Tashqi kanalizatsiya tarmoqlarini loyixalashtirish. Reja


Kanalizatsiya quvurlarning chuqurligini aniqlash


Download 104.51 Kb.
bet2/4
Sana20.02.2023
Hajmi104.51 Kb.
#1216502
1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза 4

Kanalizatsiya quvurlarning chuqurligini aniqlash.
Quvurlarning chuqurligi tarmoqlarni bo‘ylama kesimini tuzishda aniqlanadi. Quvurlar chuqurligi ma’lum qiymatdan oshishi va kamayib ketishi joyning sharoitiga bog‘liq holda o‘rnatilgan. Quvurlarning minimal chuqurligi quyidagi uch sharoitga asoslanib o‘rnatiladi:

  1. Quvurlar muzlashini oldini olishga;

  2. Tashqi og‘irliklar quvurlarni buzushga olib kelishiga yo‘l ko‘ymaslikka;

  3. Qo‘shni kvartallardan va yon tomonlardan kelayotgan tarmoqlarning qo‘shilishini ta’minlashga.

Oqova suvlarning harorati qishda ham 7-10S dan kam bo‘lmaydi. Amalda bosimsiz quvurlarni loyihalashda plastmas, sopol, asbestotsement, beton va temir beton quvurlar qo‘llaniladi. SHahar sharoitida va sanoat korxonalarining maydonlarida tashqi og‘irliklar quvurlar buzulishini yo‘qotish maksadida quvurlarning chuqurligi, quvur yuqorisigacha 0.7 metrdan kam bo‘lishi mumkin emas va quvurlarning lotok tubigacha bo‘lgan minimal chuqurligi quyidagiga teng.
h1 = 0.7 + d
YOki
`hmin = h1 + a;
bu erda:
d - quvur diametri
a - quvurlar diametriga bog‘liq qiymat bo‘lib, d=500 mm gacha bo‘lganda a=0.3m, d500mm katta bo‘lganda a=0.5m olinadi.


h1 d hmin


a


Quvur yotqizish shakli

16 - rasm Ko‘cha tarmog‘ining boshlang‘ich chuqurligini topish
1 - kvartal ichi tarmog‘i; 2 - ko‘cha kollektori; 3 - kuzatuvchi quduq; 4 - tekshiruvchi quduq; 5 – chiqish; 6 - ichki kanalizatsiya tarmog‘i.
Kvartal ichidagi tarmoq, tashqi tarmoqga qo‘shilishida boshlangich lotok tubining chuqurligi quyidagi berilgan qiymatdan kam bo‘lishi mumkin emas:
Hmin = `hmin + imin (L +l) - (Zb - Zoxr) + d
bu erda:
`hmin – kvartal ichi tarmog‘idagi quvurning boshlangich min chuqurligi;
imin – kvartal ichi tarmoqdagi quvurning minimal nishabligi;
L +l - kvartal ichidagi tarmoqlarning uzunligi;
Zb, Zoxr - kvartal ichi tarmog‘ining boshlangich va oxirgi er sathi;
d - tashqi va kvartal ichi tarmoqlaridagi diametrlar farqi.
Quvurlarning maksimal chuqurligi ochiq usul bilan er kovlanganda tuproqning turiga bog‘liq bo‘lib, toshloq tuproqlarda - 4-5 m, ho‘l siljib turadigan tuproqlarda - 5-6 m, quruq toshloq emas tuproqlarda - 7-8 m teng.
Quvurlar katta chuqurlikda qurilsa, texnik qiyinchiliklar tug‘iladi. Erlar yopiq usul bilan kovlanganda, kollektorlarning puli amalda chuqurligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Kollektorlarni chuqurligi asosan geologik va gidrogeologik sharoitlarni hisobga olgan holda quriladi.
Umuman yopiq usul bilan qurish, ochiq usul bilan qurishga nisbatan qimmat turadi. SHuning uchun yopiq usul bilan qurish, texnik-iqtisodiy asoslanishi kerak. Hozirgi davrda katta shaharlarda yopik usulda tarmoqlarni qurish, qurilishning murakkab texnik qiyinchiliklarini bartaraf qiladi. Bu usul shahar sharoitdagi transportlar qatnashishiga, er osti kommunikatsiya va inshootlarining ko‘pligi ham halaqit bermaydi.

Download 104.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling