Tashqi muhitning organizmga ta’siri
Texnosfera xavfidan himoya vositalari, usullari va himoya texnikasi
Download 37.54 Kb.
|
4. Mavzu Tashqi muhit va inson, ularning o’zaro ta’siri
Texnosfera xavfidan himoya vositalari, usullari va himoya texnikasi.
Texnosfera - bu atrofimizni o’rab turuvchi barcha texnikaga bog’liq narsalar, texnikalashtirilgan muhit hisoblanadi. U inson tomonidan ishlab chiqilgan, rivojlantirilgan va murakkablashtirilgan bo’lib, ishlab chiqarishda, ish faoliyatida, aqliy faoliyatda mehnat unumdorligini oshirishda, ish sharoitlarini yaxshilashda va ishchi kuchini kam sarflanishida inson faoliyati uchun optimal sharoitlarni yaratishda ishlab chiqilgan tizimdir. Texnosfera xavflariga shovqin, titrash (vibratsiya), changlardan, elektr tokidan, yong’indan, havoning isishidan, sovushidan, ultrabinafsha nurlaridan zararlanish kiradi. Shovqin. Sukunatni buzadigan yoki foydali tovush eshitishga halaqit beradigan har qanday tovush shovqin deb ataladi. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqinlar odamning holatiga salbiy ta’sir qiladi, insonni tez charchatadi, asab va qon tomir tizimi ishini buzadi, titrash (vibratsiya) - qattiq jismlarning tebranishidir. U odam sog’ligiga noxush ta’sir ko’rsatadi, muntazam ravishda ta’sir etganda esa kasbiy kasalliklarni keltirib chiqaradi tebranish insonning asab tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omil hisoblanadi. Fiziologik nuqtai nazardan shovqin eshitish organlariga yoqimsiz ta’sir ko’rsatadigan ovoz jarayoni sifatida qaralib, aqliy faoliyatda shovqin va suzlashishga xalaqit berib, eshitish organlari faoliyatini susaytiradi, ko’rish qobiliyatini pasaytiradi, harakat koordinatsiyasining buzilishiga va organizmning quvvat sarflash jarayonining kuchayishiga olib keladi. Odam qulog’iga chalinadigan tovush bosimi RO va tovush intensivligi UO chegara miqdorlar deb ataladi Bu chegara miqdordagi tovush intensivligi va bosim chastotasi 1000 Gts bo’lganda UO q10-2 vtG’m2 RO q 2x10-5 Pa ni tashkil qiladi. Quloqni og’ritadigan darajadagi tovush kuchi bu miqdorlardan qariyb 10 marta katta. Tebranish (vibratsiya)ning zararli ta’siri charchash, boshning panja va suyak bo’g’imlarining og’rishi, haddan tashqari asabiylashish va harakat faoliyatining buzilishi bilan namoyon bo’ladi. Shovqin va titrashga qarshi kurash va himoya vositalari. Shovqinga qarshi kurashning asosiy usuli qo’shni xonadagi shovqin darajasini pasaytiradigan, tovush o’tkazmaydigan uskunalar o’rnatishdir. Devor va poydevorlarning tovush o’tkazmaslik xossasini oshirish yoki kamaytirish uchun oralig’ida havo tirqishi bo’lgan har xil to’siqlarni qo’llash tavsiya etiladi. Shovqinga qarshi zichlovchi ashyolar sifatida yumshoq rezinalar, toshpaxta (asbest)dan foydalanish mumkin. Agar texnik usullar bilan shovqinni sanitariya me’yorlariga qadar pasaytirib bo’lmasa, u holda shovqindan yakka tartibda himoyalanish vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday vositalarga quloq tiqinlari (vkladishlar), quloq qopqoqlari (naushniklar) va shlemlar kiradi. Vibratsiyadan himoyalanish uchun binolarda poydevoming ostiga rezinadan, polivinol smolalardan tayyorlangan shisha tola bilan kuchaytirilgan qistirmalar qo’yiladi. Yoritishni to’g’ri tashkil qilish. Inson axborotning 90%ini ko’z orqali oladi. Shuning uchun auditoriyalarda yoritishni to’g’ri tashkil qilish kishi salomatligiga hamda asab tizimining me’yorida bo’lishiga olib keladi. Yoritilganlik etarli bo’lmasa yoki u ratsional joylashtirilmasa talabalarda dars o’tish jarayonida bir qancha noqulayliklar tug’dirishi mumkin. Tabiiy yorug’lik manbai quyoshdir. Sun’iy yorug’lik manbai elektr quvvati bo’lib, u cho’g’lanma lampalar orqali amalga oshiriladi. Auditoriyalarda, o’quv zallarida bir xil yorug’lik oqimi beruvchi chiroqlar bir tekisda o’rnatilgan bo’lishi kerak. O’quv dargohlarida lyuminestsent lampalar qo’llaniladi, chunki ular tabiiy yorug’lik spektriga yaqin spektrda yorug’lik tarqatadi. Bu o’quvchilarni toliqtirmaydi, idrok qilish qobiliyatini oshiradi, ko’zni qamashtirmaydi. Yorituvchi qurilmalarning samaradorligini oshirish uchun o’z vaqtida lampalarni artib tozalab turish, kuygan yoki yorug’lik berishi kamaygan lampalarni o’z vaqtida almashtirib turish zarur. Shuningdek, elektr tarmog’idan kuchlanishning pasayishiga ham yo’l qo’ymaslik kerak, chunki bu hol yoritilish darajasining kamayishiga olib keladi. Changlar va boshqa zaharli gazlar. Changlar kelib chiqishiga ko’ra tabiiy va sun’iy bo’ladi. Tabiiy changlar inson ta’sirisiz qosil bo’ladi, bularga shamol va bo’ronlar ta’sirida, o’simliklar va hayvonot olamida, vulqonlar otilishi va boshqa hollarda paydo bo’ladigan changlar kiradi. Tabiiy changlarning atmosfera muhitidagi miqdori tabiiy sharoitga, yil fasllariga, mintaqalarga boqliq bo’ladi. Chunki changlar qish oyiga nisbatan yozda, qishloqlarga nisbatan shaharda ko’proq bo’lishi kuzatilgan. Sun’iy changlar insonning bevosita ta’siri natijasida qosil bo’ladi. Bularga ishlab chiqarish, sanoat va qurilish korxonalaridan va avtomobillar harakatidan kelib chiqadigan changlar kiradi. Changlar inson organizmiga yuqori nafas yo’llari, teri qoplamlari orqali kiradi va zaharlanishni keltirib chiqaradi. Ayniqsa yuqori nafas yullari orqali o’pkaning va boshqa a’zolarning zaharlanishi ko’proq uchraydi. Download 37.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling