Debetda norezidentlarga bo’lgan talabning ko’payishi va norezidentlar oldida majburiyatlarning kamayishiga olib keladigan operatsiyalar qayd etiladi
To’g’ri investitsiyalar
To’g’ri investitsiyalarga rezident va norezidentlar o’rtasida institutsional birlik faoliyatini boshqarishda qatnashish va korxona foydasidan dividendlar olish maqsadida asosiy kapitalga qo’yilgan investitsiyalar kiradi.
Bu qo’yilmalar natura yoki moliya holida qo’yilishi mumkin.
Bu guruhga korxona asosiy kapitalida 10 va undan ortiq foizini tashkil qiladigan investitsiyalar kiradi.
Portfel investitsiyalarga korxona asosiy kapitalining 10 foizidan kam bo’lgan asosiy kapitalga qo’yilgan investitsiyalar kiradi.
Portfel investor korxona faoliyatini boshqarishda qatnashishni ko’zlamaydi. Uning asosiy maqsadi qo’ygan investitsiyasi evaziga dividendlar olish bilan kifoyalanadi. Agar portfel investorning ulushi ma’lum muddatdan so’ng korxonaning asosiy kapitalida 10 foizdan oshsa, u to’g’ri investor hisoblanib, to’lov balansida tegishli o’zgartirishlar qilinadi
Boshqa investitsiyalar:
Tijorat kreditlari
Ssuda va qarzlar (kreditlar, lizing operatsiyalari) Naqd pul va depozitlar
Boshqa kapital (aktiv va passivlardagi boshqa o’zgarishlar, masalan tovar va xizmat operatsiyalari natijasida ikki tomonning aktiv va majburiyatlarida sodir bo’ladigan o’zgarishlar).
Aktivlar va majburiyatlar bilan bo’ladigan operatsiyalar alohida-alohida qayd etiladi.
Rezerv aktivlari
Rezerv aktivlari guruhida mamlakatning rezerv aktivlarida bo’ladigan o’zgarishlar qayd etiladi. Operatsiyalar rezervga kiruvchi har bir aktiv bo’yicha qayd etiladi.
Monetar oltin
Maxsus qarz olish xuquqi (SDR, SPZ) Xalqaro valyuta fondidagi rezervlar Chet el valyutalari
-Naqd pullar va depozitlar
-Qimmatbaho qog’ozlar Boshqa aktivlar
Moliyaviy operatsiyalar saldosi quyidagicha hisoblanadi: MOS=TIS+PIS+BIS+RAO’
TIS To’g’ri investitsiyalar saldosi PIS Portfel investitsiyalar saldosi BIS Boshqa investitsiyalar saldosi
RAO’ Rezerv aktivlaridagi o’zgarishlar
Kapital va moliyaviy operatsiyalar saldosi quyidagicha hisoblanadi:
KMOS=KOS+MOS
Do'stlaringiz bilan baham: |