Tashqi muhitning organizmga ta’siri


Download 37.54 Kb.
bet3/3
Sana11.11.2023
Hajmi37.54 Kb.
#1767315
1   2   3
Bog'liq
4. Mavzu Tashqi muhit va inson, ularning o’zaro ta’siri

Changlar va boshqa zaharli gazlardan himoyalanish . O’quv dargohlarida changning kelib chiqishini oldini olish maqsadida atrof-muhitni ko’kalamzorlashtirish, o’quv xonalari tozaligini ta’minlash, har kuni ho’llangan latta bilan changlarni tozalash, xonalarni shamollatish kabi choralar ko’riladi. Shamollatish o’quv xonalaridagi havoni keragicha almashtirishni ta’minlaydi va o’quvchilar uchun qulay sharoit yaratadi, ya’ni belgilangan haroratda namlik rejimi hosil bo’lib ortiqcha issiqlik, namlik chiqib ketadi, shuningdek xonada changlar, gazlar miqdori kamayadi. Tabiiy shamollatishda xonaga havo tabiiy kuchlar- gravitatsion-issiqlik va shamol bosimi ta’sirida kiradi va chiqib ketadi. Havoning filtrlanishi deganda, asosan deraza va eshiklardagi tirqishlar orqali tashqaridan havo kirishi natijasida tartibsiz ravishda tabiiy havo almashinuvi tushuniladi. Sun’iy shamollatish maxsus uskunalar-ventilyatorlar yordamida amalga oshiriladi.
Havoni mo’’tadillash sistemasi. Tashqi haroratdan qat’iy nazar, muhitning berilgan parametrlari (havoning harorati, namligi, tozaligi va harakat tezligi)ni bir xilda saqlab turadi. Havoni mo’tadillash sistemalaridagi asosiy qism markaziy namunaviy konditsionerdir. «Konditsioner-filtr-konditsioner»da yopiq siklda aylanib yuruvchi suv qatnashadi. Konditsionerning kamerasida suvdan ko’p marta foydalanilganda suv bakteriyalar bilan ifloslanadi. Buning oqibatida mikroblar toza havoga o’tib ketishi mumkin. Shu sababli konditsionerdan foydalanayotganda suvini doim tozalab turish kerak.
Havoni isitish. Isitish sistemalari qishda havoni isitish uchun xizmat qiladi. Issiqlik berish turiga qarab bug’li, havoli va elektr isitish sistemalari farqlanadi. Suvli isitkichning afzalligi shundaki, u gigienik talablarni qanoatlantiradi, bunday asboblarda issiqlikni rostlab turish mumkin, ular uzoq vaqt xizmat qiladi. Narxining nisbatan qimmatligi issiq suv bo’lmaganda muzlab qolish ehtimoli uning kamchiligidir.
Shamomollatish, havoni mo’tadillash va isitish tizimlarining yong’inga qarshi himoyalanish vositalari Shamollatish qurilmasini qurish va undan foydalanish qoidalari buzilganda undan portlash va yong’in chiqishi hamda shunday qurilmalarning umumiy tarmog’i vazifasida birlashgan boshqa xonalarga alanga tarqalishi manbaiga aylanishi mumkin. Toza havo kiritadigan shamollatish qurilmalari yong’in jihatdan xavfsizroqdir, chunki ularda havo almashinganda yong’in va portlash jihatidan xavfli aralashmalar o’z-o’zidan chiqib ketadi. Shamollatish qurilmalari va havoni mo’tadillash sistemalarining yong’in hamda portlash jihatidan xavfsiz ishlashini ta’minlash uchun «Yong’inga qarshi talablar», «Loyihalashning asosiy qoidalari» va «Loyihalash me’yorlari»ga muvofiq yong’inning oldini olishga doir ko’rsatmalarga qat’iy amal qilish zarur.
Uyali telefon va kompyuterdan foydalanishning zararli tomonlari. Uyali telefonlarni ko’krak cho’ntaklarida olib yurish yoki tanamizning ma’lum bir qismiga uzoq vaqt davomida tegib turishi har xil funktsional o’zgarishlarga olib keladi. Uyali telefonga quloqchin (naushnik) ulab, quloqda olib yurish eshitish qobiliyatini pasayishiga, idrokning buzilishiga, parishonxotirlikka, bosh og’rishiga va diqqatning izdan chiqishiga olib keladi. Uyali telefonlarning uzoq vaqt davomida tanamizning ma’lum bir qismiga tegib turishi organizmda surunkali nurlanish kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.
Kompyuterdan foydalanishda ham bir qancha talablar qo’yiladi:

  • bir soatdan ortiq ekran yonida turmaslik;

  • maxsus ko’zoynaklar yordamida ishlash;

  • ekran sirti tekis va silliq bo’lishi kerak;

  • ekran sirtida himoya qobig’i bo’lishi shart;

  • kompyuter yonida kaktus guli bo’lishi kerak.

Yuqoridagi talablardan kelib chiqib organizm uchun zararli tomonlarini quyidagicha keltirishimiz mumkin:

  1. Uzoq vaqt davomida kompyuter ekrani yonida o’tirish asab tizimini izdan ehiqishiga. Bosh og’rig’i, quloq og’rig’i, eshitish qobiliyatining pasayishiga olib keladi;

  2. Maxsus ko’zoynaksiz ishlash esa ko’rish qobiliyatining pasayishiga, ko’zdan yosh oqishiga, qizarishiga sabab bo’ladi;

  3. Ekran sirtida himoya qobig’i bo’lmasligi organizmda nurlanish kasalligini paydo bo’lishiga olib keladi;

  4. Kaktus guli ma’lum darajada himoya vazifasini bajarishi mumkinligi aytib o’tilgan

1.inson va uni o’rab turgan muhitni bog’liqligi?.
2. Ekalogik omillarga tasnif?.
3.Changlar va boshqa zararli gazlardan himoyalanish usullari?
4.Fizik va Biologik ifloslantiruvchilar nimalar?
Download 37.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling