Tashqi kanalizatsiya tarmoqlarini loyixalashtirish. Reja


Download 104.51 Kb.
bet1/4
Sana20.02.2023
Hajmi104.51 Kb.
#1216502
  1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза 4


Tashqi kanalizatsiya tarmoqlarini loyixalashtirish.
Reja:

  1. Oqova suvlarni tozalash usullarining mohiyati va shakllari

  2. Sug‘orish tizimi

  3. O‘zbekistondagi iqlim zonasi



Tayanch so‘z va iboralar:Sug‘orish, qurg‘oqchil, quruq maydon, gidrogeologik, geologik, andshaft, iqlim zonasi
. Tarmoqlarning alohida bo‘laklarida oqova suvlarni hisobiy sarfini aniqlash.
Bo‘laklardagi oqova suvlarning hisobiy sarfini aniqashda, oqova suvlarni solishtirma oqib tushishini hisoblash kerak.
Solishtirma oqib tushish yoki oqova suvlar sarfining moduli deb, 1ga qurilgan kvartalga to‘g‘ri keladigan 1l/s oqova suvlar sarfiga aytiladi. Bo‘laklardagi oqova suvlar sarfi ikki usulda aniqlanadi: maydondan oqib tushish va tarmoqning uzunligi bo‘yicha. Ikkala usul uchun ham avval solishtirma oqib tushish, ya’ni oqova suvlar moduli aniqlanadi va birinchi usul bo‘yicha (l/s ga) oqova suvlar moduli quyidagicha ifodalanadi:
q0 = P•N•
86400
bu erda:
R - aholi zichligi, kishi/ga;
N - oqova suv me’yori, l/sut.
Bo‘laklardagi oqova suvlarning hisobli sarfini aniqlashda quyidagi tushunchalar ishlatiladi: tranzit, yonlama, yo‘ldosh va sanoat oqova suvlar sarflari.


10- расм

Tranzit oqova suv sarfi (qtr) yuqorida (10 -rasm) joylashgan bo‘laklardan kelib qo‘shilayotgan oqova suv miqdori, ya’ni (2-3) bo‘lak uchun tranzit sarf (1-2) bo‘lakdagi sarf bo‘ladi. Yo‘ldosh oqova suv sarfi (qyo‘l) – hisobiy bo‘lak uzunligi bo‘yicha joylashgan oqova suv miqdori, ya’ni (2-3) bo‘lak uchun 10 kvartaldagi oqova suvlar sarfi hisoblanadi. YOnlama oqova suv sarfi (qen), bosh kollektorga yon tomondagi tarmoqlardan kelib tushayotgan oqova suv sarfiga aytiladi, ya’ni (2-3) bo‘lak uchun (5-2) bo‘lakdagi sarf hisoblanadi.


Avval har bir bo‘lak uchun yo‘ldosh oqova suv sarfi aniqlanadi va qu-yidagi ifoda orqali topiladi:
qur = F•q0
bu erda:
F - kvartal maydoni, ga;
q0 - shu kvartalga to‘g‘ri keladigan oqova suvlarning moduli, l/s ga.
Har bir bo‘lakdagi o‘rtacha sekundli kommunal-ro‘zg‘or oqova suv sarfi quyidagi sarflar yig‘indisidan iborat, l/s:
qur = qyo‘l + qen + qtran
Keyin bo‘laklardan chiqayotgan maksimal sekundli sarf, l/s%
qmax.c = (qyo‘l + qen + qtran) Qum + qsan
bu erda:
qsan - sanoatdan chiqayotgan maksimal sekundli sarf, l/s;
qyo‘l ;qen ;qtran - bo‘laklardagi yo‘ldosh, yonlama va tranzit oqova suvlar sarfi, l/s;
Qum - oqova suvlarning umumiy notekislik koeffitsienti bo‘lib, 3- jadvaldan olinadi.
Bo‘laklardagi oqova suvlarning hisobli sarfini ikkinchi usulda ya’ni kvartaldagi 1 m qurilgan joyning uzunligiga bog‘liq holda aniqlanadi. Avval kvartaldagi 1 m qurilgan joyga to‘g‘ri keladigan oqova suvlar moduli topiladi va quyidagiga teng:

bu erda:
- kanalizatsiyalangan kvartal yoki uning bir qismining umumiy oqova suvlar sarfi;
- kanalizatsiyalanyotgan ob’ekt yoki uning bir qismining uzunligi
Keyin bo‘laklarga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha sekundli oqova suv sarfi quyidagicha aniqlanadi:

Keyin har bir bo‘lakdagi o‘rtacha sekundli va maksimal sekundli oqova suvlar sarflari yuqorida ko‘rsatilgan ifodalar orqali aniqlanadi.



Download 104.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling