10 Багиев Г.Л., Тарасевич В.М. Маркетинг: Учебник. - М.: Экономика, 2012.
17
Taraning talablari: mahsulotning sig’ishi, muhofaza qilishi, saqlashi,
logistikaning prinsiplariga talab berishi va boshqalar.
Etiketka talablari: mahsulotning brend nomini yozish, kompaniyaning tamg’asi,
saqlash uchun yo’riqnoma va talablari bo’lishi kerak.
•Ilova talablari, yo’riqnoma va iste’molchini muhofaza qilish talablari
batafsilroq yozilgan bo’ladi, kupon, sovg’a, retseptlar va boshqa sotuvni kuchaytirish
va qayta harid qilish uchun mo’ljallangan bo’ladi.
Qadoq uchun umumiy talablar:
Obrazning birlamchiligi. Tovar ko’rinishi, o’ziga yarasha xarakteristikasi,
qadoqdagi tasvir elementlari, rang va tamg’a ko’rinishlarining birlamchiligi.
Tovar sifati qadoq ustidagi yozuv bilan mos kelishi. Qadoq ustidagi tovar sifati
to’g’risidagi to’g’ri ma’lumot iste’molchining harid qilish motivini oshirishiga
yordam berishi.
•Ishonchlilik. Qadoq ustida yozilgan matn ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibiga
to’g’ri kelishi.
•Mijozga moslashish. O’zgacha sifat va uslub iste’molchini turini belgilab
beririshga yordam beradi. Masalan, bolalarga mo’ljallangan qadoq uslubi
kattalarnikidan farq qilishi.
Qadoq dizayni uchun rang muhim rolni o’ynaydi. Ranglar firmaning identifik
belgisi bo’lib qolishi mumkin. Ranglarning iste’molchilarga qanday ta’sir etishi 1-
jadvalda ko’rsatib o’tilgan.
Brendning qadrini shakllanishi iste’molchilarning xarid qilgan mahsulotning sifati,
undan olgan foydasi, istemolchi harid qilish uchun sarf etgan narxi nisbatiga aytiladi.
Brend qadrini formulaga qo’yadigan bo’lsak, uning kelib chiqishi quyidagicha
bo’lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |