqtisodiyot va Moliya vazirligi amalga oshiradi. Sug’urta kompaniyasi litsenziya olish uchun hujjatlarni bir vaqtni o’zida ikki tashkilotga - Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga hamda sug’urtani nazorat qilish komissiyasiga taqdim etadi. Hujjatlarni ko’rib chiqish muddati 6 oy qilib belgilangan.
Sug’urta polisini realizatsiya qilish huquqini oluvchi agentlarga Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan alohida talablar qo’yilgan bo’lib, ular o’z faoliyatlarini amalga oshirishlaridan oldin ma’lumot to’g’risidagi diplomga va kasaba uyushmasining guvohnomasiga ega bo’lishlari zarur. Bundan tashqari, ular o’z mijozlariga zarar keltirish yoki keltirmaslik xavfini kafolatlaydigan hujjat ham taqdim etishlari shart. Frantsiyada sug’urta kompaniyalarining buxgalteriya balansi yillik aktsiyadorlar yig’ilishi bo’lib o’tgandan so’ng sug’urtani nazorat qilish komissiyasiga yuboriladi. Bundan tashqari, har bir kompaniya yilda bir marta fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish bo’yicha hisobotni ham taqdim etishadi. Ushbu mamlakat sug’urtalovchilari jami 25 taga yaqin hisobot taqdim etishadi.
Download 41.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling