Tashkilotning missiyasi va maqsadlarni boshqarish. Reja: Tashkilot missiyasi Tashskilot ustavi
Download 280.43 Kb.
|
mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsiyaning 10 ta amri
| Innovatsiyalar – bu bilimlar va g‘oyalarni mablag‘larga aylantirishdir.
|Ixtiro – bu yangi konsepsiyani yaratish demak. |Innovatsiya – bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib ko‘rsatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirish. Innovatsiyaning 10 ta amri Maqsadingizni ifodalang. Jamoangizni ilhomlantiring. Diqqatingizni xaridorga qarating. Har kimga o‘xshamang. Hamma narsani shubha g‘alviridan o‘tkazib ko‘ring. Sinergiya* yarating. Jarayonni yarating. Har qanday xatarni oldindan ko‘ra biling. O‘zgarishlarning yetakchisiga aylaning. Tashabbuskor bo‘ling. Innovatsion so‗zining ma‘nosi ingliz tilidagi INNOVATION so‗zidan olingan bo‗lib yangilik va yangilik kiritish deganini bildiradi. Bu yangilik zamirida yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim. Yangilikni bozorga kiritish jarayonini tijoratlashish jarayoni deb atash lozim. Yangilikning paydo bo‗lishi va uni xayotga tatbiq etilishi oralig‗idagi vaqt innovatsion loyixasi deb ataladi. Kunlik amaliyotda odtada, yangiliklar, yangilik kiritish, innovatsiya tushunchalarini o‗xshatish ko‗p uchraydi. Qachonki xar qanday kashfiyotlar, yangi voqealar xizmatlar va metodlar xillari tarqalishiga qabul qilinsa (tijoratlashish) o‗shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi. Hukumatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‗zining ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi №PF-4947 sonli Farmonidagi 4-qism - ilmiytadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy uquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish‖. 1 Bizga ma‘lumki, maxsulot sifatini yoki xizmat sifatini o‗zgartirish resurslar sarflanishini (energiya, vaqt, moliya va boshqalar) talab qiladi. Yangilikni (novatsiya) yangilikni kiritish jarayoniga (innovatsiya) o‗tkaztishi jarayoni xam xar xil resurslarni talab qiladi, ulardan muxim investitsiya va vaqt xisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlar tizimiga o‗xshash bozor sharoitlarida tovarning xaridi va sotuvi ramkasida shakllanadigan talab, taklif va narxlarda, asosiy innovatsion faoliyat komponenti sifatida yangilik, innovatsiya yangilik kiritish namoyon bo‗ladi. Yangiliklar yangiliklar bozorini shakllantiradi, investitsiyalar kapital bozorini, yangilik kiritish esa bozordagi sof raqobatni shakllantiradi. Investitsiya keng ma‘noda yangi texnologiyalar, turli maxsulotlar va xizmatlar, tashkiliy texnik va ijtimoiy iqtisodiy qarorlar shaklida ishlatilishi tushuniladi. Yangilikning tuzilishi, yaratilishi va tarqalishi jarayoni innovatsiyaning xayotiy sikli deyiladi. Yangiliklar bozori (novatsiyalar). Bozorni asosiy maxsuloti bo‗lib, intellektual faoliyatning ilmiy va ilmiy texnikaviy, natijaviy produtki xisoblanadi. Unga avtorlik va shunga o‗xshash xuquqlar (bu xuquqlar xalqaro, respublika,korperativ,va boshqa qonuniy, me‘yoriy aktlar ta‘sir doirasida bo‗ladi) taalluqlidir. Korxona innovatsion menejmentning maqsadlari firmaning vazifasi, uning falsafasi, an‘analari va tashkilotning hayotiy davrasi bilan bog‗liq. Zamonaviy iqtisod xo‗jalik faoliyatining sub‘ekti – bu korxona, kompaniya, firma, korporatsiya, ya‘ni faoliyatning har xil turlari, sheriklar, mulkni erkin tanlovchi va davlat oldida belgilangan majburiyatlarga ega yuridik shaxsdir. Firma strategik va operativ mustaqillikka ega, ishlab chiqarish hajmlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning turlari texnologik va tashkiliy tuzilmani belgilaydi, bozordagi hulq va joylashish masalalarini hal qiladi. U maqsadlar tuzimiga ega, ular firma rivojlanishining tashqi muhiti va ichki ehtiyojlarining ta‘siri bilan belgilanadi. Korxona innovatsion faoliyatining uning ichki ehtiyojlari nuqtai nazaridan maqsadlari barcha ishlab chiqarish tizimlarini yangilash hisobiga ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, ilmiy, ilmiy – texnik, aqliy va iqtisodiy salohiyatlardan samarali foydalanish asosida korxona raqobat afzalliklarini ko‗tarishdan iboratdir. Sotsial maqsadlar xodimlar ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va sotsial himoyalashni oshirishga qaratilgandir. Innovatsion maqsadlar salohiyatini yangiliklarni ishlab chiqish, patentlashtirish va litsenziyalashtirish bo‗yicha ishlarni o‗tkazish, nou – xaular, yangi sanoat namunalari, tovar belgilari va h.k. xarid qilish bilan bog‗liqdir. Firmaning yangiliklarini tijoratlashtirish sohasidagi maqsadlari keyinchalik segmentini kengaytirish va yangi bozorlarga bostirib kirish bilan bozorda mustahkam holatni egallash uchun faol marketing tadqiqotlarini o‗tkazishni o‗z ichiga oladi. Innovatsion menejmentning ustuvor maqsadlari innovatsion faoliyatni faollashtirish asosida tashkilotni o‗sishi va rivojlanishi, yangi tovarlar va yangi texnologiyalarni bozor tomoniga faol harakatlantirish iqtisodiy taraqqiy etish va yangi bozorlarga bostirib kirishni faol o‗sishi uchun ishlab chiqarishni yanada ixtisoslashtirish va har tomonlama rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarda innovatsiyalarni bayon qilish metodologiyasi xalqaro standartlarga asoslanadi. Fan va innovatsiyalar haqidagi axborotlarni to‗plash, ishlab chiqish va tahlil qilish bo‗yicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) doirasida fan va texnika ko‗rsatkichlari bo‗yicha milliy ekspertlar guruhi tashkil qilingan, Fraskati qo‗llanmasi (―Tadqiqotlar va tajriba ishlamalarini tekshirishlar uchun taklif qilinayotgan standartli amaliyot) ishlab chiqilgan. Hujjat bunday nomni tavsiyalarning birinchi versiyasi 1963 yilda italyan shahri Fraskatida qabul qilinganligi munosabati bilan olgan. Fraskati qo‗llanmasidagi qoidalarga davriy ravishda aniqliklar kiritiladi, bu milliy va xalqaro darajalardagi ilmiy – texnik siyosat strategiyasi, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarni tashkil qilishdagi o‗zgarishlar bilan asoslanadi. Fraskati qo‗llanmasi (1993 y)ning oxirgi tahrirlaridan biridan ilmiy tadqiqotlar va ishlamalar (ITTKI), ularning tarkibi va chegaralari, hamda tadqiqotlar va ishlamalar bilan band bo‗lgan xodimlar sonini o‗lchash uslubiyotiga tegishli asosiy tushunchalar mavjud. Texnologik innovatsiyalar haqidagi ma‘lumotlarni to‗plash uslubiyoti 1992 yilda Oslo shahri (Norvegiya)da qabul qilingan tavsiyalarga asoslanadi. U ―Oslo qo‗llanmasi‖ nomini olgan. Xalqaro standarlarga muvofiq innovatsiya bozorga tadbiq etilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yoki amaliy faoliyatda foydalanilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yoxud sotsial xizmatlarga yangicha yondashish ko‗rinishida ro‗yobga chiqqan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi sifatida belgilanadi. Download 280.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling