Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga solinishi


Download 17.54 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi17.54 Kb.
#1587965
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Biznes


Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga solinishi.
62-22 guruh talabalari: Maxamadjonov Javoxirbek va Shokirjonov Akbarjon
Tashqi iqtisodiy faoliyat nima?
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda Oʻzbekiston Respublikasi
yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va
jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro foydali iqtisodiy aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirishga qaratilgan
faoliyati tushuniladi.
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ushbu Qonun tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni
tartibga soladi. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, uning iqtisodiy suvereniteti va
iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyot rivojini rag‘batlantirish, mamlakat
iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratishdan
iboratdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini roʻyxatga olish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqiy holatini
yoritish va ularni turlarga boʻlish muhim ahamiyatga ega Tashqi
iktisodiy faoliyat subyektlarining huquqiy holati va vakolatlari
doirasiga qarab quyidagicha boʻlish mumkin:
1. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy
shaxslar,
2. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan yuridik
shaxslar.
Tashqi iqgisodiy faoliyat subyektlari maʼlum bir mulkka ega
boʻlishi va shu asosda tadbirkorlik faolshpini yuritish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishi yoki tashqi iqtisodiy faoliyatini
qonuniy olib borishlari, shuningdek huquq va majburiyatlarga ega
bulishlari va mustaqil mulkiy javobgarlikni amalga oshirishlari
mumkin.
Tash
3-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining
xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali
iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor
sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir
savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik;
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan
himoya qilinishi.
4-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari
Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi;
Qonunning asosiy vazifalari
sifatida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda Oʻzbekiston
Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash, uning iqtisodiy
suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyot
rivojini ragʻbatlantirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish deb belgilandi
5-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va
jismoniy shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari hisoblanadilar.
6-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat obyektlari
Oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti bo‘lgan tovarlar, ishlar (xizmatlar), har qanday molmulkka, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar, valyuta qimmatliklariga, elektr, issiqlik energiyasi va
boshqa turdagi energiyaga, transport vositalariga, intellektual mulk obyektlariga nisbatan, tashqi
iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonunchilik bilan taqiqlanganlarini istisno etganda, tashqi
iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi mumkin.

Download 17.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling