Kanalizatsiya tarmoqlarining konstruksiyalash qoidalari.
Tarmoqlardagi normal gidravlik sharoit, to‘g‘ri gidravlik hisob va bo‘ylama kesimni tuzish to‘g‘ri konstruksiyalash qoidasi asosida hosil kilinadi. Tarmoqlarni konstruk-siyalashda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
Quduqlar orasidagi kanalizatsiya tarmog‘i to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘lishini;
Oqova suvlar tezligi oqim bo‘ylab oshib borishi zarur. i i+1 Xisobiy tezlikni kamayishi sharshara quduqlardan keyin bo‘lishi mumkin;
YOn tomondan qo‘shilayotgan kollektorlarning oqim tezligi asosiy kollektorning oqim tezligidan kichik bo‘lishi kerak;
Olib ketuvchi va qo‘shiluvchi quvurlar orasidagi burchak 90 dan kichik bo‘lmasligi kerak;
Tarmoqlarning burilgan joyida, nishablik va diametr o‘zgarganida, bir va undan ortiq quvurlar kelib tutashgan joylarida quduqlar o‘rnatilishi kerak;
Har xil diametrli quvurlarni bir-biriga ulash quvurning yuqori sathi yoki suv sathi bo‘yicha amalga oshiriladi;
Quduqlarda quvurlar ochiq lotoklar yordamida tutashi zarur;
Nishablik keskin o‘zgargan joylarda, oqim tezligini kamaytirish uchun sharsharali tezoqar quduqlar o‘rnatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |