Tаshqi kuchlаr. Ichki kuch vа kuchlаnish, kеsimlаr usuli maqsad va vazifalar
Download 461.6 Kb. Pdf ko'rish
|
№1 Ички кучлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi kuchlar klassifikasiyasi
5-mavzu 5-mavzu.TАSHQI KUCHLАR. ICHKI KUCH VА KUCHLАNISH, KЕSIMLАR USULI Maqsad va vazifalar. Bu mavzuni o‘rganib chiqib, siz quyidagilarni bilishingiz kerak: 1. Deformasiya va uning turlarini; 2. Ichki kuch va uning fizik moxiyatini; 3. Turli kuch va momentlar ta’sirida hosil bo‘ladigan ichki kuch faktorlarini; 4. Kuchlanish va uning turlarini. Ma'ruza rejasi. 1. Materiallar qarshiligi fanini qisqacha tarihi. 2. Deformasiya va elastik jism haqida tushuncha. 3. Tashqi va ichki kuchlar, kesish usuli. Tashqi kuchlar klassifikasiyasi. Tashqi kuchlar (nagruzkalar) mashina va inshoot qismlariga turlicha ta'sir qilishi mumkin. Kuchlarni ta'sir ettirish usuliga harab, ularni hajmiy va sirtki kuchlarga bo'lish mumkin. Hajmiy kuchlar jumlasiga, masalan, jismlarning o'z oqirligi kiradi. Sirtki kuchlar taqsimlangan va to'plangan kuchlarga bo'linadi. Biror maydon yoki uzunlik bo'ylab ko'yilgan kuchlar taqsimlangan kuchlar deb ataladi. Masalan, tomdagi qor qatlami maydon bo'ylab taqsimlangan nagruzkaga misol bo'la 5-mavzu oladi; gazning idish devorchasiga bosimi ham taqsimlangan nagruzkadir. Bunday nagruzka maydon birligiga to'qri keladigan kuch birlik H/s 2 ifodalanadi. Uzunlik bo'ylab taqsimlangan nagruzka uzunlik birligiga to'qri keladigan kuch birliklari bilan ifodalanadi (N/m). Nagruzka uzunlik yoki maydon buylab tekis yoki notekis taqsimlangan bo'lishi mumkin. Masalan, suvning to'qonga bosimi notekis taqsimlanadi chukurlik ortishi bilan bosim ham ortadi. Jismning juda kichik maydonchasiga ta'sir qiladigan kuchlar qiladigan kuchlar to'plangan kuchlar deb ataladi. Hisoblashning osonpashtirish uchun to'plangan kuch nuqtaga qo’yilgan deb hisoblanadi; bunda uncha katta hatolik bo'lmaydi. To'plangan kuchlar kuch birliklari, Nyuton (N) bilan o’lchanadi. Ta'sir qilish harakteriga ko’ra nagruzkalar statik va dinamik nagruzkalarga bo'linadi. Noldan ma'lum bir maksimal qiymatigacha asta-sekin ortib borib, shundan so’ng o’zgarmaydigan yoki juda kam o’zgaradigan nagruzka- statik nagruzka deb ataladi. Nagruzkaning ta'sir qilish vaqti sekundning juda kichik ulushlariga teng bo'ladigan zarbiy nagruzka - buq bolqasi babasining qoqilayotgan ustun qoziqqa ta'siri dinamik nagruzkaga misol bo'la oladi. Download 461.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling