Tashqi iqtisodiy faoliyat resurslarini rejalashtirishni optimallashtirish


iii) bank kartalarining raqamlari; iv)


Download 44.89 Kb.
bet5/7
Sana07.05.2023
Hajmi44.89 Kb.
#1437680
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
of uz

iii) bank kartalarining raqamlari;
iv) Mualliflik huquqi egasiga ma'lumotlar bazasi operatorlari, kontragentlar, uchinchi shaxslar bilan o'zaro munosabatlar uchun zarur bo'lgan boshqa ma'lumotlar.


6. KORRUPSIYAGA QARSHI SHARTLAR


6.1. Tomonlar quyidagilarni e'lon qiladilar: - Tomonlar, ularning affillangan (o’zaro aloqador) shaxslari va xodimlari ushbu Oferta bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarish jarayonida O’zbekiston Respublikasining korruptsiya va/yoki korrupsion xatti-harakatlarga qarshi kurashish sohasida, shu jumladan, (biroq, ular bilan cheklanmasdan),pora berish yoki pora berishni va'da qilish, pora olish, tovlamachilik, pora olishga bevosita yoki bilvosita rozilik berishkabi amaldagi qonun hujjatlari talablarining buzilishiga olib keladigan harakatlar/harakatsizliklarni amalga oshirmaydilar , shu jumladan ga yo'l qo'ymaydilar. - Tomonlar, ularning affillangan (o’zaro aloqador) shaxslari va xodimlari boshqa Tomonning xodimlari yoki vakolatli vakillarini har qanday tarzda rag‘batlantirish, shu jumladan pul mablag'lari, sovg'alar berish, ularga tekin xizmatlar ko'rsatish yoki ushbu xodim yoki vakolatli vakilning uni rag'batlantiruvchi Tomon foydasiga har qanday harakat/harakatsizlikni amalga oshirishini ta'minlashga qaratilgan ishlarni bajarishni rad etadilar.
6.2. Tomonlardan birida korrupsiyaga qarshi qoidalarining buzilishi sodir bo'lganligi yoki sodir bo'lishi mumkin deb gumon qilingan hollarda, tegishli Tomon boshqa Tomonni bu haqda xabardor qilishi, O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari normalari buzilganligi faktining rad etib bo‘lmaydigan dalillari mavjud bo‘lganda, amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organlarni xabardor qilish majburiyatini oladi.


7. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
7.1. Tomonlar tarafidan ushbu Oferta shartlarini bajarmaganliklari yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun aybdor Tomonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo’llaniladi.
7.2. Mualliflik huquqi egasi Foydalanuvchi oldida quyidagilar uchun javobgar bo'lmaydi:
7.2.1. Foydalanuvchining telekommunikatsiya tarmog'i ishidagi nosozliklar tufayli saytga kira olmaslik imkoniyati; Foydalanuvchining kompyuteriga o'rnatilgan dasturiy ta'minotdagi nosozliklar, shu jumladan Mualliflik huquqi egasiga bog'liq bo’lmagan barqaror kirishga to’sqinlik qiladigan zarar keltiradigan va potensial xavfli dasturiy ta'minot (viruslar) va boshqa hodisalar;
7.2.2. "EXIMERP" Avtomatlashtirilgan Interfaol Tizimning ma'lumotlar bazasidagi ma’lumotlardan foydalanish, foydalanmaslik yoki noto'g'ri foydalanish, shuningdek, saytda mavjud bo'lgan ma'lumotlar natijasida kelib chiqadigan oqibatlar, xususan yo'qotishlar, shu jumladan yo'qotilgan foyda;
7.2.3. Foydalanuvchi tomonidan uning elektron pochta manzilidan hamda, "EXIMERP" Avtomatlashtirilgan Interfaol Tizimga kirishni ta'minlovchi parolni yo'qotish, xuddi Foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga uchinchi shaxslar tomonidan parolni tanlash imkoniyati kabi, shuningdek, uchinchi shaxslarning shaxsiy kabinetiga kirish uchun mo'ljallangan parolni oshkor qilish bilan bog'liq oqibatlar.
7.3. Tomonlar elektron hujjat aylanishini tashkil etishda axborotning maxfiyligi va yaxlitligi, uni qalbakilashtirish imkoniyatsizligini taʼminlash uchun axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini qo’llash, dasturiy apparatlar va axborot xavfsizligining tashkiliy choralarini taʼminlash yetarliligini tan oladilar.
7.4. Foydalanuvchi “EXIMERP” Avtomatlashtirilgan Interfaol Tizim orqali elektron hujjatlar almashinuvi va Foydalanuvchi tomonidan uzatiladigan elektron hujjatlarning mazmuni vositasida Foydalanuvchining bojxona organlari bilan munosabatlaridan bevosita yoki bilvosita kelib chiqadigan har qanday moliyaviy, huquqiy va boshqa oqibatlar uchun Mualliflik huquqi egasi javobgar emasligini tan oladi va tasdiqlaydi.
7.5. Foydalanuvchi bojxona yoki boshqa vakolatli organlar hamda moliya institutlari (tashkilotlari) oldida “EXIMERP” Avtomatlashtirilgan Interfaol Tizim tomonidan taqdim etilgan interaktiv xizmatlar ko‘rsatish uchun elektron hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘g‘riligi uchun mustaqil ravishda javobgar bo‘ladi, chunki Mualliflik huquqi egasi uzatilayotgan, qabul qilingan va saqlanadigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarning to‘g‘riligi, shuningdek ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilish yoki tekshirishga majbur emas.



Download 44.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling