Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida tushuncha
Tashqi savdo oboroti elastikligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Download 42.96 Kb.
|
18-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy hisoblar tizimida tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi
- Tovar va xizmatlar bilan tashqi operatsiyalar schyoti sxemasi
Tashqi savdo oboroti elastikligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
EE>1 va JE >JYaIM bo’lishi mazkur mamlakatda tovarlar eksportining ularni ishlab chiqarishga nisbatan tezroq o’sganligidan dalolat beradi. Bu albatta ijobiy hol. EI>1 va JI>JYaIM bo’lishini esa har doim ham ma’qul deb bo’lmaydi. Chunki mamlakat o’z ehtiyojini qondirish uchun o’zida ishlab chiqarishdan ko’ra tovarlarni chetdan olib kelishiga harakat qilgan bo’ladi. Mamlakat tashqi savdo oboroti balansining ijobiy bo’lishi uchun: E>I JK=JE>JI ya’ni JK>1 bo’lishi kerak. Mamlakatning jahon bozoridagi ishtiroki va uning samaradorligini eksport va importning nisbati, ularning tarkibi belgilaydi. Iqtisodi rivojlangan mamlakatlarning eksporti ko’p va u asosan tayyor sanoat mahsulotlaridan iborat. Kam rivojlangan mamlakatlarda eksportning o’zi oz, agar katta bo’lsa ham baribir xom ashyodan iborat bo’ladi. Ular importida tayyor mahsulot, hatto oziq-ovqatning hissasi katta bo’ladi. Iqtisodyoti kuchli rivojlangan davlatlar importida xom ashyo, yoqilg’i va butlovchi qismlar katta salmoqqa ega bo’ladi. Milliy hisoblar tizimida tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasiMHT da tashqi iqtisodiy aloqalar faoliyati natijalari kuyidagi schyotlarda tavsiflanadi: Tovar va xizmatlar schyoti; Birlamchi daromadlar va joriy transfertlar schyoti; Kapital operatsiyalar schyoti; Moliyaviy schyot; Aktivlardagi boshqa uzgarishlar schyotalirdan tashkil topgan. Xozirgi kunda MHT unsurlarini joriy kilishda tovar va xizmatlar, birlamchi daromadlar va joriy transfertlar, kapital bilan operatsiyalar schyotlarini shakllantirishning umumiy metodologik printsiplari ishlab chikilgan. «Tashqi dunyo» sektori mamlakat rezidentlari institutsional birliklari bilan operatsiyalarini amalga oshiruvchi norezidentlar birligidan tashkil topadi. Uning schyotlari shu mamlakat milliy iqtisodiyotini «Tashqi dunyo» iqtisodiyoti bilan boglovchi iqtisodiy munosabatlarning umumlashgan xolatini ta’minlaydi. Bir suz bilan aytganda, MHT ning «Tashqi dunyo» sektori schyotlarida shu mamlakat rezidentlari va norezidentlari urtasidagi barcha operatsiyalarni aks ettiradi. «Tashqi dunyo» sektorining barcha schyotlari norezidentlarning nuktai nazaridan tashkil etiladi. Shuning uchun bu schyotlarning «Resurslar» tomonida norezidentlarning rezidentlardan olgan «Foydalanish» tomonida norezidentlarning rezidentlarga utkazadigan iqtisodiy kiymati kursatiladi. Shu mamlakat norezidentlari urtasidagi joriy operatsiyalar tovar va xizmatlarning tashqi iqtisodiy schyotida xamda birlamchi daromadlar va joriy transfertlarning tashqi iqtisodiy schyotida aks ettiriladi. Tovar va xizmatlar bilan tashqi operatsiyalar schyoti sxemasi:
Download 42.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling