Tashqi iqtisodiy faoliyat resurslarini rejalashtirishni optimallashtirish


OFERTA SHARTNOMASI MAVZUSI VA O’ZARO HISOB-KITOBLAR TARTIBI


Download 44.89 Kb.
bet2/7
Sana07.05.2023
Hajmi44.89 Kb.
#1437680
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
of uz

2. OFERTA SHARTNOMASI MAVZUSI VA O’ZARO HISOB-KITOBLAR TARTIBI
2.1. Foydalanuvchi tomonidan ERI kaliti bilan interaktiv xizmatlardan foydalanish boshlanganligi tasdiqlangan paytdan boshlab Mualliflik huquqi egasi “EXIM ERP” Avtomatlashtirilgan Interfaol Tizimdan foydalanish huquqini taqdim etadi. “EXIM ERP” Avtomatlashtirilgan Interfaol Tizimdan foydalanganlik uchun to‘lov har bir ariza bo‘yicha to‘lov uchun ko’zda tutilgan hisobvarag‘ida ko‘rsatilgan miqdorda, tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
2.2. Ushbu Oferta shartnoma shartlari bilan tanishib chiqib va ularga rozi bo'lgan Foydalanuvchi o'zining ERI kaliti bilan "EXIM ERP” Avtomatlashtirilgan Interfaol Tizimdan foydalanishga tayyorligini tasdiqlaydi va shaxsiy kabinetiga o'tadi, u yerda electron pochta manzili, aloqa uchun telefon raqami, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi ma'lumotlar to’g’risidagi ma'lumotlarni to'ldiradi va "Oferta shartnomasi shartlariga roziman" sarlavhasi ostidagi maxsus maydonga belgi qo'yadi.
2.3. So’ngra Foydalanuvchi hujjatlarni biriktirish uchun dialog oynasini ochishda tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan uchun ariza yaratadi, kerakli kataklarni to'ldiradi va hujjatlarni ilova qiladi, shundan so’ng ularni ko’rib chiqishlari uchun yuboradi. Shu paytdan boshlab, ushbu Oferta shartlari Foydalanuvchi tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi, Oferta matnida ko'rsatilgan qoidalar Tomonlar uchun majburiy bo'ladi.
2.4. Tizim hujjatlarning to‘liqligini tekshiradi, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha barcha ishlarni hisoblashni (shu jumladan, TIF TN – Tashqi Iqtisodiy Faoliyatning Tovar Nomenklaturasi kodlarini tekshirish, bojxona to'lovlarini hisoblash, sertifikatlarni rasmiylashtirishning dastlabki qiymati, ularning turiga qarab xizmatlar narxi) amalga oshiradi va tanishib chiqishi uchun Foydalanuvchiga to‘lov uchun hisob-draftni taqdim etadi.
2.5. Foydalanuvchi rozi bo’lmagan hollarda hisob-draftni rad etadi.
2.6. Foydalanuvchi hisob-draft summasiga rozi bo'lgan hollarda, tizim to'lov miqdori, tartibi va to’lovni amalga oshirish muddatlarini ko'rsatgan holda to'lov uchun hisobni shakllantiradi.
2.7. Foydalanuvchining pul mablag'lari Mualliflik huquqi egasining hisob raqamiga tushgandan keyin, “EXIM ERP” Avtomatlashtirilgan Interfaol Tizim bojxona organiga yuk bojxona deklaratsiyasini yuboradi va Xavf-xatarlarni boshqarish tizimi tomonidan o'tkazilgan tekshirish natijalariga ko'ra, 1 soatdan 48 soatgacha bo'lgan vaqt ichida Foydalanuvchiga o'zining shaxsiy kabinetiga yuridik jihatdan to'liq rasmiylashtirilgan hujjatni yuklash imkoniyati taqdim etiladi.
2.8. Shaxsiy kabinetga kirgandan so'ng, Saytda login va parolni to'g'ri kiritish orqali Foydalanuvchi nomidan Mualliflik huquqi egasining xizmatidan foydalanish bilan bog'liq barcha harakatlar Foydalanuvchining o'zi tomonidan amalga oshirilgan hisoblanadi, Foydalanuvchi ushbu Bitimda ko’zda tutilgan tartibda Mualliflik huquqi egasining servis xizmatiga ruxsatsiz kirishi va/yoki o’z paroli maxfiyligining har qanday buzilishi to‘g‘risida xabardor qilingan holatlar bundan mustasno.
2.9. Foydalanuvchi saytda ko'rsatilgan telefon raqami yoki elektron pochta manzili orqali Mualliflik huquqi egasining servis xizmatiga Foydalanuvchining shaxsiy kabinetidan foydalangan holda ruxsatsiz kirish holatlari va/yoki o’z paroli maxfiyligining har qanday buzilishi hollarida (buzilishga shubhalar) darhol Mualliflik huquqi egasini xabardor qilishi shart. Xavfsizlik maqsadlarida Foydalanuvchi xizmat bilan ishlashning har bir sessiyasi oxirida o'z akkaunti ostida ishni xavfsiz yakunlashni ("Chiqish" tugmasi) mustaqil ravishda amalga oshirishi shart.



Download 44.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling