3-mavzu. Tеxnosfеra xavfidan himoya vositalari, usullari va himoya tеxnikasi. Insonning tеxnosfеra tizimi bilan muloqot xavfsizligi
Download 34.59 Kb. Pdf ko'rish
|
3-m Texnosfera xavfidan x v
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch ibora: m
- Shovqin.
- Titrash (vibratsiya)
3-mavzu. TЕXNOSFЕRA XAVFIDAN HIMOYA VOSITALARI, USULLARI VA HIMOYA TЕXNIKASI. INSONNING TЕXNOSFЕRA TIZIMI BILAN MULOQOT XAVFSIZLIGI. Reja: 1.Texnosfera xavfi to'g'risida tushuncha. 2.Shovqin va titrashga qarshi kurash va himoya vositalari. 3. Changlar va boshqa zaharli gazlar 4. Shamollatish, havoni mo'tadillash va isitish tizimlarining yong'inga qarshi himoyalanish vositalari. 5. Uyali telefon va kompyuterdan foydalanishning zararli tomonlari. Tayanch ibora: m Texnosfera xavfi to'g'risida tushuncham shovqin va titrashga qarshi kurash va himoya vositalari,changlar va boshqa zaharli gazlar shamollatish, havoni mo'tadillash, Uyali telefon va kompyuterdan foydala nishning zararli tomonlari Texnosfera - bu atrofimizni o'rab turuvchi barcha texnikaga bog'liq narsalar, texnikalashtirilgan muhit hisoblanadi. U inson tomonidan ishlab chiqilgan, rivojlantirilgan va murakkablashtirilgan bo'lib, ishlab chiqarishda, ish faoliyatida, aqliy faoliyatda mehnat unumdorligini oshirishda, ish sharoitlarini yaxshilashda va ish kuchini kam sarflanishida inson faoliyati uchun optimal sharoitlarni yaratishda ishlab chiqilgan tizimdir. Texnosfera xavflariga shovqin, titrash (vibratsiya), changlardan, elektr tokidan, yong'indan, havoning isishidan, sovushidan, ultrabinafsha nurlaridan zararlanish kiradi. Shovqin. Sukunatni buzadigan yoki foydali tovush eshitishga halaqit beradigan har qanday tovush shovqin deb ataladi. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqinlar odamning holatiga salbiy ta'sir qiladi, insonni tez charchatadi, asab va yurak tomir tizimi ishini buzadi, Titrash (vibratsiya) - qattiq jismlarning tebranishidir. U odam sog'ligiga noxush ta'sir ko'rsatadi, muntazam ravishda ta'sir etganda esa kasbiy kasalliklarni keltirib chiqaradi tebranish insonning asab tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omil hisoblanadi. Fiziologik nuqtai nazardan shovqin eshitish organlariga yoqimsiz ta'sir ko'rsatadigan ovoz jarayoni sifatida qaralib, aqliy faoliyatda shovqin va so'zlashishga xalaqit berib, eshitish organlari faoliyatini susaytiradi, ko'rish qobiliyatini pasaytiradi, harakat koordinatsiyasining buzilishiga va organizmning quvvat sarflash jarayonining kuchayishiga olib keladi. Odam qulog'iga chalinadigan tovush bosimi R0 va tovush intensivligi U0 chеgara miqdorlar deb ataladi. Bu chegara miqdordagi tovush intensivligi va bosim chastotasi 1000 Gts bo'lganda U0 q10-2 vtG'm2 R0 q 2x10-5 Pa ni tashkil qiladi. Quloqni og'ritadigan darajadagi tovush kuchi bu miqdorlardan qariyb 10 marta katta. Tebranish (vibratsiya)ning zararli ta'siri charchash, boshning panja va suyak bo'qimlarining og'rishi, haddan tashqari asabiylashish va harakat faoliyatining buzilishi bilan namoyon bo'ladi. Download 34.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling