Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi va uning ahamiyati darsning maqsadi


II. TIF TN ning yaratilishi, Konventsiya 1.nomenklaturalar tarixi


Download 24.69 Kb.
bet2/5
Sana20.11.2023
Hajmi24.69 Kb.
#1788913
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi va uning ahamiyati

II. TIF TN ning yaratilishi, Konventsiya 1.nomenklaturalar tarixi
Eksport-import operatsiyalarining rivojlanishi va murakkablashuvi ularga oid bo’lgan hujjatlarni takomillashtirilishiga yoki ularga kerakli zamonaviy qo’shimchalar kiritilishiga sabab bo’lmokda. Dastlabki yaratilgan klassifikatsion sistemalar o’ta sodda to’zilgan bu–lib, ma’lum miqdordagi boj va to’lovlar undirilishi lozim bo’lgan tovarlarning ruyxatidan iborat edi. Biroq tovarlar turlarining o’zgarishi bilan ulardan undiriladigan boj miqdorlarini belgilovchi aniq va printsipial klassifiqatorni yaratish zarur bo’ldi. Yagona xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan tovar nomenklaturasini yaratish, uchun bir asr davomida o’rinishlar olib borilgan. 1853–1908 yillar davomida shu maqsadda bir qancha xalqaro kongresslar o’tkazilgan.Dastlabki nomenklatura 1853 yilda Bryusselda imzolangan. U xalqaro statistik nomenklaturaning yaratilishiga imkon yaratdi.
1869, 1872, va 1876 yillarda xalqaro statistik kongresslar bo’lib o’tdi va 1885 yilda xalqaro statistika instito’ti tashkil etildi. Dastlabki yagona statistiq nomenklatura 1913 yilda Bryussel shaxrida 2-xalqaro savdo statistikasiga bag’ishlab o’tkazilgan Konfvrentsiyada qabul qilindi. Unga 29 davlat rahbarlarigina imzo chekkan bo’lib, fakatgina 5 ta guruh (tirik hayvonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlanadigan materiallar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar. oltin va kumush) va 186 tagina tovar o’rni belgilangan edi. Keyinrok 19 27-37 yillarda yagona bojxona nomenklaturasi (Jeneva nomenklaturasi) ga asos solindi. 21 ta bo’lim, 86 ta guruxlarga joylashtirilgan 991 ta poziyatsiyadan iborat edi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin davlatlar iqtisodiyotini tiklash va savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida yangi nomenklaturaga ehtiyoj sezildi. Yevropa bojxona. ittifoqining ishchi guruhi tomonidan Jeneva nomenklaturasi asosida 1950 yilning 15 dekabrida Bryussel’ shahrida tovarlarni bojxona ta’rifi bo’yicha klassifikatsiyalash maqsadida nomenklatura qabul qilindi. O’z navbatida oltmishinchi yillar oxirida bu nomenklaturaga ham o’zgartirishlar kiritish talab etildi. Bu ishga. 1970 yillardai boshlab kirishildi va tayyorlov ishlari 1981 yilda tugallandi. 1983 yilning 14 iyunida Bryussel’ shahrida tovarlarni uyg’unlashgan tizimda ta’riflash va kodlash bo’yicha xalqaro Konventsiya qabul qilindi. U 20 moddadan va asosiy qoidalardan iborat bo’lib, ingliz va frantsuz tilidagi asl nusxalari Bryussel’ shahrida saqlanadi. Nomenklaturadan xalqaro miqyosda foydalanish esa 1988 yilning 1 yanvaridan joriy etildi.

Download 24.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling