Tashqi iqtisodiy faoliyat


Download 14.91 Kb.
Sana22.06.2020
Hajmi14.91 Kb.
#121054
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Tashqi iqtisodiy faoliyat

Sanoat o‘sishining rag‘batlantiruvchi muhim omillaridan biri tashqi talab bo‘lib, u eksportning o‘sishi bilan ifodalanadi. 2019 yilning 11 oyi natijalariga ko‘ra, tovarlar va xizmatlar eksporti (qimmatbaho metallar va tabiiy gazdan tashqari) 122,7 foizga va eksportyor korxonalar soni 1 138 taga oshdi.

Shu bilan birga, umumiy eksport tarkibida xom-ashyoga yo‘naltirilganlik darajasi saqlanib qolmoqda (57,2 foiz), yoki tovarlar eksportida ushbu ko‘rsatkich 70,8 foizni tashkil etmoqda.

Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar tomonidan tovarlar va xizmatlar eksporti 2,3 mlrd.dollarni (umumiy eksportning 14,1 foiz), shundan xizmatlar eksporti 54,1 mln.dollarni tashkil etdi.

Eksportning xom-ashyoga yo‘naltirilishining asosiy sabablari:

- tayyor mahsulot tannarxining yuqoriligi natijasida raqobatbardosh emasligi (masalan qo‘shni davlatlardan maishiy elektr texnikalarini import qilish, bojxona to‘lovlari va transport xarajatini inobatga olgan holda ham mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridan arzonga tushadi);

- milliy sifat standartlarini xalqaro satandartlarga nomuvofiqligi yoki ularni ko‘plab xorijiy mamlakatlarda tan olinmasligi hisoblanadi.

Meva va sabzavotlar ulushi jami eksportda 7 foizni tashkil etib o‘tgan yilga nisbatan 137,9 foizga o‘sdi. Bunda asosiy ulushni sabzavotlar (38,7 foiz) egalladi. Ushbu mahsulotlarni eksport qilinishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar:

mazkur mahsulotlarning sifati import qiluvchi mamlakatning fitosanitar talablariga mos kelmasligi; saqlash quvvatlarining yetarli emasligi; xorijiy ulgurji va chakana savdo tarmoqlari bilan aloqalarning yo‘qligi hisoblanadi.

Qayta ishlash tarmoqlarida eksportning eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi to‘qimachilik mahsulotlariga (124,6 foiz) to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, ushbu mahsulotlar eksportida ip kalava eksportining yuqori ulushi saqlanib qolinmoqda. Bunda, tarmoqda GSP+ tizimiga qo‘shilish jarayonlari yakunlanmaganligi, aralash gazlamaning yo‘qligi tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Shuningdek, metallurgiya, charm-poyabzal sanoatida ishlab chiqarish hajmlari o‘sishiga qaramay, ushbu tarmoqlar bo‘yicha eksport hajmi pastligicha qolmoqda.

2019 yilning yanvar-noyabr oylarida eksportdan tushgan valyuta tushumi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga o‘sib, tabiiy gaz eksporti bilan birga 8,4 mlrd.dollarga yetdi. Bunda, 2019 yilning 1 dekabr holatiga eksport amaliyotlari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzi 501,7 mln.dollarni tashkil etdi.

2019 yilning 11 oyida tovarlar importi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 mlrd.dollarga o‘sib, 19,8 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Uning tarkibida asosiy ulushni mashina va uskunalar, shu jumladan butlovchi va ehtiyot qismlar (44,1 foiz), kimyo va undan tayyorlangan mahsulotlar (13 foiz), shuningdek oziq ovqat mahsulotlari (7,6 foiz) egalladi.



2019 yilning yanvar-noyabr oylarida import to‘lovlarining summasi 18,6 mlrd.dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 32 foizga o‘sgan. Bunda, 2019 yilning 1 dekabr holatiga import amaliyotlari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzi 490,8 mln.dollarni tashkil etdi.
Download 14.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling