Tashqi, ichki va aralash sekretsiya bezJari haqida umumiy tushuncha


-rasm. 1- qalqonsimon bel; 2- ayrisimon bez


Download 149.9 Kb.
bet4/7
Sana24.12.2022
Hajmi149.9 Kb.
#1063603
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tashqi

4-rasm. 1- qalqonsimon bel; 2- ayrisimon bez.


5-rasm.
8 yoshli o'g'it bolada tireotoksikol (Baledov) kasalligining ko'rinishi; kO'llari chaqchay¬gan, qalqonsimon beli kattalashgan, o'zi ozg'in.


Qizlar balog'atga yetishi davrida (12-15 yoshda) qalqonsimon bezning funksiyasi ma'lum darajada kuchayadi. Shuning uchun ularda tireotoksikoz holatining yengil ko'rinishlari yuzaga kelishi murnkin, ya'ni tez jaW chiqishi, uyquning buzilishi, ishtahaning pasayishi, terlash, ayniqsa, qo'l kaftining ko'p terlashi va hokazo. Bunday vaqtda ko'proq ochiq havoda sayr qilish, aqliy mehnatni kamay¬tirish tavsiya etiladi, bu holat dorisiz asta-sekin o'tib ketadi.
Qalqonsimon bez oldi bezi. Bu bez to'rtta bo'lib, qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi. Ulaming umumiy og'irligi 10-12 mg ni tashkil qiladi.
Qalqonsimon bez oldi bezidan paratireoidin yoki paratgormon ishlanib chiqadi. Bu gormon odam organizmida kalsiy-fosfor almashinuvini tartibga solib turadi. Gormon kam ishlab chiqaril¬sa, nerv-muskul sistemasining qo'zg'aluvchanligi ortib, odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi, qo'llari qaltiraydi. Gormon juda kamayib ketsa, soch to'kiladi, suyaklar yumshab, egiluv¬chan, mo'rt bo'lib qoladi, nerv-muskul sistemasining qo'zg'aluvchanligi ortib ketib, odam tanasining umumiy qaltirashi, ya'ni tutqanoq (Ietaniya) holati yuzaga keladi.
Qalqonsimon bez oldi bezlarining funksiyasi ortib, paratgor¬mon ish lab chiqarilishi ko'paysa, nerv-muskul sistemasining qo'zg'aluvchanligi pasayib, tana muskullari bo'shashib qoladi, odam umumiy holsizlanadi, tez charchaydi.
Ayrisimon bez. Bu bez to'sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bo'lib, to balog'atga yetish dav¬rigacha - 14-15 yoshgacha kattalashib, 30-40 g ga yetadi. So'ngra bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boradi va II yog' moddasiga aylanadi, 25 yoshda bezning og'irligi 25 g gacha kamayadi, 60 yoshda 15 g, 70 yoshda 6 g bo'ladi.
Ayrisimon bez timozin gormonini ishlab chiqaradi. U bolalarning o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, jinsiy bezlar funksiyasini pasaytirib, bolada balog'atga yetishni susaytiradi. Bundan tashqari, timozin limfositlar hosil bo'lishini kuchaytirib, organizmning immunitet xususiyatini oshiradi.
Balog'atga et ish davridan (14-15 yosh) bosh lab jinsiy bez¬laming funksiyasi kuchayadi, ayrisimon bezning funksiyasi esa susaya boshlaydi. Ba'zi sabablarga ko'ra, ayrisimon bezning funksiyasi balog'atga yet ish davridan oldin pasaysa, jinsiy bez¬laming funksiyasi kuchayadi va balog'at yoshiga yetmagan bolada vaqtidan ilgari balog'atga yetish belgilari paydo bo'ladi, ya'ni 8¬ 10 yoshli bolaning soqoli chiqadi, qizlarning ko'krak bezi kattalashadi va hokazo. Bunday holatlarda zudlik bilan endokrinolog shifokorga murojaat qilish kerak.


Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling