“Tovarlar importini bojxona-tarif jihatdan boshqarishni takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1560-sonli Qaroriga asosan 2011 yilning 1 avgustidan boshlab tovarlarning ayrim turlariga import boji stavkalari o‘rnatilgan.
Eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga qonunchilikda bir qator imtiyoz va afzalliklar belgilangan. Ularning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2012 y. “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1731-sonli Qarorida keltirilgan:
1. Aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga aksiz solig‘i solinmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bundan mustasno.
2. Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.
3. Eksport qiluvchi korxonalar (xom ashyo tovarlarini sotish bundan mustasno) uchun foyda solig‘i va mulk solig‘i stavkasi umumiy sotish hajmida o‘zi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovar (ish, xizmat)lar eksportidagi ulushiga bog‘liq holda kamaytiriladi:
eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo‘lganida - 30 foizga;
eksport ulushi 30 va undan ko‘proq foiz bo‘lganida - 2 marotaba.
4. Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi quyidagicha kamaytiriladi:
umumiy sotish hajmida eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha bo‘lganida - 30 foizga;
eksport ulushi 30 va undan ko‘proq bo‘lganida - 2 marotaba.
5. 2016 yil 1 yanvarga qadar respublikadagi o‘z mahsuloti hajmining, jumladan yarim tayyor mahsulotlarining (kalava, gazlama, trikotaj gazlama va paxta yigirish chiqindilari) 80 foizi va undan ortig‘ini erkin almashtiriladigan valyutaga sotadigan to‘qimachilik sanoati korxonalari mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilingan.
6. Tovar (ish, xizmat)larning barcha turlariga eksport bojxona bojlari va spesifik tovarlardan tashqari boshqa tovar (ish, xizmat)lar eksportini litsenziyalash bekor qilingan.
7. Tovarlarni eksport qilishda to‘lanadigan bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlarining amaldagi stavkasiga qaraganda o‘rtacha 2 marotabaga kamaytirilgan yangi stavkalari tasdiqlangan.
8. Mikrofirmalar va kichik korxonalar o‘zi ishlab chiqargan tovar (ish, xizmat)larni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 50 foizini majburiy sotishdan ozod etilgan.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.08.2013 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |