Tashqi muhitni alohida sharoitlarda sportchi ish qobilyatining fiziologik asoslari Reja: Ekstremal (shoshilinch) sharoitlarda sportchi ish qobilyatining o’zgarishi
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning afzalliklari
Download 82.86 Kb.
|
Tashqi muhitni alohida sharoitlarda sportchi ish qobilyatining fiziologik asoslari 2
3. Maxsus jismoniy tayyorgarlikning afzalliklari
Respublikada kadrlar tayyolash davlat dasturi (1997), “Sog‘lom avlod” Davlat dasturi (1999), Davlat ta’lim standartlari (1999). «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari (2000) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari (1993, 1996, 1999, 2002 va h.k.) aholining salomatligini yaxshilash, o‘quvchi-yoshlar va talabalarning jismoniy barkamolligini tarbiyalash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muhim muammolarni hal etishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida» (2002-yil 24 oktabr) va boshqa farmonlarida yosh avlodni har tomonlama tarbi- yalash va ayniqsa, ma’naviy hamda jismoniy barkamollikka yetishtirish asosiy masala qilib qo‘yiladi. Jismoniy tayyorgarlik jismoniy barkamollik bilan egizak. Ularning mujassamligi va samaralari maxsus jismoniy tayyorgarlikka yetaklaydi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik jismoniy sifatlar bilan tutashib keta- di. Jismoniy sifatlar faqat sportdagina emas, balki ijtimoiy-turmush ma- daniyatimizda ham o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu tushuncha, asosan, inson tanasining ma’lum bir qismini (qo‘llar, oyoqlar, bel va h.k.) jismoniy jihatdan mustahkamlash, rivojlan- tirish harakat faoliyatlarini ixchamlashtirish, tezlashtirish kabi jihatlarga qaratiladi. Ijtimoiy-madaniy turmush sharoitimizda jismoniy tayyorgarlik mu- him ahamiyatga ega. Ayniqsa, mehnat jaranyonida qo‘llar, oyoqlar, bel, bo‘yin, yelka va boshqa a’zolarning tez ishlashi, o‘tirib, egilib, tik turib ishlash yoki yuklarni ko‘tarish kabi jismoniy mehnatlarni oson yo‘l bilan bajarish, ularga chiday bilishni hayot taqozo etadi. Shu asosda sanoat ishlab chiqarishlari va boshqa turdagi mehnatlarda kasb-hunarga mos- lashtirib (o‘tirib ishlaydiganlarga tez harakat qilishi va h.k.), maxsus mashqlar berib boriladi. Bu jarayon ham o‘z navbatida maxsus jismoniy tayyorgarlikning bir yo‘nalishidir. Maktabgacha tarbiya muassasalarida (bog‘chalar) bolalarning yoshi, harakatchanligi va salomatliklarini e’tiborga olgan holda turli xil harakatli o‘yinlarni («kim tez boradi», «to‘pga yetib ol» va h.k.) o‘tkaziladi. Bu, asosan, tez yurish, yugurish, burilish kabi harakatchanlikni tarbiyalashga qaratiladi. O‘tirgan, yotgan va turgan holda turli xil gimnastika mashqlarini bajarish bilan qomatni (gavda) to‘g‘ri o‘stirish, umurtqa pog‘onalari, qo‘l, oyoq, bo‘yin, panja va boshqa bo‘g‘inlarning harakatchanligini tarbiyalash amalga oshiriladi. Kichik to‘plarni otish, ilib olish, bir-biriga uzatish, mo‘l- jalga (doira, devor va h.k.) otib, tushirish (tegizish) kabi xilma-xil mashqlar, o‘yinlar orqali esa tez harakat qilish, chamalash (ko‘z harakati) kabi faoli- yatlarni o‘stirish bilan birga, sport o‘yinlari haqida tushunchalar hosil qilinadi va ularda sportga qiziqish uyg‘otiladi.
Jismoniy tarbiya dasrlarida maxsus jismoniy tayyorgarlikka tarbi- yalash jarayonlari o‘quvchilarning layoqatlariga qarab, quyidagi yo‘na- lishlarda olib boriladi: tez yugurish (60, 100 m.); balandlikka yoki uzunlikka sakrash; to‘siqlardan (ariq, soy, chuqurlik, g‘ov va h.k.) yugurib va sakrab o‘tish;
to‘pni uzoqqa yoki mo‘ljalga otish;
turnikda tortilish (10-15 marta), undan oshib tushish, tizzalarda aylanish; kurash, boks elementlarini tez bajarish; sport o‘yinlarining elementlarini bajarish; darvozaga to‘pni tepib kiritish, to‘pni tez harakatlanish va h.k. Maxsus jismoniy tayyorgarliklarning ijobiy ta’siri, topshiriqlar va vazifalarning bajarilishini o‘qituvchilar sinov-tajribalar orqali kuzatadi. Ko‘rsatkichlar va natijalar ijobiy, o‘sish darajalari yaxshi bo‘lganda ularga qo‘shimcha mashqlar vazifa qilib berilishi mumkin. O‘quvchi- yoshlar va talabalar bilan maxsus ishlash jarayonlari ularni sportga jalb etish va komandalar tuzishga bevosita yordam beradi. O‘quvchi-yoshlar va talabalar o‘quv va sport mashg‘ulotlari hamda musobaqalarda egallagan malakalarini doimo takomillashtirib borishlari, ke- yingi ish jarayonlarida bundan maqsadli foydalanishlari lozim. Yuqorida ta’kidlangan jismoniy tarbiya vositalari (turli xil mashqlar), qo‘llaniladigan usullar jismoniy tayyorgarlikka asos bo‘la oladi. Ya’ni tezlik, chaqqonlik, epchillik, kuchlilik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlarning ilk bor shakllani- shi va ularni mukammallashtirishga nazariy va amaliy jihatdan yo‘l ochib beradi. Download 82.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling