o'quvchilar uchun qulay sharoit yaratadi, ya'ni belgilangan haroratda namlik rejimi
hosil bo'lib ortiqcha issiqlik,
namlik chiqib ketadi, shuningdek xonada changlar,
gazlar miqdori kamayadi.Tabiiy shamollatishda
xonaga havo tabiiy kuchlar-
gravitatsion-issiqlik va shamol bosimi ta'sirida kiradi va chiqib ketadi. Havoning
filtrlanishi deganda, asosan deraza va eshiklardagi tirqishlar orqali tashqaridan havo
kirishi natijasida tartibsiz ravishda tabiiy havo almashinuvi tushuniladi.
Shamol
bo'lganda filtrlanish kuchayadi. Sun'iy shamollatish maxsus uskunalar-ventilyatorlar
yordamida amalga oshiriladi.
Havoni mo'tadillash sistemasi. Tashqi haroratdan qat'iy nazar, muhitning
berilgan parametrlari (havoning harorati, namligi, tozaligi va harakat tezligi)ni bir
xilda saqlab turadi. Havoni mo''tadillash sistemalaridagi
asosiy qism markaziy
namunaviy konditsionerdir. «Konditsioner-filtr- konditsioner»da yopiq siklda
aylanib yuruvchi suv qatnashadi. Konditsionerning ho'llash kamerasida suvdan ko'p
marta foydalanilganda suv bakteriyalar bilan ifloslanadi.
Buning oqibatida
mikroblar toza havoga o'tib ketishi mumkin. Shu sababli konditsionerdan
foydalanayotganda suvini doim tozalab turish kerak.
Havoni isitish. Isitish sistemalari qishda havoni isitish uchun xizmat qiladi.
Issiqlik berish turiga qarab bug'li, havoli va elektr isitish sistemalari farqlanadi. Suvli
isitkichning
afzalligi shundaki, u gigienik talablarni qanoatlantiradi,
bunday
asboblarda issiqlikni rostlab turish mumkin, ular uzoq vaqt xizmat qiladi. Narxining
nisbatan qimmatligi issiq suv bo'lmaganda muzlab qolish ehtimoli uning
kamchiligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: