Tashqi kanalizatsiya tarmoqlarini loyixalashtirish. Reja


Kanalizatsiya tarmoqlarining bo‘ylama kesimini tuzish


Download 104.51 Kb.
bet3/4
Sana20.02.2023
Hajmi104.51 Kb.
#1216502
1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза 4

Kanalizatsiya tarmoqlarining bo‘ylama kesimini tuzish
Quvurlarning gidravlik hisobi kanalizatsiya tarmoqlarini loyihalashda muhim bosqich hisoblanadi va bu hisob natijasida quvurlarning bo‘ylama kesimi quriladi.
Bo‘ylama kesim – suvning oqimi bo‘ylab yo‘nalgan loyihalashtirilayotgan quvur bilan er ustki qatlamining vertikal kesimidur.
Kanalizatsiya tarmoqlarining bo‘ylama kesimini tuzishda, kanalizatsiya tarmog‘i qanday chuqurlikda joylashganligi bilan birgalikda quvurlarning hamma elementlari hisoblanadi, ya’ni gidravlik hisob bilan birga tarmoqlarning bo‘ylama kesimi bir vaqtda bajariladi. Kanalizatsiya tarmoqlarining bo‘ylama kesimi chizilayotganda quyidagi qiyaliklarni hisobga olgan holda bajariladi.

  1. Erning qiyaligi yaxshi bo‘lganda, ya’ni erning qiyaligi bir tekis bo‘lganda, kanalizatsiya tarmoqlarining qiyaligi erga parallel olinadi. Ier = Iloyixa





  1. Erning relefi tekis bo‘lganda ya’ni, erning qiyaligi Ier = 0 bo‘lganda, quvurlarni loyihalash qiyaligi Iloyixa = Imin teng.



  1. Erning relefi o‘zgaruvchan bo‘lganda, ya’ni erning qiyaligi bir joyda Ier = 0 bo‘lganda Iloy = Imin ga teng va boshqa joyda esa, qandaydir qiyalikka ega bo‘lganda, Isr = 0 bo‘lganda, Iloy = Ier :




YUqoridagi berilgan shartlarga asoslanib, bo‘ylama kesim tuziladi.


Avval birinchi bo‘lakdagi lotok tubining otmetkasi topiladi:
ZL.T = 3sr - Hmin
Bu erda:
3sr - er sathi otmetkasi;
Hmin – minimal chuqurlik bo‘lib, boshlang‘ich bo‘laklarda Hmin = 1,5  2,5 m teng.
Hisobiy bo‘laklardagi 2-chi, 3-chi va n-chi lotok tubining otmetkasi esa:
ZL.Toxr = ZL.Tb - h
Bu erda:
h – bo‘lak uzunligi bo‘yicha bosim yo‘qolishi bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi:
h = i•l
ZL.Tb – quvurning boshlangich lotok tubi otmetkasi.
Quvurlarning suv sathi otmetkasi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
ZS.Sb = ZL.Tb + h;.
Bu erda:
ZS.Sb – suv sathining otmetkasi;
i – nishablik;
l – uchastkalar orkasidagi masofa, m;
h – quvurdagi suvning balandligi.
Keyingi bo‘laklardagi quvurlar chuqurligi quyidagicha hisoblanadi:
Hn =3n - ZL.T n
Bo‘ylama kesim tuzishda quvurlarni ulash savoli ham echiladi. Muhandisdlik amaliyotida quvurlar ikki usulda ulanadi: “quvurlar sathi”
17 - rasmva “suv sathi” bo‘yicha 18 - rasm.
Ikkala usulni solishtirilganda diametrlar har xil bo‘lganda ikkinchi usul yaxshi, chunki quvurlar chuqurligi kam bo‘ladi. Lekin quvurlarni ulashda eng ko‘p tarkalgan usul quvurlar diametri har xil bo‘lganda birinchi “quvurlar sathi” bo‘yicha, quvurlar bir xil bo‘lganda, ikkinchi “suv sathi” bo‘yicha ulash hisoblanadi.

17-rasm. Quvurlar sathi bo‘yicha ulash.

18-rasm. Suv sathi bo‘yicha ulash.
Bo‘ylama kesim quyidagi masshtabda bajariladi: gorizontal 1:5000 va vertikal 1:50, 1:100 va 1:200.
Bo‘ylama kesim asosida beshta qator quyidagi qiymatlar bo‘ladi (pastdan tepaga qarab): hisobli nuqtalar raqami; ular orasidagi masofa; quduqlar chuqurligi; lotok tubi satxi; er sathi.

Download 104.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling